Nemis adabiyoti tarixi


Trilogiya (yunoncha trilogia


Download 5.22 Mb.
bet86/95
Sana22.09.2023
Hajmi5.22 Mb.
#1684572
TuriУчебник
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   95
Bog'liq
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009

Trilogiya (yunoncha trilogia) – muallifning bir butun rejasi bilan birlashtirilgan uchta dramatik yoki prozaik asar.


Trop (yunoncha tropos – aylanish so’zidan) – ko’chim – so’z yoki so’z birikmasining ko’chma mazmunda qo’llanilishi. Metafora (istiora) va metonimiya (majoz) trop turlaridir. Sinekdoxa, allegoriya, ironiya, mubolag’a, litota, perifraza ham ko’chimning xilma-xil ko’rinishlaridir.
Trop qo’llash badiiy nutqda yangi mazmundagi so’z birikmalarini bujudga keltiradi, nutqni boshqacha ifodalagan yangi fikr bilan boyitadi, notiqning ma’lum hodisaga munosabatini bildirishi yo baho berishi uchun qulay imkoniyat tug’diradi.
Trop (ko’chim) og’zaki nutqqa hosdir, lekin u badiiy adabiyotda ham keng qo’llanildi. Chunki u yozuvchiga hodisani individuallashtirish va uni yaqqolroq qilishga yordam beradi. Ma’lum bir hodisani aniqroq tushuntirish, bu haqda obrazli yorqin tasavvur tug’dirish uchun trop turlaridan foydalaniladi.


Trubadur – qadimgi Fransiyaning Provans degan janubiy viloyatidagi shoir – baxshilar nomi bo’lib, ular ritsarlarning jasorati va sarguzashtlarini kuylaganlar. Trubadurlar tomonidan yaratilgan ayrim she’riy shakllar G’arbiy Yevropa poeziyasi uchun asos bo’lgan.


Truverlar (Fransuzcha trouvers) – o’rta asr Fransiyasida (XII-XV asrlarda) qahramonlik va fidokorlik haqida qo’shiq to’qib, uni kuylab yuruvchi sayyor shoir – qo’shiqchilar.


Utopiya (yunoncha utopos – o’zi yo’q o’rin so’zidan) – yozuvchining fantaziyasini, amalga oshirolmaydigan xayolni hayotda mavjud qilib tasvirlovchi asar yoki epizod.
Masalan, ulug’ Ozarbayjon klassigi Nizomiy (XII asr)ning “Iskandarnoma”sidan Iskandarning Shimolga yurishi va ideal ijtimoiy hayot kechirayotgan jamoatni ko’rib hayron qolishi tasvirlangan: unda hamma ishlaydi, tenglik va halollik hukm suradi. Ko’ramizki, Nizomiy utopiyasida xalqning erkin mehnatga asoslangan teng va baxtiyor hayot to’g’risidagi eng yaxshi orzu-umidlari o’z ifodasini topgan.
Ingliz mutafakkiri Tomas Mor (XV asr) Utopiya oroli haqida “Utopiya” nomli fantastik povest yozib, undagi kishilarni amalga oshirilgan ideal ijtimoiy tuzum sharoitida yashovchilar sifatida tasvirladi.
Utopiya, umuman, “xayoliy”, “amalga oshmaydigan ishlar” ,a’nosida ham keng qo’llaniladi.



Download 5.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling