Nemis adabiyoti tarixi


Download 5.22 Mb.
bet89/95
Sana22.09.2023
Hajmi5.22 Mb.
#1684572
TuriУчебник
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   95
Bog'liq
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009

Epilog (yunoncha epi – so’ng, logos – so’z) – qadimgi yunon dramasida muallifning o’z rejasi va pyesasining xarakterini tushuntirish uchun tomoshabinga qaratilgan drama xotimasini shunday deb atar edilar. Ba’zan tomoshabinga qilinadigan murojaat asarning boshida berilar edi. Bu holda uni prolog deb ataganlar.


Epistolyar adabiyot (yunoncha epistole – noma, maktub so’zidan) – jamoat arboblari, olimlar va yozuvchilarning xatlari to’plami. Birovga qaratilgan noma, bir qator xatlar yoki qahramonlarning o’zaro yozishmalari – noma shaklida yozilgan badiiy asar – badiiy epistolyar asar deb atalgan.


Epitafiya (yunoncha epitaphios – qabr toshi yozuvi so’zidan) – ko’pincha she’riy shaklda bo’lgan qabr yozuvi. Kinoyaviy epitafiya qadimdan beri satirik poeziyaning keng tarqalgan shakllaridan biri bo’lib kelmoqda: murdasiz qabrga yozilgan yozuv orqali hayot bo’lgan boshqa biror kishining bema’ni va yaramas xislatlari hajv qilinadi.


Epopeya (yunoncha eppopiia) – qadimgi Yunonistonda ma’lum bir tarixiy voqea munosabati bilan xalq hayotini, uning kurashi va qahramonlarini keng tasvirlovchi barcha xalq rivoyatlari, qo’shiqlari epopeya deb atalar edi. Gomerning “Iliada” va “Odisseya” asarlari mana shu xildagi klassik epopeyalardir. Chunki, bu asarlarda yunon-troyan muhorabasi kabi tarixiy voqea fonida qadimgi yunon hayotining ko’p va muhim tomonlari yorqin ifodalangan.


Epos (yunoncha epos – riboya, hikoya, qo’shiq so’zidan) – badiiy adabiyotning hikoyaviy bir turi, adabiy turlar(epos, drama, lirika)dan asosiysi.
Hayotni harakatda, hayot manzaralari va kishining ma’lum hayot sharoitidagi xatti-harakati hamda kechinmalari orqali sahnada gavdalantirishga asoslangan dramadan, hayotni kishining ichki kechinmalari – fikr-o’yi, his va tuyg’ulari obrazida jonlantiruvchi lirikadan farqli o’laroq, epos kishini, u ishtirok etgan voqealarni, uning turli sharoitdagi xulq-atvori va kechinmalarini, uning turli hodisa va kishilarga bo’lgan munosabati va boshidan kechirganlarini tasvir etadi, hikoya qiladi.



Download 5.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling