New uzbekistan: innovation, science and education
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 2 qism
Kalit so‘zlar: didaktik o‘yinlar, texnologiya, axborot texnologiyalari.
Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob- axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapdi. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etedigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan. (Sh.Mirziyoyev) Ta’lim sohasidagi muhim hujjatlar – “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining ta’lim tarbiyani yanada takomillashtirishga qaratilgan Qarorlari talablariga asosan yosh avlodga jahon ta’lim standartlari darajasida ta’lim va tarbiya berish ko‘zda tutilgan. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri komil inson g‘oyasi hisoblanadi. O‘quvchilarni komil inson etib tarbiyalash har bir pedagogning vazifasidir. Komil inson asosiy g‘oyasini amalga oshirishda savod o‘rgatish davri muhim ahamiyatga ega. Ona tili va o‘qish savodxonligi o‘quv dasturlari o‘quvchilarning xususiyatlarini ularning yilma-yil aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan o‘sib borishini hisobga olgan holda bosqichli ketma-ketlik tamoyili asosida tuzilgan. Shunga asosan har bir mavzuning o‘quvchilar tomonidan oson o‘zlashtirib olinadigan qismi quyi sinflarda murakkabroq qismi keyingi sinflarda o‘rganiladi. Ba’zi so‘z turkumlari boshlang‘ich ta’limning hamma sinflarida o‘rganiladi. Dastlab uning asosiy belgisi- narsa-buyum nomini, belgisini, sanog‘ini va harakatini bildirishi o‘rganiladi, o‘quvchining shu olgan bilimlari asosida qanday so‘roqqa javob bo‘lishi singari qo‘shimcha belgisi ham o‘zlashtirilib olinadi. O‘quvchilar sinfdan-sinfga o‘tib ulg‘ayib borishi bilan so‘z turkumlarining o‘ziga xos belgisi ham o‘rganilib boriladi.O‘quv materialining bunday o‘rganilishi bir sinfda egallangan bilimlarning keyingi sinflarda yana takrorlanishini taqozo etadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari aqliy va jismoniy faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirish mazmunida didaktik o‘yinlar alohida ahamiyat kashf etadi. Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarning ma’naviy va axloqiy kamolotida, ularning barkamol inson bo‘lib kamol topishida ulkan tarbiyaviy ta’sir qudratiga egadir. Didaktik o‘yinlar davomida bolalar jamoa bo‘lib ishlashga, birgalikda ijod qilishga, hamkorlikda ishlashga va mustaqil ishlashga o‘rganadilar. Bu jarayonda o‘quvchilarda intizomlilik, inoqlik va o‘z navbatda erkin fikr yurita olishlari kuzatiladi. Didaktik o‘yinlar asosan ta’lim jarayonini bolalarning yosh xususiyatlari va tayyorgarliklariga qarab samarali tashkil qilishga, ularga bilim va ma’lumot berishni yengillashtirishga, ta’limda ko‘rgazmalilikni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib o‘quvchilarni o‘quv materiallari bilan ortiqcha band qilib qo‘ymaslik, toliqtirmaslik va zeriktirmaslik imkoniyatini yaratadi, dastur materiallarini o‘zlashtirishda qulaylik tug‘diradi. Didaktik materiallar o‘qituvchi tomonidan har bir darsga alohida tayyorlangan bo‘lib, u dars mazmunini to‘la ifodalash va o‘quvchilar dars mazmuniga yaxshi tushunib yetishlari uchun xizmat qiladi. Bullarga har turli ko‘rgazmali qurollar, turli muammoli vaziyatlarni yaratuvchi moslamalar, o‘yin va hokazolar kiradi. Didaktik materiallar ham didaktik tamoillarga mos ravishda yaratiladi. Ilg‘or pedagogik tajribali o‘qituvchi tomonida ta’lim –tarbiya berishning usul va uslublarini yaxshi o‘zlashtirib, ularga ijobiy yondoshgan holda, nisbatan samaraliroq uslub yaratish. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki dars davomoda foydalanilayotgan didaktik o‘yin darsning mavzusiga mos ravishda tanlab olinishi muhim axamiyatga egadir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini nutqini o‘stirishda didaktik o‘yinlardan foydalanish samarali natija beradi. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘yindan muntazam ravishda foydalanish ta’limda tabiiy sharoitni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling