Nemis adabiyoti tarixi


Download 5.22 Mb.
bet9/95
Sana22.09.2023
Hajmi5.22 Mb.
#1684572
TuriУчебник
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   95
Bog'liq
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009

6. BYURGERLIK ADABIYOTI



  1. Axmoqlar satirasi

  2. Sebastian Brant va byurgerlik satirasi

  3. X.Saks va uning “Ishyoqmaslar” satirasi

  4. Uyg’onish davri va xalq kitoblari

Mavzuga doir tayanch so’z va iboralar.



  1. Maysterzinger (Meistersinger)

  2. Maysterzang (Meistersang)

  3. Sotsial paratizm

  4. Festnaxshpiel (Festnachspiel)

  5. Til Oylenshpiegel (Till Eulenspiegel)

  6. Shildburger (Schildbürger)

  7. Doktor Faust afsonalari

Germaniyada uyg’onish davrida o’z dunyoqarashi bilan byurgerlarga yaqin bo’lgan yozuvchilar ijodi rivoj topdi.
B u asarlarga didaktizm muhri bosilgan bo’lib, satirik yo’nalishga ega edi. Ularda feodal jamiyatning turli kamchiliklari aks ettirilar, voqeilikning haqqoniy tasviri jonlantirilar edi. Byurgerlik adabiyoti reformatsiya harakatida faol qatnashdi. (G. Saks, T.Murner va b.) Byurgerlik satirasining boshlovchilaridan biri nemis gumanisti Sebastian Brant (1457-1521) bo’lib, uning hayoti haqida juda kam ma’lumot saqlanib qolgan. Lekin u keng bilimli, lotin tili va Rim mualliflari asarlarini yaxshi bilgan ijodkor sifatida tarixdan ma’lum.
U 90-yillarda Bazel (Shvetsariya) universitetida professor lavozimida va Strasburg shahri sekretari martabasida xizmat qilgan. U “Axmoqlar kemasi” (Das Narrenschiff, 1494) satirasi bilan mashhur bo’lib, bu asarda turli yosh, kasb-kor, va tabaqa vakillarining satirik ko’rigini otkazadi. “Axmoqlar kemasi” o’nlab axloqiy hikoyalarni o’zida mujassamlashtirgan she’rlardan iborat bo’lib, jonli nemis tilida yozilganligi bilan xarakterlidir.
Brant mazkur asarida Germaniyadagi barcha tentaklarni bir kemaga joylashtiradi. Bir joyda to’plangan “nodon xalq” Narrenstadtga - Tentagiston o’lkasiga yo’l oladi. Nodonlar kemasi qayoqqa suzayotganini ham bilmaydi va halokatga uchrashi hech gap emas. Brant fikricha, o’zining ko’p sonli illatlaridan qutulish imkoniga ega bo’lmagan mamlakat halokatga uchrashi muqarrar. Qutqarilishning yagona yo’li – jamiyatni axloqiy illatlardan forig’ etishga qobil bo’lgan chinakam fandir. S.Brant umumxalq e’tiboriga turli xil tentaklarning butun boshli galereyasini tavsiya etadi. Bularning ichida turli kitoblarni yig’uvchi, ammo hech qachon o’qimaydigan bibliofillar, sharlatan-vrachlar, maqtanchoqlar, xalqning ishonuvchanligini suiste’mol qiluvchi astrolog-munajjimlar, sxolast, o’z nodonliklarini boshqalarga yuqtiruvchi olimlar va boshqalar bor.
S.Brant satirik an’analarining iste’dodli davomchisi Tomas Murner bo’lib, uning asarlari sotsial o’tkirligi bilan ajralib turadi. Murnerning eng yaxshi satirik asarlari “Nodonlar la’nati” (Заклятие дураков), “Qamchi sexi” (Цех плутов, Das Schelmenzuff)dir. T.Murner mazkur asarlarida o’z g’azabi kuchini o’zi zamondosh bo’lgan jamiyatning sotsial yaralariga qaratadi.
Ba’zi cherkov xizmatidagilarning axloqiy tubanligi, yuqori martabali cherkov amaldorlarining cherkov mansablarini pullashlari va boshqa chirkinliklarni nafrat bilan bayon etadi, ularni ochko’z bo’rilarga o’xshatadi.



Download 5.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling