Nemis adabiyoti tarixi


Download 5.22 Mb.
bet78/95
Sana22.09.2023
Hajmi5.22 Mb.
#1684572
TuriУчебник
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   95
Bog'liq
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009

Kompositsiya (lotincha compositiontuzib chiqish, tartibga solish so’zidan) – asarning tuzilishi, qismlarining joylanishi, voqealar bayonining tartibi. Kompositsiya asosiy badiiy vositalardan biri bo’lib, u kishilar va hayot hodisalarini (yozuvchining g’oyaviy niyatiga muvofiq) ta’rif va tavsif etishga xizmat qiladi.


Kulminatsiya (lotincha culmen – co’qqi so’zidan) – badiiy asardagi voqealar rivojining avj olgan nuqtasi, ish-harakat va kurashning keskinlashgan o’rni.


Lakonizm (yunoncha lakonismos – qisqa, ixcham so’zidan) – keng fikrni kam so’z ishlatib, muxtasar, lo’nda va ixcham ifodalash; asarda xarakterlarni va yorqin manzaralarni tasvirlashda badiiy vositalardan ratsional foydalanish. Xalq maqollari, shiorlar lakonik ifodaning yorqin namunasidir.


Leytmotiv (nemischa leitmotiv bosh motiv, yetakchi g’oya so’zidan) – butun asar bo’ylab avtor tomonidan ilgari surilgan, qayta-qayta uqtirilgan va ta’kidlangan asosiy fikr, yetakchi g’oya.


Lirika (yunoncha lyra – qadimgi yunonlarda rubobga o’xshagan muzika asbobi bo’lib, ular shu asbobni chalib qo’shiq-she’r aytganlar; ana shu qo’shiq va she’rlar lirika deyilgan) – badiiy adabiyotning epos, lirika, drama deb nomlangan uch asosiy turidan biri.


Litota (yunoncha litotes – soddalik so’zidan) – majoziy iboralardan biri bo’lib, mubolag’a va uning o’ta formasi ifrotga qarama-qarshi tarzda biror narsa yoki hodisani atayin kichraytirib, zaiflashtirib tasvirlash.


Masal – axloqiy, satirik va kesatiq mazmunni kinoyaviy obrazlarda aks ettirgan aksariyat kichik sher’iy ba’zan nasriy asar.
Inson xarakteriga xos xususiyatlar masalda kinoyaviy obrazlar orqali ifodalanadi: odamlar o’rtasidagi voqealar hayvonlar, jonivorlar va o’simliklar dunyosiga ko’chiriladi. Obrazlarning kinoyaviy xarakterda bo’lishidan tashqari, kulgili savol-javob ham masal tili va uslubi uchun xarakterlidir. Ko’pincha masalning kirish qismida, ba’zan pirovardida qissadan xissa – ibratli xulosa chiqariladi.



Download 5.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling