Nemis adabiyoti tarixi


Download 5.22 Mb.
bet88/95
Sana22.09.2023
Hajmi5.22 Mb.
#1684572
TuriУчебник
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   95
Bog'liq
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009

Sharj (Fransuzcha charge – og’irlik ma’nosidagi so’zdan) – hodisa va predmetni yoki biror kishining ayrim tashqi belgisi, yo xarakterini buzib, karikaturali – kulgili qilib tasvirlash.


Ekspressiya (lotincha expressio – ifoda so’zidan) – badiiy asarda nutqning ifodaliligi va voqealarning yaqqolligi. Shoirning his-tuyg’usi yorqin ifodalangan she’r, kishining xarakterli xislatlarini ravshan bera olgan portret, ma’lum joyning tabiiy manzaralarini yorqin tasvirlab, rassomning kayfiyatlarini ravshan yorita olgan peyzaj kabilar katta ekspressiya bilan yaratilgan asarlar deb ataydilar.


Elegiya (yunoncha elegos – shikoyat so’zidan) – qadimgi Yunonistonda lirik poeziya turlaridan biri: g’amgin, alamli, mungli she’r. Qadimgi Rim shoirlaridan Propertsiy, Tibull, Ovidilarning elegiyalari mashhurdir.


Epigon (yunoncha epigonos – keyin tug’ilgan so’zidan) – o’z umrini tugatgan adabiy oqimga ergashuvchi, o’z salaflarining g’oyasi, metodi va badiiy tasvir vositalarini mexanik ravishda takrorlovchi yozuvchilarga nisbatan qo’llaniladigan salbiy ma’nodagi so’z.


Epigramma (yunoncha epigramma – yozuv so’zidan) – satirik poeziya turlaridan biri, biror kishini hajv qilgan kichikroq she’r.
Qadimgi Yunonistonda qasrlarga, haykallarga va turli idishlarga yozilgan she’rni epigramma deb ataganlar. Keyinroq Rimda kichik satirik she’rni epigramma deb atay boshladilar.


Epigraf (yunoncha epigraphe) – qadimgi yunonlar haykallardagi yozuvlarni shu nom bilan ataganlar. Biroq keyinchalik bir yozuvchi tomonidan o’z asarining asosiy mazmuni va temasini oldindan tushuntirish uchun ikkinchi bir yozuvchi asaridan yoki xalq og’zaki ijodidan asar boshiga, alohida qism (bob)larning boshlanishiga kiritgan jumla yoki she’riy parcha epigraf deb atalgan.


Epizod (yunoncha epeisodion – voqe bo’lgandan ziyod so’zidan) – poema, povest, roman, dramalar syujetida o’zaro bog’lanib kelgan va ma’lum darajada mustaqil ahamiyatga ega bo’lgan voqea, asarda ma’lum bir moment.



Download 5.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling