Oda (yunoncha ode – qo’shiq so’zidan) – lirik poeziya janrlaridan biri bo’lib, biror kishi sha’niga yoki muhim voqea munosabati bilan yaratilgan tantanali sh’er. Qadimgi yunon adabiyotida dastlab turli temalarda yaratilgan har qanday xor – qo’shiq oda deb yuritilgan.
Oq she’r – qofiyasiz she’r. Lekin oq she’rda vaznning mukammal va ohangdor bo’lishi shart. Vazn, misralardagi turoqlarning rang-barang ritmik qurilishi oq she’rning ohangdorligini – musiqiyligini ta’min etadi.
Pamflet – (yunoncha pan yoki pam – hammasi, phlego – yondiraman, kulini ko’kka sovuraman so’zlaridan) – ma’lum ijtimoiy tartibni, ayrim shaxslarning nojo’ya xatti-harakatlarini keng kitobxonlar ommasiga tushunarli uslubda fosh etib tashlaydigan kichik satirik adabiy asar.
Parodiya (yunoncha para – qarshi, zid va ode – qo’shiq so’zlaridan) – satiril ijodning bir turi bo’lib, odatda, biror yozuvchi ijodiy yoki alohida asarning kulgili yoki yaramas tomonlarini ko’rsatuvchi she’riy yuxud nasriy asar. Parodiya biror yozuvchi ijodi yoki asarning yaramas tomonlaridan kulish, kesatish yoki masxaralash maqsadida o’sha asarga (aksar uning shakli va ohangini saqlagan holda) o’xshatib yozilgan asardir.
Perifraza yoki perifraz (yunoncha peri – atrof, phraso – so’zlayman so’zlaridan) – majoziy ifodalardan biri bo’lib, narsa va hodisaning nomini uning ma’nosini tasvirlovchi va ta’riflovchi boshqa so’z yoki ibora bilan almashtirish.
Proobraz yoki prototip – badiiy, umumlashtirilgan obraz, tip yaratishga asos, manba bo’lgan, hayoti va xarakteri yozuvchi tomonidan asar qahramoni qiyofasida mujassamlashtirilgan real hayotdagi kishi, konkret shaxs.
Publitsistika (lotincha publicus – ijtimoiy so’zidan) – keng ma’noda ijtimoiy-siyosiy hayot masalalarini yoritadigan barcha turdagi asarlar. Tor ma’noda esa publitsistika davlat va jamiyat hayoti masalalariga bag’ishlangan ijtimoiy-siyosiy va ilmiy adabiyotni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |