Nemis adabiyoti tarixi
Download 5.22 Mb.
|
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sentimentalizm
- Simvol
Satira (yunoncha satura – turli, aralash so’zidan) – ijtimoiy hayotning ma’lum tomoni yo ayrim guruh va shaxslarning yaramas salbiy xislatlaridan achchiq kulib va uni tanqidiy tasvirlab yozilgan hajviy asar. Satirik asarlar turli janrlarda (roman, povest, hikoya, she’r va boshqa janrlarda) yozilishi mumkin. U holda bunday asarlar “satirik roman”, “satirik povest”, “satirik hikoya”, “satirik she’r” deb ataladi.
Sentimentalizm (Fransuzcha sentimental – sezuvchan so’zidan) – XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Yevropa adabiyotidagi bir oqim bo’lib, dastlab Angliyada vujudga kelgan va rivojlanayotgan burjuaziya bilan feodalizm kurashini aks ettirgan. Sentimentalizmda dvoryan aristokratiyasining buzuq axloqiga qarshi norozilik kayfiyati ifodalandi. Bu oqim namoyondalarining asarlarida hunarmandlar, savdogarlar va dehqonlar hayoti dvoryan aristokratiyasi va uning xulq-atvoriga qarama-qarshi qilib qo’yildi hamda feodalizm xo’rlagan kishilarga nisbatan achinish hislari ifodalandi. Sentimentalizm bir adabiy oqim sifatida klassitsizmga va shu yo’nalishdagi asarlarga xos bo’lgan mavhum qoidalarga qarshi kurash olib bordi. Sentimentalizm uchun kishining psixologiyasini tasvirlash xarakterlidir. Sentimentalizm asarlarida kishi tasviri hissiyotning ortiq darajada bo’rttirilishi bilan farq qiladi. Simvol (yunoncha symbolon – qadimgi yunonlarda maxfiy bir tashkilot a’zolarining bir-birini tanib olishi uchun qo’llanilgan shartli belgisi – ramz) - majoz turlaridan biri bo’lib, hayotiy bir voqea yoki tushuncha hamda predmetlar ifodasi uchun shartli ravishda ko’chma ma’noda qo’llaniladigan so’z yoki so’z birikmasi olinadi. Masalan, kabutar – tinchlik ramzi; tong – quvnoqlik, yoshlik, baxt ramzi; tun – baxtsizlik yoki o’lim ramzi va hokazo. Sifatlash – tushuncha, hodisa va kishining ma’lum bir xususiyati va sifatini aniqlab, izohlab, xarakterlab beruvchi so’z. Sifatlash yolg’iz o’zi kelmasdan, ma’lum so’z birikmasi tarkibida o’z mohiyati, o’z belgilarini unga ko’chirgan holda keladi. Bunday birikma metaforik sifatlash deyiladi. Masalan: oltin vodiy, zumrad bahor, kumush qish kabilar. Download 5.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling