Nerv tizimi va neyronlar reja: Neyronlarning strukturaviy klassifikatsiyasi: Neyron sinflari


III juft ko`z olmasini harakatlantiruvchi nerv


Download 45.52 Kb.
bet5/7
Sana15.11.2023
Hajmi45.52 Kb.
#1776690
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
NERV TIZIMI VA NEYRONLAR

III juft ko`z olmasini harakatlantiruvchi nerv. Bu nerv yadrolari bir necha xil bo`ladi.
1.Yuqori qovoqni ko`taradigan nerv ko`taradigan mushakni nerv bilan ta`minlaydi.
2.Tepa to`g`ri mushak – ko`z olmasini tepaga va biroz ichkariga harakat qildiradi.
3. Medial to`g`ri mushak – ko`z olmasini ichkariga buradi.
4.Pastki qiyshiq mushak – ko`z olmasini tepaga va biroz tashqariga buradi.
5. Pastki to`g`ri mushak – ko`z olmasini pastga va ichkarigaburadi. Bu yadrolar katta hujayrali yadrolarga kiradi. Yana mayda hujayrali parasimpatik yadrolar bo`lib, bu yadrolardan nervlar chiqib, qorachiqni toraytiradigan mushakni nerv bilan ta`minlaydi. Juftsiz yadrosi bor parasimpatik qism esa, siliar mushakni nerv bilan ta`minlaydi. Bu mushak akkomodatsiya vazifasini bajaradi. Ill juft KBM nerv yadrolari o`rta miyada joylashgan, yadrogacha markaziy neyron bo`lib, u peshana qismining oldingi markaziy egatidan boshlanadi. Keyinchalik pastga tushib, ichki kapsulaning tizzasidan o`tadi va yadroga kelib, o`z tomonidan hamda qaramaqarshi tomonda tugaydi yoki yadrolar bosh miya po`stlog`i bilan ikki tomonlama bog`langan bo`ladi. Periferik nerv neyronlari esa yadrodan boshlanib, tashqariga – mushaklarga chiqadi va yuqorida
qayd etilgan mushaklarni nerv bilan ta`minlaydi.
Zararlanishi. Ptoz – ko`z yuqori qovog`ining tushib qolishi, g`ilaylik (ctrabizm) – ko`z olmasining tashqariga qarab qolishi, ekzoftalm – ko`z olmasining kasallangan tomonga chiqib qolishi, midriaz – ko`z qorachig`ining kengayishi, mioz – ko`z qorachig`ining torayishi, diplopiya – ko`zga narsalarning ikkita bo`lib ko`rinishi.
IV juft g`altaksimon KBM nervi. Bu nerv yadrosi o`rta miyada – S ilveyev suv yo`lining tagida joylashgan. Miya asosi va kalla suyagining tepa ko`z oralig`idan chiqib, bitta mushakni – tepa qiyshiq mushakni nerv bilan ta`minlaydi. Bu mushak ko`z olmasini pastga va tashqariga buradi. Markaziy neyron bosh miya po`stlog`ining peshana qismi oldingi markaziy egatidan boshlanadi. Pastga tushib, yana ichki kapsulaning tizzasidan o`tadi va yadroga kelib, o`z tomonidan va qarama-qarshi tomondan kelib tugaydi. Shuning uchun markaziy falajlanish bo`lmaydi.
Zararlanishi. Diplopiya faqat pastga qaraganda paydo bo`ladi, bu ko`zning ichkariga qarab qolgan g`ilayligi, u faqat pastga qaraganda, ayniqsa, bu narsa zinadan pastga tushayotganda ma`lum bo`ladi.

Download 45.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling