New uzbekistan: innovation, science and education
ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 2 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Апрель 2023 10-қисм Тошкент ‘‘ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН: ИННОВАЦИЯ, ФАН ВА ТАЪЛИМ’’ YANGILANAYOTGAN KONSTITUTSIYA Umarova Shoira Usmanovna
- Annotatsiya
- Kalit soʻzlar
ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ
4. Абдуллаева Қ.М. Махсус фанларни ўқитишда бўлажак ўқитувчиларнинг касбий билим ва кўникмаларини шакллантиришнинг методик асослари: Дис. …пед. фан. ном.- Тошкент: 2006. - 182 б. 5. Мусурмонова О.М., Абдуллаев А.Х., Аҳмедова М.Т. Ўқув касб таълими.-Т.: Халқ мероси, 2004.-144 б. 6. Ходжабаев А.Р., Ҳусанов И.А. Касбий таълим методологияси. Т.: “Фан ва технология”, 2007.-41, 192 б. 59 Апрель 2023 10-қисм Тошкент ‘‘ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН: ИННОВАЦИЯ, ФАН ВА ТАЪЛИМ’’ YANGILANAYOTGAN KONSTITUTSIYA Umarova Shoira Usmanovna Qarshi shahar Kasb-hunar maktabining Oliy toifali tarix fani o’qituvchisi Annotatsiya: Konstitutsiya- davlatning Asosiy qonuni bo’lib, shaxs, jamiyat va davlatning o’zaro munosabatlarini tartibga soladi. Har qanday meyoriy-huquqiy hujjat, qonun,farmon, farmoyish, qaror yoki boshqa huquqiy hujjat avvalambor Konstitutsiyaga asoslanadi.. Kalit soʻzlar: Konstitutsiya, qonun, huquqiy hujjat, loyiha, yangi tahrir, konseptual o‘zgar t irishlar, Konstitutsiyaviy komissiya. Konstitutsiya so’zi lotin tilida “ Constitutio “ so’zidan kelib chiqib - ‘tuzish” “o’rnatish”, belgilash degan ma’nolarni bildiradi. Jamiyatdagiijtimoiy munosabatlarni qonun asosida belgilash dastlab qadimgi Rimda amalga oshirilganligi tarixdan bizga ma’lum. Konstitutsiya o’zining uzoq tarixiga ega. Jahonda birinchi Konstitutsiya 1787 yilda AQSHda , 1831 yilda Belgiyada, 1874 yilda Sheysariyada qabul qilingan. Konstitutsiya o’ziga xos xususiyatlari bilan boshqa qonunlardan ajralib turadi. Hamma qonunlar Konstitutsiya asosida kelib chiqadi, doim u birinchi asos soluvchi hisoblanadi, joriy qonunlar tizimini belgilovchi, qabul qilishda ko’pchilik ovozi hisobga olinadi, tez o’zgarmaydigan barqaror qonun hisoblanadi. Masalan AQSH Konstitutsiyasi 236 yil, Belgiya 192 yil, Sheysariyada 149 yildan buyon ishlab kelmoqda. Bu Konstitutsiya larga o’zgarishlar , qo’shimchalar kiritilgan, lekin to’laligicha yangi Konstitutsiya qabul qilinmagan. Jahon mamlakatlarida Konstitutsiyalar nomlanishi , tuzilishi bir-biridan farq qiladi. Masalan -Avstriyada “Federal Konstitutsion “deb atalib , 1920 yilda qabul qilingan 7 bo’lim 152 moddadan iborat. Konstitutsiyalar bir - biridan farq qilsada maqsad birligi bilan o’xshashdir. O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va mustaqil o’z Konstitutsiya sining 1992 yil 8-dekabrda qabul qilinishi o’zbek davlatchiligini shakllanishiga asos bo’ldi. U Muqaddima, 6 bolim, 26 bob, 128 moddadan iborat edi. MDH davlatlari ichida eng kattasi bo’lib, III bo’lim hech qaysi davlatni Konstitutsiyasida yo’qligi bilan ajralib turardi. Asosiy qonunimiz mana 31 yildirkim Vatanimiz istiqboli yo’lida mustahkam huquqiy asos bo’lib, mamlakatimiz taraqqiyotini yuksaltirish, ijtimoyi-iqtisodiy, madaniy -ma’naviy, siyosiy, huquqiy hayotimizni mustahkamlashda beqiyos o’rin tutdi. O’tgan yillar davomida mazkur huquqiy hujjatga bir necha marta muxim o’zgartirishlar qoshim chalar kiritildi. jumladan 15 marta-1993-yil, 2003-yil, 2007-yil, 2008 -yil, 2011-yil 18.04, 2011-yil 12 .12, 2014 -yil, 2017- yil 6.04, 2017-yil 31 .05, 2017-yil 29.08, 2018-yil, 2019-yil 18.02, 2019 -yil 5.03, 2019- yil 4.09. 2021- yil O’zbekiston Pespublikasi Konstitutsiyasi xozirgi vaqtida inson huquq va erkinliklarini oliy qadriyat deb tan olgan eng ilg’or , demokratik Konstitutsiyalardan biri ekanligini isbotlab berdi. KONSTITUTSIYA YANGILANISHIGA QANDAY ZARURAT BOR? 1992 yildan hozirgacha erishgan yutuqlarimiz va hal qilingan muammolar yangi tahrirdagi Konstitutsiyani taqozo etdi, xususan, iqtisodiyot, inson huquqlari, odil sudlov, so'z va e'tiqod erkinligi, ijtimoiy himoya sohalaridagi yuzlab cheklovlarning olib tashlangani, naqd pul, valyuta, kredit masalalaridagi muammolar hal qilingani, qo'shnilarimiz bilan oramizdagi 25 yillik “muzlar erigani” va boshqa ijobiy harakatlar, dunyoda har kuni kutilmagan xavf-xatar va tahdidlar mavjudligi bu ziddiyatli jarayonlar, iqtisodiy qarama-qarshiliklar qachon va nima bilan tugashini bashorat qilib bo'lmasligi, jahondagi qariyb 100 million odam o'z hayotini saqlash uchun boshqa yurtlarda boshpana izlab yurgani, oziq-ovqat yetishmasligi, energiya resurslari taqchilligi, qolaversa, yonginamizda qariyb 50 yillik notinchlikni davom etayotgani, pandemiya kabi global muammolar rivojlangan davlatlar aholisini ham jiddiy o'ylantirmoqdaki, bularning bari bizga ham ta'sir ko'rsatmasligi mumkin emas. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling