Nemis adabiyoti tarixi
Remarka (Fransuzcha remarque
Download 5.22 Mb.
|
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009
- Bu sahifa navigatsiya:
- Roman
- Sarguzasht adabiyoti
Remarka (Fransuzcha remarque) – dramatik asarda muallif tomonidan beriladigan izohlar.
Bu izohlar pyesani sahnaga qo’yadigan rejissyorga, rollarni bajaruvchi aktyorlar va kitobxonlarga qaratilgan bo’ladi. Chunki remarkada asar ishtirokchilarining tashqi qiyofasi, yoshi, xulqi, xatti-harakati, qiliqlari, intonatsiyasi, sahna manzarasi va hokazolar yoritiladi. Demak, muallif remarkasi pyesani tushunish, sahnaga qo’yish va rollarni yaxshi tushunib o’ynash uchun zarurdir. Roman (Fransuzcha roman) – epik, naqliy adabiyotning bir turi bo’lib, u murakkab turmush protsessini, keng hayotiy hodisalar doirasini qamrab oladi va buni o’sish-o’zgarishda tasvirlaydi. Romanda insonning har tomonlama hayoti butun murakkabligida yorqin tasvirlanadi. Povest va hikoyadan farqli o’laroq, romanda qalamga olingan hodisalarda ko’p kishiu qatnashadi, ularning hayoti va kurashi bir-birlari bilan bog’lanadi, to’qnashadi. Romanda kishining hayot yo’li va xarakteri uning turli davrlari va xilma-xil ko’rinishlarida yoritiladi. Romantizm – san’at va adabiyotning asosiy ijodiy metodlaridan biri bo’lib, u turmushning o’zidan ko’ra ko’proq turmush haqidagi orzu va umidlarni tasvirlash printsipiga asoslanadi. Romantik yozuvchilar yaratgan obrazlar ularni qanoatlantirmagan zamona sharoitlariga qarama-qarshi qilib qo’yilgan. Ularning xayolida yaratilgan bunday obrazlar, garchi san’atkor yashab ijod etgan hayot haqiqatidan uzoq bo’lmasa-da, lekin voqeiy hodisalarni emas, yozuvchining turmush to’g’risidagi orzularini aks ettiradi. Ana shundan turmushdagiday emas, “romanda bo’lgan kabi, kitobdagidek”, “romantik” ma’nolarini anglatuvchi romantizm termini kelib chiqqan. Keyinchalik bu terminni tarixiy tartibda ma’lum ijodiy printsiplarni o’z ichiga olgan bir adabiy oqim yoki ijodiy metod sifatida shakllangan. Sarguzasht adabiyoti – tasodifiy va g’aroyib voqealarni tasvirlovchi hikoya va qissalar. Bunday hikoya va qissalar ba’zan oldi-qochdi hikoya va qissalar deb ham yuritiladi. Bunday sarguzasht adabiyoti qahramonlarining ish-harakati tasodifiy voqealar bilan rivojlanib boradi. Tasodifiy va g’aroyib voqealar qoliplash va boshqa badiiy vositalar bilan ulanib, ertaklarda to’qilganday, dostonlarda o’qilganday, maroqli syujet chizig’ini tashkil etadi. Bu esa ba’zan hayotiy lavhalar va tipik xarakterlar tasviri bilan almashib boradi. O’rta asr feodal ritsarlarining yurishlari to’g’risida yozilgan avantyur romanlar, savdogarlarning har xil el va yurtlarga safari haqida yaratilgan sayohatnomalar ham sarguzasht adabiyoti namunalaridir. Download 5.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling