Nemis adabiyoti tarixi


Download 5.22 Mb.
bet80/95
Sana22.09.2023
Hajmi5.22 Mb.
#1684572
TuriУчебник
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   95
Bog'liq
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009

Motiv (fransuzcha motif – ohang, kuy, maqom so’zidan) – muzika asarining asosiy elementi. Adabiy asarda motiv asarning asosiy temasidan farqli ravishda uning qo’shimcha, ikkinchi darajali temalari bo’lib, u asosiy tema bilan birgalikda badiiy jihatdan tugal tarkib topgan bir butun narsa sifatida yuzaga keladi.


Naturalizm (lotincha natura tabiiy so’zidan) – adabiyot tarixidagi ijodiy metodlardan biri.
Keng ma’noda, naturalizm turmushni san’at va adabiyotda ikkinchi darajadagi, uncha muhim va zarur bo’lmagan narsalarni, tasodifiy hodisalarni, ro’yxat qilish, nusxa ko’chirish orqali ko’rsatishdir; bunda qalamga olingan narsalar, tasvir etilgan voqealar, garchi tabiiy, tashqi ko’rinishlari jihatidan o’sha narsa va hodisalarning asliga o’xshab ketsa-da, ular umumlashtirilmagani uchun haqiqiy san’at asari darajasiga ko’tarila olmaydi.
Naturalizm ahamiyatsiz, tipik bo’lmagan xarakterlarni tasvirlashda, tasodifiy maishiy lavhalarni chizishda, personajlar nutqini chalkash, qo’pol so’z va iboralar bilan berishda ravshan ko’rinadi.


Neologizm (yunoncha neos – yangi, logos – so’z so’zlaridan) – hayot yangiliklarini ifodalovchi yangi so’zlar. Bunday so’zlar sanoat va qishloq xo’jaligi, savdo va transport, texnika va fanning to’xtovsiz o’sib turishi tufayli bunyodga keladi va turmushda ro’y bergan o’zgarishlarni aks ettiradi.


Obraz – san’at va adabiyotda turmushni o’ziga xos badiiy shaklda aks ettiruvchi yorqin manzara va xarakterlar.
Narsa, hodisa va insonning muayyan vaziyatdagi xarakterli holati, xatti-harakati, kayfiyati va o’ziga xos xususiyatini o’zida yaqqol gavdalantiruvchi obrazlar xilma-xildir: kishi obrazlari, personajlar, tiplar, tabiat obrazlari (peyzaj) va so’z obrazlari kabilar.
Obrazlilik san’atning o’ziga xos xususiyati, turmushni aks ettirishning maxsus shaklidir. San’at, jumladan, adabiyot bu xususiyati bilan ilm-fandan katta farq qiladi. U kishilarning ongigagina emas, balki his-tuyg’usiga ham ta’sir etadi.



Download 5.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling