Nerv tizimi va neyronlar reja: Neyronlarning strukturaviy klassifikatsiyasi: Neyron sinflari
Bosh miya nervlarining anatomiyasi , fiziologiyasi , zararlanish belgilari va tekshirish usullari
Download 45.52 Kb.
|
NERV TIZIMI VA NEYRONLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- I juft hidlov nervi.
- II juft ko`rish nervi.
Bosh miya nervlarining anatomiyasi , fiziologiyasi , zararlanish belgilari va tekshirish usullari
Bosh miya (KBM ) nervlarining yadrolari kalla suyagining ichida joylashgan bo`lib, 12 juft KBM nervlaridan iborat. Bu nervlar xarakteriga qarab sezuvchi, harakatlantiruvchi va aralash nervlarga bo`linadi. Sezuvchi nervlarga quyidagilar kiradi: I juft hidlov nervi, II juft ko`ruv nervi, VIII juft eshituv nervi; harakatlantiruvchi KBM nervlariga III juft ko`z olmasining harakatlantiruvchi nervi, IV juft g`altaksimon nerv, VI juft uzoqlashtiruvchi nerv, VII juft yuz nervi, XI juft qo`shimcha nerv, XII juft tilosti nervi yoki tilni harakatlantiruvchi nervlar. Aralash bosh nervlari 2 xil vazifani bajaradi, bular harakatlantiruvchi va sezgi vazifasidir. Bularga V juft uchlamchi nerv yoki uch shoxli nerv, IX juft til-halqum nervi, X juft sayyor yoki adashgan bosh miya nervlaridir. I juft hidlov nervi. Bu faqat sezgi nervi bo`lib, burun ichidan tepa qismidagi shilliq pardalardan, bu yerdagi neyroepitelial hujayralardan boshlanadi. Bu hujayralar hidlov hujayralari deyiladi. Retseptor sifatida hid qabul qilinib, aksonlari suyak orqali miya asosiga kiradi va bulbusni hosil qiladi. Keyin qadoqsimon tanani aylanib o`tib, bosh miya po`stlog`idagi chakka qismining gipokamp degan joyida tugaydi. Z a r a r l a n g a n d a. Agar bemor burunning ikkita teshigi bilan hidni sezmasa, unda mahalliy kasalliklar – gripp, URVI , burun polipi va qiyshiqligini inkor etishimiz kerak. Agar burunning bir tomoni hidni sezmasa, unda kasallikni miya asosining zararlangan tomonidan izlash zarur. Bular bosh miya leptomeningiti, o`smalar, meningit va boshqa kasalliklarda kuzatiladi. Agar bosh miya po`stlog`i zararlansa, unda hidlov gallutsinatsiyasi bo`ladi, ya`ni yo`q hidlarni sezish. II juft ko`rish nervi. Ko`z tubidagi to`rsimon pardadan ta`sirlarni qabul qiluvchi retseptorlar bor. Tayoqchasimon retseptorlar oq-qora narsani qabul qiladi, kolbachalar esa rangli narsalarni qabul qiladi. Ganglioz hujayralar birlashib ko`z nervi bo`ladi va ular o`z tomonidan miya asosiga kiradi. Bu turk egari sohasigacha ko`ruv nervi deyiladi. Shu joyda faqat ichki tolalar kesishadi, tashqi tolalar esa kesishmaydi. Kesishmagandan keyingi yo`l ko`z yo`li deyiladi. Keyin bu tashqi tizzali tanacha va talamus yostiqchasida tugaydi. Tizzali yostiqchadan tolalar boshlanib, Groshale tutamini hosil qiladi va bosh miya po`stlog`i ensa qismida tugaydi. II juft ko`rish va ranglarni ajratish uchun kerak. Za r a r l a n g a n d a. Agar ko`z nervi zararlansa, shu tomonda ko`z ko`rmay qoladi, bu amovroz deb, ko`zning kam ko`rishi ambliopiya deyiladi. Agar kesishgan joy va ko`rish yo`li zararlansa, unda gemianopsiya bo`ladi. Agar markaz kasal bo`lsa, ensa qismida ko`rish gallutsinatsiyasi, ya`ni yo`q narsalarni ko`rish paydo bo`ladi. Download 45.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling