Nemis adabiyoti tarixi
REFORMATSIYA DAVRI ADABIYOTI
Download 5.22 Mb.
|
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009
- Bu sahifa navigatsiya:
- Royxlin, „Noma’lum kishilar xatlari“
- Martin Lyuter
5. REFORMATSIYA DAVRI ADABIYOTI
Katolik cherkovi va siyosiy parokandalik Nemis reformatsion harakatida uch yo’nalish M. Lyuter va katolik cherkovi T.Myunser va dehqonlar harakati Mavzuga doir tayanch so’z va iboralar. Katolisizm Byurgerlik Protestantizm Anafema1 Didaktik janr Saksoniya idora tili Ilk gumanistlar, Royxlin, „Noma’lum kishilar xatlari“ning mualliflari, Rotterdamlik Erazm sxolastikaga, cherkov jaholatiga qarshi yo’naltirilgan o’z ijodlari bilan reformatsiyani tayyorlashga zamin tayyorlaydilar. Katolik cherkovini isloh qilish uchun kurashni aks ettirgan reformatsion harakatni Germaniyada jiddiy, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy sabablari bor edi. Katolik cherkovining juda katta yerlari b’olib, dehqonlarni ayovsiz ezar, xalqni doimiy muhtojlikda tutishni o’z vazifasi, deb bilar edi. Papa nemis knyazliklari hayotiga aralashar, mamlakatning siyosiy parokandaligini qo’llab-quvvatlar edi. Bu esa, tabiiyki, nemis jamiyatining kuchli noroziligiga sabab bo’lar edi. Katolisizm hokimligiga qarshi asta-sekin umummilliy oppozitsiya tarkib topa boshladi. Har bir sinf Rimga qarshi kurashda o’z manfaatlarini ko’rar edi. Nemis knyazlari cherkov yerlarining birlashishini xohlasalar, burgerlar poplarsiz cherkov uchun, dehqonlar esa cherkov va feodal yer egaligiga qarshi sotsial tenglik uchun kurashishni istar edilar. Dehqonlarning talablari eng inqilobiy talablar edi. Nemis Reformatsiyasi harakatida uchta yo’nalish: knyazlik, Lyuter rahbarlik qilgan byurgerlik va Myunser bosh bo’lgan xalq reformatsiyasi mavjud edi. Martin Lyuter (Martin Lüther, 1483-1546) 1 517-yili monax Martin Lyuter (1483-1546) Vittenbergda Papa hokimiyatini suiiste’mol qiluvchilarga qarshi qaratilgan 95 tezisini e’lon qiladi. Bu katolik cherkoviga qarshi chiqish uchun o’ziga xos signal bo’lib, omma orasida keng tarqaldi. Butun nemis xalqi harakatlantiruvchi kuchga aylangan edi. Lyuter o’z reformatorlik faoliyatinning dastlabki bosqichida o’zini dadil tutdi. U taklif etgan cherkov islohi protestantizmning ko’rinishlaridan biri edi. Lyuter har qanday sidqidildan xudoga ishonuvchi kishi o’z qalbini bevosita xudoga iltijo qilish bilan qutqarishi mumkin, deb o’rgatadi. Bu bilan poplar va Rim Papasining vositachiligiga hojat yo’q, demoqchi bo’ladi. U cherkov aqidalarining zarurligi, katolik dogmalarining muqaddasligi haqida cherkov ta’sis etgan qonun-qoidalarining shartligini rad etdi va keyingi paytda noto’g’ri talqin etilgan (matni buzilgan) “Injil” va “Tavrot”ning matnlariga bevosita murojaat etishga chaqirdi. Lyuter o’z ta’limotini alohida g’ayrat bilan himoya qildi. U chaqmoq singari Rim Papasi xizmatkorlarini kuydirishga, ulardan qonli o’ch olishga undadi. Papaga qarshi anafemaga berilgan, cherkovdan yuz o’girgan Lyuter 1520-yili Papa bulasini yoqib yuboradi va o’z jasorati bilan xalq hurmatiga sazovor bo’ladi. U hatto Vorms reyxstagida uni (1521-yili) dahriylikda ayblanganlarida ham o’z e’tiqodidan qaytmadi. Bu paytda u reformatsion harakatning haqiqiy dohiysiga aylangan va xalq ko’magiga tayangan edi. Lekin dehqonlar urushi boshlangach, Lyuter ikkilanib qoldi. Dastlab u isyonchilarga hamdardlik bildirgan, ularning talablari o’rinli ekanligini ta’kidlagan bo’lsa ham, xalq ozodlik alangasi mavjud tuzumga xavf solib, mamlakatning yangi-yangi hududlariga yoyilgan sari Lyuter sekin-asta o’nglar tomonga o’ta boshlaydi, bora-bora reaksiya lageri tomonda bo’lib qoladi. U o’zining „Dehqonlarni halok etuvchilik qaroqchilik to’dalariga qarshi“ degan asarida knyazlarga isyonchilarni „Bo’g’ish lozim“, deb maslahat beradi. „Qo’zg’oln ko’targan kishidan zaharliroq, zararliroq, shaytonroq maxluq bo’lmasa kerak“, deb yozgan edi. „U, - deb davom etadi Lyuter, - quturgan itga o’xshaydi, quturganni esa o’ldirish lozim.“ Xristianlarni yarashtirish g’oyasi uchun Lyuter xalqni s otsial qulikka mahkum etishga, o’z erki uchun kurashish huquqiga qarshi chiqishiga rozi. Shunga qaramay, Lyuterning xizmatalari shubhasizdir. U Rim Papasiga qarshi jamoatchilik fikrini uyg’otdi, Germaniyaning katolik cherkovi azobidan qutula olishiga yordam berdi. Erazm, Royxlinlar singari u xalqni turli dogmatik tasavvurlarga tanqidiy yondoshishga o’rgatdi. Bu o’rta asr sharoitida, cherkov fikrlashga emas, toat-ibodatga undab turgan bir paytda juda katta progressiv ahamiyatga ega edi. L yuter nemis adabiyoti tarixida ham katta o’rin tutadi. Uning yozuvchilik, tarjimonlik, qo’shiqchilik faoliyati bunga misoldir. Ayniqsa uning “Injil” tarjimoni sifatidagi xizmati buyukdir. Lyuterning o’z e’tiroficha, o’z tarjimasi “Saksoniya idora tili”ning grammatik normalarini asos qilib olgan bo’lib, bu sheva nemis jamiyati keng tabaqalari orasida tarqalgan edi. Shu bilan birga Lyuter tarjimasidagi “Injil” leksik sostaviga ko’ra, chinakam xalq kitobi edi. Lug’ati boy jonli xalq tili imkoniyatlaridan keng foydalangan edi. O’z til reformasi bilan Lyuter nemis adabiy tiliga asos solgan edi. U tarjima qilgan “Injil” Germaniyaning barcha chekkalarida o’qilar, nemislarda yagona til haqidagi tushunchani tarbiyalar, bu esa millatning birlashuviga xizmat qilar edi. Lyuter didaktik janrda asarlar yaratdi. Ezopga taqlidan “Ezopona masallar” yaratdi(1530). Uning sher va eshak haqidagi allegorik hikoyasida aytilishicha, har ikki jonivor taxtga da’vogarlik qilib, aqllilik va epchillikda bellashadilar. Eshak g’olib chiqadi. Lyuter hokim tabaqalarning eshaknamo nodonligi haqida hech ikkilanmay yozadi. “Shunday qilib, Eshak qirol bo’lib qoldi, uning ajdodi hozirgi kunda ham barcha hayvonlar ustidan hokim.” Lyuter ko’plab diniy qo’shiqlar muallifi hamdir. U nemis tiliga psalmalarni tarjima qilib qolmay, o’z ta’limoti prinsiplarini ham himoya qildi. Lyuter pozitsiyasi emotsional, nemis xalqining Reformatsiya davridagi ruhiy ko’tarinkiligini o’ziga singdirgan optimizm bilan sug’orilgan. Uning “Parvardigor – kuchli madadkor” nomli XVI asr Marselyezasiga aylangan qo’shiqning tekst va ohangini yaratdi. 1524-yili Germaniyada nemis tarixining yirik voqealaridan biri dehqonlar urushi boshlandi. D ehqonlar ommasining e’tirof etilgan dohiysi va mafkurachisi Tomas Myunser (1540- 1525) edi. U o’zining ijtimoiy-siyosiy programmasida dehqonlar demokratiyasi talablaridan ancha ilgarilab ketgan edi. XVI asrda Germaniyada T.Myunser g’oyalarini hayotga tadbiq etuvchi va g’alabaga eltuvchi kurashni boshqaradigan sinf mavjud emas edi. O’zi ruhoniy bo’lgan T. Myunser “yerda xudoning jannatini” yaratishga boshqalarni undar edi. U olijanob maqsadlarga xizmat qilishni ruhoniylikning chinakam irodasi, deb bilgan edi. Uning ta’limotiga ko’ra, inson ruhi turli - tuman diniy aqidalar sirtmog’idangina emas, sotsial va siyosiy zulmdan ham ozod bo’lishi kerak. Bu masalada u Lyuter bilan kelisha olmas edi. Yerda “xudoning jannatini yaratish” mulkdorlikni, sinfiy tengsizlikni yo’qotmay turib mumkin emas, deb hisoblar edi u. Myunser shaxsiy mulkni tan olmas, mehnatkash xalqqa tegishli bo’lgan siyosiy tuzum uchun kurashar edi. U Lyuterni insonni o’z erkidan, o’z taqdirini o’zi belgilash huquqidan mahrum etib, dinni ezuvchilar xizmatiga berib qo’yganlikda aybladi. “Dunyodagi eng yomon narsa,- deb yozadi Myunser,- bechora kambag’alga hech kim yordam qo’lini cho’zmaydi, kuchlilar nima xohlasalar shuni qiladilar… ular barcha jonivorlarni o’z mulklariga aylantirib olganlar. Suvdagi baliqlar, osmondagi qushlar, zamindagi o’simliklarning hammasi ularning ixtiyorida. Shu sababli ular kambag’allar orasida “o’grilik qilma - xudoning irodasi shu”, deb aytadilar-u, o’zlari bunga amal qilmaydilar. Shunday qilib ular barchani qisib-qimtiydilar – kambag’al dehqon va hunarmandlarni talaydilar. Oddiy xalq arzimas narsani olguday bo’lsa, buning uchun uni osadilar, doktor Lyugner (aldoqchi Lyuter demoqchi) bo’lsa, ularga fatvo beradi. Myunser tolmas siyosiy tadqiqotchi bo’lib, isyon g’oyalarini diniy formada, “Injil”dan keltirilgan misollarga suyangan holda xalq qalbiga singdirar edi. Buning uchun u cherkov kafedrasidan foydalanar, knyazlarning ta’qib qilishiga qaramay uning ma’ruzalarini tinglashga ko’plab kishilar to’planar edilar. Myunser ularning qalbida ezuvchilarga nafrat uyg’otar, ularni kurashga tayyorlar edi. 1524-yili iyunda dehqonlar urushi boshlanib, bir yil mobaynida Germaniyaning katta territoriyasiga yoyildi. Isyonchi dehqonlar qahramonona jang qildilar. Myunser bu paytda Myunxauzenda bo’lib, bu yerda isyonchilar 1525-yil martida hokimiyatni o’z qo’llariga oladilar va Myunser rahbarligida kommuna tuzadilar. Lekin kuchlarning teng emasligi Frankenxauzen yaqinidagi jangda Myunser otryadlarining mag’lubiyatiga sabab bo’ladi. O’zi raqiblari tomonidan tutilib, turli qiynoqlarga duchor qilinadi va 1525-mayida o’ldiriladi. Dehqonlar urushi voqealari feodal tuzumiga qarshi zarba bo’ldi. Buni aks ettirgan katta adabiyot paydo bo’ldi. Revolutsion lagerda tarqatilgan varaqalar qo’ldan-qo’lga o’tdi, sayyohlar boshqa joylarga ham tarqatdilar. Bular hammasi jonli nemis tilida yozib olinganligidan xalq orasiga tez yetib borar, ko’pchilikning mulkiga aylanar edi. Eng ommaviy janr qo’shiq bo’lib, u kurashga ilhomlantirar, kishilarni jangga chorlar edi. Download 5.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling