Nemis adabiyoti tarixi


Adabiyot fani, uning objekti va boshqa fanlar qatoridagi o’rni


Download 5.22 Mb.
bet2/95
Sana22.09.2023
Hajmi5.22 Mb.
#1684572
TuriУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009

1.

Adabiyot fani, uning objekti va boshqa fanlar qatoridagi o’rni




1.1.

Adabiyot tushunchasi va uning manbalardagi talqini




1.2.

Adabiyotning uch zaruriy komponenti




1.3.

Antik davrlarda adabiyot va uning yunon manbalaridagi tahlili




1.4.



Adabiyotda klassitsizm va unga Y.E.Lessing munosabati




2.

Nemis tilida yaratilgan adabiyotlarning ilk manbalari




2.1.

Qahramonlik eposi




2.2.

Nibelunglar haqida qo’shiq




2.3.



Hildebrant qo’shig’i




3.

Ritsarlik adabiyoti




3.1.

Ritsarlik adabiyoti




3.2.

Ritsarlik va kurtuaz romanlari




3.3.

Xartman fon Aul va uning “Bechora Haynrix” romani, unda ko’tarilgan muammolar




3.4.

Gottfrid fon Strasburgning “Tristan va Izolda: romani




3.5.



Ritsarlik poeziyasi




4.

Uyg’onish davri adabiyoti




4.1.

Ilk nemis gumanizmi




4.2.

J.Royxlen va uning :Jaholatparastlar maktublari” asari




4.3.

Ulrix fon Xutten va nemis uyg’onish davri




4.4.



Erazm Rotterdamskiy va nemis gumanizmi




5.

Reformatsiya davri adabiyoti




5.1.

Katolik cherkovi va siyosiy parokandalik




5.2.

Nemis reformatsion harakatida uch yo’nalish




5.3.

M. Lyuter va katolik cherkovi




5.4.



M.Lyuter va dehqonlar harakati




6.

Byurgerlik adabiyoti




6.1.

Ahmoqlar satirasi




6.2.

Sebastian Brant va byurgerlik adabiyoti




6.3.

X.Saks va uning „Ishyoqmaslar mamlakati” satirasi




6.4.



Uyg’onish davri va xalq kitoblari




7.

XVII asr nemis adabiyoti




7.1.

Martin Opits va uning nemis she’riyati haqidagi kitobi




7.2.

Hans Grimmelshauzen “Simplitsizmus” muallifi




7.3.



Andreas Gritius shoir va dramaturg sifatida




8.

XVIII asr birinchi yarmida ma’rifatparvarlik adabiyoti




8.1.

“Bo’ron va hujum” davri adabiyoti




8.2.

Herder va jahon adabiyoti




8.3.

J. Gottshed – nemis ma’rifatparvarligi tashabbuskori




9.

XVIII asr nemis adabiyoti




9.1.

Y.E.Lessing – nazariyotchi, tanqidchi va dramaturg




9.2.

Romantizm




9.3.

Yena romantizmi. F. Schlegel




10.

Yohan Volfgang fon Gyote




10.1.

Gyote – dramaturg




10.2.

Gyotening nasriy asarlari




10.3.

Faust – ma’rifatparvarlik davrining shoh asari sifatida




11.

Friydrix Shiller




11.1.

Talabalik ilhomlari




11.2.

“Qaroqchilar”, “Makr va muhabbat” muallifning ilk dramalari sifatida




11.3.

F.Shiller dramalari O’zbekistonda




12.

Haynrix Hayne




12.1.

Hayne: Rad etilgan sevgi iztiroblari – Qo’shiqlar kitobi. Hayne lirikasi




12.2.

“Germaniya qish ertagi” poemasi




13.

Naturalizm




13.1.

Gerhard Hauptman




13.2.

Gerhard Hauptman va uning “Kun botish oldidan” (“Hayot shomi”) dramasi




14.

XX asr tanqidiy realizmi




14.1.

Haynrix Mann




14.2.

Tomas Man




14.3.

Herman Hesse




14.4.

Stefan Tsvayg




14.5.

Frans Kafka




15.

GDR adabiyoti




15.1.

Yo.R. Beher




15.2.

B. Breht




15.3.

Krista Volf




16.

GFR adabiyoti




16.1.

Haynrix Byol




16.2.

Gyunter Grass




16.3.

Martin Valser




16.4.

Uwe Timm




16.5.

Herta Myuller




17.

Yangi postmodernist adabiyotning vujudga kelishi




17.1.

Patrik Zyuskind




17.2.

Robert Shnayder







Savollar, nazorat uchun vazifalar va mutolaa matnlari







Adabiyotshunoslik terminlari lug’ati







Xotima




KIRISH

Chet tillari bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash jarayonida o’rgatilayotgan til mamlakatning adabiyoti bilan talabalarni tanishtirish muhim ahamiyat kasb etadi.


Chet tili o’rganish jarayonida nemis adabiyotlaridan olingan materiallarga turli jabhalarda (og’zaki va yozma nutq amaliyoti, mustaqil mutolaa, frontal o’qish, badiiy matn tahlili, yozuvchilar ijodiga murojaat va b.) murojaat etishni inobatga olinadigan bo’lsa, mazkur fanning ham nazariy, ham amaliy ahamiyati namoyon bo’ladi.
Nemis adabiyoti tarixi kursi shoirlar, adiblar, kitoblar haqidagi talabalarning uzuq-yuluq tassavurlarini sistemalashtiradi, tarixiy – adabiy jarajon haqidagi bilimlarning izchil bo’lishini ta’minlaydi.
Adabiyot kursi ma’rifiy maqsadlarni nazarda tutish bilan birga tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir. U bo’lajak mutaxassisda yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish bilan bir qatorda unda fuqarolik mas’uliyati, komil inson e’tiqodini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Demak, nemis adabiyoti maxsus mafkuraviy ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy fanlar majmuasiga mansubdir.
Mazkur darslik asosan talabalarning auditoriyada tinglangan ma’ruzalarini to’ldirish va amaliy mashg’ulotlar va mustaqil mutolaa uchun mo’ljallangan. Nemis adabiyoti tarixi Germaniya, MDH va O’zbekistonda chop etilgan nemis, o’zbek va rus tillaridagi manba’lar asosida yaratilgan.
Darslikni yaratish zarurati yana shu bilan izohlanadiki, shu paytgacha ta’lim o’zbek tilida olib boriladigan guruhlarda nemis adabiyoti bo’yicha birorta darslik yoki qo’llanma yo’q edi.
Chet tilini o’rganayotgan talabalar adabiyot kursining murakkab g’oyaviy-estetik problematikasini tushunishlarini yengillashtirish va mazkur fanni til bo’yicha praktikumga aylantirmaslik maqsadida, materiallar o’zbek tilida, qisman topshiriqlar, tavsiyalar mustaqil ish manbalari, shuningdek, adabiyotlar ro’yxatini ikki tilda (o’zbek va nemis tillarida) berishni maqsadga muvofiq deb topildi.
Bundan tashqari universitet o’quv dasturida mazkur fan bo’yicha ma’ruzalar sezilarli darajada qisqartirilgani bois o’qituvchi dars jarayonida fanning umumiy va prinsipial masalalari bilan cheklanib qolishga majbur.
Darslik nemis adabiyoti tarixi kursi bo’yicha yagona manba vazifasini o’tashga da’vogarlik qilmaydi. Mazkur ish talabalarga nemis adabiyoti tarixining ayrim davrlari bilan chuqurroq tanishish, leksiyada o’tilgan mavzularni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Darslik, shuningdek, talabaning ilk manbalar va maxsus adabiyotlar bilan mustaqil ishlashlari uchun ko’mak beradi.
Kurs bo’yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar va tanqidiy materiallar darslik so’nggida ilova qilinadi.
Muallif darslikni tayyorlashda nemis adabiyoti tarixi bo’yicha chiqarilgan o’quv dasturlariga suyangan holda materiallarni izchil va maqsadga muvofiq tarzda joylashtirishga harakat qildi.
Darslikda nemis adabiyoti tarixi fanining obyekti va predmeti, nemis adabiyotining ilk manbalari, qahramonlik eposlari (“Nibelunglar haqida qo’shiq”, “Xildebrant qo’shig’i”), ritsarlik romanlari, byurgerlik she’riyati, maysterzang, reformatsiya adabiyoti kabi ilk manbalardan to hozirgi adabiy jarayonlargacha bo’lgan davrlar o’z ifodasini topgan.
Mazkur ishni tayyorlashda o’z maslahatlari bilan darslikni takomillashtirishga ko’maklashgan hamkasblarga muallif o’z minnatdorchiligini bildiradi.



Download 5.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling