Nemis adabiyoti tarixi


Download 5.22 Mb.
bet79/95
Sana22.09.2023
Hajmi5.22 Mb.
#1684572
TuriУчебник
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   95
Bog'liq
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009

Mahalliy kolorit – badiiy asarda tasvirlangan voqea qayerda sodir bo’lgan bo’lsa, o’sha joining o’ziga xos mahalliy turmush sharoiti, tabiat manzaralari, til va sheva xususiyatlari, urf-odat va qiliqlaridan iborat. Yozuvchi tasvirning tarixiy konkret va xaqqoniyligini ta’minlashga intilib, mahalliy koloritga xos barcha xususiyatlarni chuqur o’rganadi va uni rostgo’ylik bilan tasvirlaydi.


Memuarlar (fransuzcha memoires – xotiralar so’zidan) – xotiralar, esdaliklar, yodnomalar. Odatda, yozuvchining o’z ko’zi bilan ko’rgan yoki o’zi qatnashgan o’tmish voqealar to’g’risida yozganlari memuarlarning mazmunini tashkil etadi.


Metafora (yunoncha metaphora – kochim, istiora so’zidan) – asosiy poetic ko’chim (trop)lardan biri. Ko’chim ikki xil bo’ladi: o’xshashli ko’chim – metafora, o’xshashsiz ko’chim – metonomiya.


Metod (yunoncha methodostadqiq qilish, tekshirish so’zidan) – turmush hodisalarini tanlash, o’rganish va tasvirlashning asosiy vositasi va tamoyili. San’at va adabiyotda metod (oqim) yozuvchining hayotiy faktlarni tanlash, umumlashtirish, baholash va badiiy obrazlarda aks ettirishda qo’llangan asosiy tamoyillardan iboratdir. O’tmish adabiyoti va realizm, romantizm an shunday ijodiy metodlardandir.


Mif (yunoncha mythos – afsona, rivoya so’zidan) – juda qadim zamonlardagi kishilarning koinot va hayotning paydo bo’lishi, tabiat hodisalari, xudolar va afsonaviy qahramonlar to’g’risidagi aqida va xayollarini bayon qilgan rivoyat va afsonalar. Mif Sharq mamlakatlarida asotir nomi bilan ham yuritiladi.


Modernizm qarang: Dekadentlik


Moralite (lotincha moralis - axloqiy so’zidan) – o’rta asr G’arbiy Yevropasida axloq-odob o’rgatadigan, qatnashuvchilari kinoyaviy xarakterda bo’lib, aql, adolat, haqiqat, tavba, ishonch, umid kabi mavhum fikr va tuyg’ularni jonlantiradigan dramalar shu nom bilan ataladi.



Download 5.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling