New uzbekistan: innovation, science and education
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 2 qism
Апрель 2023 10-қисм
Тошкент ‘‘ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН: ИННОВАЦИЯ, ФАН ВА ТАЪЛИМ’’ Aholimiz 2040 yilga borib 50 millionga yetadi, jamiyatning yarmidan ko'pini yoshlar tashkil qiladi. Ularga munosib hayot sharoitini yaratish uchun esa barqaror iqtisodiyot, xavfsiz davlat, samarali boshqaruv, ijtimoiy kafolatlar bo'lishi lozim.Bular va boshqa ko'pdan-ko'p muammolar yechimi mustahkam huquqiy poydevorni - O'zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasini taqozo etadi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya O'zbekiston jamiyatining evolyutsion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo'lib, bu ish mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g'oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo'lidagi ulkan qadamdir.Bu yutuqlar, huquq va erkinliklardan nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlarimiz ham emin-erkin foydalanishi uchun, ularni, albatta, Konstitutsiyada muhrlab qo'yish talab etilmoqda. Qonunchilik palatasidagi O’z LIDEP va “Milliy tilanish” DP fraksiyasi tamonidan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini yanada takomillashtirish bo’yicha konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish tashabbusi ilgari surilgan edi.Oliy Majlis palatalari Kengashlarining 2022 yil 20 maydagi qarori bilan 47 nafar a’zodan , shu jumladan ,Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari va mamlakatimizning etuk olimlaridan iborat tarkibda Konstitutsiyaviy komissiya tashkil etildi. “Meningkonstitutsiyam.uz” elektron platformasi, qisqa raqamli koll-markazi, pochta aloqasi, mahallalar, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va “Telegram” ijtimoiy tarmoqlar orqali aholining fikirlari va takliflari qabul qilinib, shu asosida “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi ishlab chiqildi. Konstitutsiyaning matni olim-u mutaxassislar tomonidan faqat xonalarda yaratilmadi. Balki, dastavval ikki bosqichda xalqimizning fikri, takliflari o'rganildi, shundan so'nggina Konstitutsiya loyihasi tayyorlandi. - birinchi bosqichda Konstitutsiya loyihasini shakllantirish uchun fuqarolarimiz 60 mingdan ziyod taklif berishdi. Ularning taxminan har to'rttasidan bittasi loyihadan joy oldi; Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling