Neyrobiologiya fanida yn savollari Neyrobiologiya fani predmeti, maqsadi va vazifalari
Download 384.22 Kb.
|
2 5474623039289176372
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosh miya yarim sharlari po’stlog’ini tekshirish usullari
- Relekslar va ularning turlari hamda ahamiyati
- Sodda organizmlarda ta’sirlanish
- Nerv sistemasining solishtirma aspektlarini izohlang
- To’garak chuvalchanglarda tipida nerv sistemasi
- Molyuskalarda nerv sistemasi
- Bog’imoyoqlilarda nerv sistemasi
- Xordalilarda nerv sistemasi
- Umurtqalilarda nerv sistemasi
- Nerv hujyaralarida elektrik signallarning hosil bo’lish xususiyatlari
- Nerv menbranalri orqali ionlar transporti turlari va ahamiyati
- Potensialni hisobga olish metodi
- Ion kanallarning funksional tuzilishi
- Nerv sistemasida impulslarning uzatilishi
- Aksonlarga asoslangan transport
- Signallarning sinaptik uzatilishi
- Elektrik va kimyoviy sinapslar
- Mediator moddalarning funksiyasi va klassifikatsiyasi
- Mediatorlarning kimyoviy signalari
- Mediatorlar ressepsiyasi turlari
- Neyromediatorlar roli mezoni, Deyli prinsipi
- Neyromodulyatorlar funksiyasi, modulyatsiya turlari
- Asetilxolin, uning vazifasi, tuzilishi hamda sintezlarni
Bosh miya. YAngi tug’ilgan bola bosh miyasining vazni 340-400 g bo’lib, tana vaznining 1,8-1,9 qismini (katta odamda esa 1,40 qismini) tashkil etadi.
1 yoshda bosh miya vazni 800 g, 7 yoshda 1250 g, 15 yoshda 1350 g, 18 yoshda 1380 g, katta odamlarda 1400 g ga teng. Bolaning bosh miyasi 7 yoshgacha tez o’sadi. Bosh miyaning o’sishi 20-30 yoshlarga borib to’xtaydi. 1-2 yoshda bosh miya orqa miyaga nisbatan ancha tez o’sadi, so’ng orqa miyaning o’sishi tezlashadi. Bosh miya ham orqa miya kabi oq va kulrang moddalardan tashkil topgan. Bosh miyaning kulrang moddasi turli xil neyronlardan iborat. Bosh miyada 14 mlrd. nerv hujayrasi bor. Bundan tashqari, bosh miyaning 60-90% ni neyrogliya hujayralari tashkil etadi. Neyrogliya hujayralari himoya qiluvchi va tutib turuvchi tayanch to’qima hisoblanadi. Neyrogliyada gormonlar va gormonsimon moddalar hosil bo’ladi. Bosh miya uzunchoq miya, varoliy ko’prigi, miyacha, o’rta miya, oraliq miyadan iborat bo’lib, bu qismlar bosh miya sopi deb ataladi. Ularni bosh miya katta yarim sharlari o’rab turadi. Orqa niiya. Orqa miya umurtqa kanalida birinchi bo’yin umurtqasi bilan II bel umurtqasi oralig’ida joylashgan bo’lib, katta odamda vazni 30-40 g, uzunligi 45 sm ga teng. Yangi tug’ilgan bolada orqa miya vazni 6-10 g, uzunligi 13-15 sm. Nerv hujayralari orqa miyaning kulrang, nerv tolalari esa oq moddasini hosil qiladi. Orqa miyaning ko’ndalang kesigida kulrang modda kapalak shaklida joylashadi, atrofida esa oq modda bo’ladi. Kulrang modda-ning oldingi, orqa va yon shoxlari bor. Oldingi shoxida harakat neyronlari joylashgan, bu erdan harakat nervlari chiqadi. Orqadagi shoxda sezuvchi neyronlar bo’ladi, ularga sezuvchi, ya‘ni markazga intiluvchi nervlar kiradi. Orqa miyada bo’yin, ko’krak, bel, dumg’aza segmentlari joylashgan. Orqa miyaning har bir segmentidan bir juftdan hammasi bo’lib 31 juft nerv tolasi chiqadi. Orqa miyadan chiqqan 31juft nervlar gavda, qo’l, oyoq muskullari va terini nervlar bilan ta‘minlaydi. Orqa miya 3 qavat parda bilan qattiq (tashqi) parda, o’rgimchak iniga o’xshash parda, tomirli parda bilan qoplangan. Bosh miya yarim sharlari po’stlog’ini tekshirish usullari шартли рефлекслар усули бош мия биотокларини ёзиб олиш миянинг турли қисмларини олиб ташлаш усули бош миянинг бевосита кучсиз электр токи ёки кимёвий моддалар билан таъсирлаш усули бош мияда қон айланиш ва моддала алмашинувини текшириш усули Relekslar va ularning turlari hamda ahamiyati Нерв тизимининг фаолияти рефлектор принципида амалга ошади. Рефекс ташқи ва ички муҳит таъсирига организмнинг нерв системаси орқали юзага келадиган жавоб реакциясидир. Рефлекс терминини физиология фанига чех олими Прохаски киритган. Рефлекслар икки бўлади: шартли ва шартсиз. Шартсиз рефлекслар - туғмадир, унинг хосил бўлишидан марказий нерв тизимининг пастки қисмлари, яъни орқа, узунчоқ, ўрта, оралиқ миядаги нерв марказлари иштирок этади. Бу рефлекслар одам организмидаги мухим хаётий жараёнларни таъмиплашга қаратилган. Масалан овқатни чайнаш, эмиш, ютиш, хазм қилиш, сийдик ажратиш, нафас. олиш, қон айланиши ва бошқалар. Шартсиз рефлекслар доимий, одам хаёти давомида ўзгармайди. Бу рефлекслар наслдан-наслга ўтади. Шартли рефлекслар: Шартли рефлекслар одам хаёти давомида ҳосил бўлиб, унинг маркази бош мия катта ярим шарлари пўтлоғида жойлашган. Шартли рефлексларнинг нерв йўллари тарбия, билим олиш, хунар ўрганиш бошқа хаётий тажрибалар асосида ҳосил бўлади. Муайян рефлекс узоқ вақт такрорланмаса бу шартли рефлекс сўнади. Шартли рефлекс шарсиз рефлекс асосида ҳосил бўлади. Шартли рефлекс ҳосил бўлиши учун олдин шартли таъсирловчи кетидан шартсиз таъсирловчи таъсир этиши керак. Шартли рефлекслар ҳосил бўлиши учун қуйидагилар зарур: бефарқ-шартли таъсир шартли таъсир шартсиз таъсиридан олдин келиши ва шартсиз таъсир қила бошлагандан кейин ҳам бирмунча вақт таъсир кўрсатиб туриши керак шартли ва шартсиз таъсирлар шу тариқа бирга қўлланилиши керак. Шартли таъсир шартсиз таъсир билан қўвватланиб турилмаса, шартли рефлекс ҳосил бўлмаслиги мумкин. Ҳаёт мобайнида баъзи шартли рефлекслар сўниб, янгилар пайдо бўлиб туради. Sodda organizmlarda ta’sirlanish Bakteriyalar va sodda hayvonlarda ham turli hatti-harakatlar mavjud bo‘lib, uning asosida hujyaraning ta‘sirlanishi yotadi. Bu bir qator molekulyar-genetik va biokimyoviy reaksiyalar jamlanmasini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, oqibatda bir hujayrali organizmning ta‘sirlanishi ta‘minlanadi. Buni ilmiy tilda toksis hodisasi deb yuritiladi, bunday holatda bir hujayrali sodda hayvonning bitta hujayrasi sezish va harakat funksiyasini bajaradi. Bunda organizm hujayrasi, masalan amyoba, NaCl ning noqulay ta‘siriga nisbatan ta‘sirlanishi, somon tayoqchasi bakteriyasiga nisbatan sezgirlikni namoyan qilishini kuztishimiz mumkin. Birinchi holatda amyoba ta‘sirlovchidan qochadi (manfiy xemotaksis), ikkinchi holatda esa – unga nisbtan yaqinlashadi (musbat xamotaksis). Ko‘pgina sodda hayvonlarda maxsus organellalar paydo bo‘lgan bo‘lib, ular tashqi ta‘sirlovchilarni sezish vazifasini bajaradi. Bunday organoidlarga xivchinlarning yorug‘ni sezuvchi ko‘zchasi, minella, trixosistalarni (infuzoriyalarda) misol qilsa bo‘ladi. Nerv sistemasining solishtirma aspektlarini izohlang Nerv sistemasining roli quyidagilardan iborat: 1) teshqi muhitdan bo‘ladigan ta‘sirlaraga nisbatan to‘g‘ri javob reaksiyasini ta‘minlash, 2) organism ichki organlar faoliyati kordinatsiyasini ta‘minlashga qaratilgan gemostazni boshqarish. Tirik organizmlar tashqi va ichki muhit omillari ta‘sirida o‘zining harakatini o‘zgartiradi va buni xulq-atvoe deb yuritiladi. A.C. Buteyevaning fikricha ―xulq- atvor – bu birinchidan, turga xos bo‘lgan genetik determinatsiyasilangan dasturi bo‘lsa, ikkinchidan – o‘zgaruvchan sharoitga nisbatan limb sistema tomonidan ta‘minlanadigan aniq adaptasiya hisoblanadi‖. To’garak chuvalchanglarda tipida nerv sistemasi Umutrqali hayvonlarning eng qadimgi vakillaridan bir bo‘lgan – to‘garak o‘g‘izlilarning markaziy nerv sistemasi bosh va orqa miyaga ayralgan. Nerv nayining ko‘p qismi yon tomondan yassilashgan va orqa miyaga aylangan. Bosh miya juda kam bo‘lib, uchta qismni: orqa, o‘rta va oldingi qismlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Miya qopqog‘I, epithelial to‘qimadan hosil bo‘lgan o‘simtasi ya‘ni pineal (epitel to‘qimadan hosil bo‘lgan qo‘shimcha ko‘z) organ mavjud bo‘lib, bu yorug‘likni sezish vazifasini bajaradi. Miyaning orqa bo‘ladig to‘garak og‘izlilarda ancha shakllangan bo‘lib, u mexanoregulyatsiya va harakatlanish bilan aloqador. O‘rta qismi ko‘z bilan, oldi bo‘lagi esa hid bilish pieozchalari bilan tutashgan. To‘garak og‘izlilarda miyacha juda kichik. Ko‘riib turibdiki, integrative vazifani miyaning eng rivojlangan orqa bo‘lagi bajaradi. Molyuskalarda nerv sistemasi Molyuskalarning nerv sistemasi ham nerv tugunchalaridan iborat bo‘lib, bir nechta nerv tugunlaridan tashkil topgan Har bir juft nevr tuguni molyuskaning alohida organlarini, oyoqni, nafas olish organi kabilarni idora etadi. Umuman oganda besh juf nerv tugunlari mavjud bo‘lib: serebral nerv tugunlari – sezgi organlari va halqumni; pedal – oyoq muskullarini; plevral – mantiya va nafas olish organlarini; pareyental – kimyoviy sezgi organlarini; visceral – ovqat hazm qilish, qon aylanish, jinsiy a‘zolar sisteamsini boshqaradi. Bunday tipdagi nerv sistemasi – tarmoq – tugunli nerv sistemasi db yuritiladi. Boshoyoqli molyuskalarda esa yirik nerv tugunlari yig‘ilib bosh miyani hosil qilgan. Shuning uchun boshoyoqli molyuskalarda sefalizatsiya (bosh qismining murakkablashuvi) jarayoni kuzatiladi. Miyaning orqa qismidan yulduzsimon nerv tugunlarini hosil qilib juft mantiya nervlari chiqadi. Bog’imoyoqlilarda nerv sistemasi Bo‘g‘imoyoqlilar va molyuskalar qadimgi halqali chuvlachanglardan kelib chiqqan yoki ularning umumiy kelib chiqish ajdodi bir hisoblanadi. Ularning nerv sistemasi nerv halqum atrofi nerv halqasi va nerv zanjiridan tashkil topgan. Hasharotlarda halqumusti nerv tuguning oldingi qismida zamburug‘simon tanachani hosil qilgan va uning o‘lchami hasharotlarning xulq-orvoridan kelib chiqqan holatda tuli tuman bo‘ladi. Ko‘p hollarda halqum usti nerv tuguning hasharotlarning bosh miyasi deb ta‘riflanadi va u qorin nerv zanjiri birln tutashgan halqumosti nerv halqasiga tutashgan. Halqumosti nerv sistemasi asosan og‘iz apparatini harakatini boshqaradi. Qorin nerv zanjiri ko‘p hollarda bir-biri bilan birlashadi, asosan hasharotlarning ko‘krak sigmantida buni yaqqol ko‘rish mumkin Bo‘g‘imoyoqlilarning qorin nerv zanjiri halqali chuvlachanglardan farqlanadi, natijada tugunlarning qorin zanjirida birlashish va soni sigmentlarga nisbatan oz bo‘ladi. Bo‘g‘imoyoqlilardan, ayniqsa hasharotlarda ichki organlarni boshqaruvchi vegetativ nerv sistemasi yaxshi rivojlangan. Nerv tugunlari tarkibida neyrosekretorlik xususiyati mavjud hajayralar aniqlangan bo‘lib, ular bir qator garmonlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bezlarni idora etadi. Hasharotlar xulq atvorining murakkabligi, bir-biriga nisbatan murakkab munosabatlarning mavjudligi, nalga g‘amxo‘rlik, ozuqa toppish, himoyalanish kabi munosabatning mavjudligi ularda nerv sistemasi murakkab darajada taraqqiy etganligidan dalolat beradi. O‘rgimchaksimonlar nerv sistemasining umumit tuzilishi xuddi bo‘g‘imoyoqlilarnikiga o‘xhash bo‘ladi, ammo bosh miyaning o‘rta qismi mavjud emas, oldingi qismi ko‘zdan informatsiya oladi, orqa qismi esa – xeliserdan (jag‘laridan) informatsiya qabul qiladi. Qorin nerv zanjiri boshqa bo‘g‘imoyoqlilarga nisbatan ancha qisqargan. Ularning ichidan chayonlarning qorin nerv zanjiri yaxshi shakllangan. O‘rgimchsimonlarning eng o‘ziga xos xulq atvorlaridan bir bu – to‘r to‘qish xususiyatinng mavjudligidir. Xordalilarda nerv sistemasi Xordalilarning nerv sistemasi, ko‘rinishi jihatdan, orqa sezgi epitelial hujyarlarning ektodermega botib kirishi natijasiga hosil bo‘lgan. Dastlab bu chiziq uzun nay shaklida bo'lgan bo'lsa, keyinchalik esa yopiq truba shaklga aylanagan. Ebrional stadiyada ushbu trubkaning oldingi qismi ochiq holatda, orqa qismi esa yopiq holatda qoladi. Bu bosqichda nayning orqa qismi ichak bo‘shlig‘I bilan bog‘langan holatda bo‘ladi. Bosh suyaksizlar, jumladan, lansetnik mansub bo‘lgan, nerv sitemasi va yuqorida aytib o‘tilgan nerv trubkasi xorda ustida bo‘lib, nerv trubkasining bosh va orqa miyalarga ajralishi kuzatilmagan. Birgina nerv trubkasining oldingi qismi nerv nayining boshqa qismiga nisbatan biroz kengaygan bo‘lib, bu qismning shikastlanishi, lansetnik harakatlanishining izdan chiqishiga olib keladi. Nerv nayi bo‘ylab neyronlarning dendrid o‘simtalari orqa miya sezuvchi nerv tolalari bilan sinapslar hosil qilsa, aksonlar esa – o‘zaro aloqadorlikni ta‘minlaydi. Bu hujyaralar esa o‘ziga xos o‘tkazuvchi sistemasi hosil qilib, nerv impulslarini nerv nayiga o‘tkazish vazifalarini bajaradi. Xordali hayvonlarda ko‘rish organlari bosh miya o‘simtasi sifatida shakllangan bo‘lib, hid bilish esa nerv ustunidan kelib chiqqan. Nerv nayining asosiy qismi markaziy nerv sistemasining hosil bo‘lishi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Shuning uchun xrdalilar markaziy nerv sitemasi umurtqasizlar nerv sistemasining gomologiyasi hisoblanmaydi. Qisman sefalizasiya (sezgi organlarning bir joyda to‘planishi) va spesifikatsiylangan reseptorlarning yomon rivojlanganligi, taktil ta‘sirlanishning sist bo‘lishiga qamasdan, elektr ta‘sirida lansetnikda ta‘sirdan qochish refleksi shakllanadi va bu 10 soatgacha saqlanib qoladi, zarurat tug‘ilganda har kuni bu refleksni hosil qiladi. Umurtqalilarda nerv sistemasi Umutrqali hayvonlarning eng qadimgi vakillaridan bir bo‘lgan – to‘garak o‘g‘izlilarning markaziy nerv sistemasi bosh va orqa miyaga ayralgan. Nerv nayining ko‘p qismi yon tomondan yassilashgan va orqa miyaga aylangan. Bosh miya juda kam bo‘lib, uchta qismni: orqa, o‘rta va oldingi qismlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Miya qopqog‘I, epithelial to‘qimadan hosil bo‘lgan o‘simtasi ya‘ni pineal (epitel to‘qimadan hosil bo‘lgan qo‘shimcha ko‘z) organ mavjud bo‘lib, bu yorug‘likni sezish vazifasini bajaradi. Miyaning orqa bo‘ladig to‘garak og‘izlilarda ancha shakllangan bo‘lib, u mexanoregulyatsiya va harakatlanish bilan aloqador. O‘rta qismi ko‘z bilan, oldi bo‘lagi esa hid bilish pieozchalari bilan tutashgan. To‘garak og‘izlilarda miyacha juda kichik. Ko‘riib turibdiki, integrative vazifani miyaning eng rivojlangan orqa bo‘lagi bajaradi. Nerv hujyaralarida elektrik signallarning hosil bo’lish xususiyatlari Nerv sistemasining information jarayonlari elektrik va kimyoviy tabiatga ega. Nerv hujayralarida generatsiyalnuvchi signallarning funksional ahamiyati uning spetsializatsiylashganligi bilan izohlanadi. Motoneyronlar muskullar harakatini boshqaradigan buyruqni yo‘naltiradi. Sezuvchi (sensor) neyronlar qo‘zg‘atuvchilar (yorug‘lik, tovush, mexanik va bosh.) haqidagi ma‘lumotlarni organizmning aniqlagan uchastkasiga yuboradi. Interneyronlar (vegetative neyronlar) turli manbalardan kelayotgan ma‘luotlarni umumlashtirish vazifasini bajaradi. Nerv impulslari sifatidagi elektrik signallarni organism turli bo‘limlaridagi tezkor holdagi universal moddalar almashinuvi deb hisoblash mumkin. Kimyoviy signallar neyronlardan ajraladigan maxsus moddalar ya‘ni – mediatorlar ajralishi bilan uzatiladi. Oxir oqibat kimyoviy signallar elektrik signallarga aylanadi, undan so‘ng, har bir tirik hujayrada elektrik signallar ta‘sirida yana murakkab kimyoviy moddalarning ajralishi kuzatiladi. Nerv menbranalri orqali ionlar transporti turlari va ahamiyati Hujayra membranasi ikki qavat lipid molekulasidan iborat bo’lib, ular gidrofil qismi bilan ichki tomonga qaragan bo’ladi. Lipidlar suv va ionlar uchun o’tib bo’lmas to’siq hosil qiladi. Ba’zi ionlar membranadagi maxsus kanallar ya’ni ion kanallar orqali o’tadi. Ion kanalar bu – integral makrokompleks oqsil bo’lib, bir uchi sitoplazmaga, ikkinchi uchi esa membarananing tashqi tomonga chiqib turadi. Ion kanallar orqali Na, K, Ca, Cl kabi ionlarning o’tishi passiv transport yo’li orqali o’tadi. Ionlarning yo’nalishi elektrokimyoviy gradiyentga bog’liq bo’lib, u ion konsentrasiyasi va elektrik maydon gradiyenti asosida ta’minlanadi. Ion o’tkazuvchanlik bu – ochiq ion kanalning ichki xususiyati bo’lib, undan ma’lum tur ionning oson o’tishi hisoblanadi. Ion o’tkazuvchanlik ikki xil omilga bog’liq bo’ladi: kanalning o’tkazivchanligi va tashqi tomondagi ion konsentarasiyasiga bog’liq bo’ladi. Agar hujayra tashqi va ichki muhitida aytaylik K ioni bo’lmasa bu ion kanali hujayrada bo’lmaydi. Agar hujayra tashqarisida sanoqli K ioni bo’lsa, bunday holatda K ioni konsentrasiya yuqori bo’lgan holdagiga nisbatan kanalning o’tkazuvchaligi va ionning transmembranaviy o’tish toki past bo’ladi. Potensialni hisobga olish metodi Ion o’tkazuvchanlikni aniqlash uchun ion tokini hisobga olish zarur. Bu K. Koulom tomonidan 1939 yilda ishlab chiqilgan va 1950 yilda A. Xodjikin, E. Xaksli va B. Katsem tomonidan takomillashtirilgan potensialni hisobga olish orqali aniqlanadi. Usul mazmuni quyidagicha, buning uchun teskari aloqadorlikka ega bo’lgan elektrik sxema mavjud bo’lib, bu usul yordamida hujayra membranasi orqali ionlar o’tish potensiali har qanday muddatda hisobga olish imkonini beradi. Plazmatik membranа ion kanallari orqali ionlar harakati potensialini aniqlash E. Neer va B. Sakasman tomonidan 1970 yilda ishlab chiqqan patch clamp usuli yaxshi samara beradi. Bu usul potensialni local fiksatsiya qilish usuli deb yuritiladi. Usulning mazmuni quyidagicha: hujayra mambranasiga 1 mkm gacha bo’lgan shisha mikropipetka o’tkaziladi va bu pipetka orqali past bosim beriladi va membrananing ushbu qismi pipetka oxirigacha so’riladi va ushbu uchastkadagi ion kanallar sonini va ionlar elektrik tokini o’lchash imkoni beradi. Ion kanallarning funksional tuzilishi Ion kanallar tuzilishi va funksiyasi jihatdan nihoyatda xilma-xil bo’ladi. Ularning soni membrana 1 mkm2 sathida bir nechtadan 10 minglab bo’lishi mumkin. Kanallarni tashkil qiluvchi oqsillar murakkab konfiguratsiyasiga ega bo’ladi. Chunki bu oqsillar pora vazifasidan tashqari: ochilish, yopilish, ion o’lchash, inaktivatsiya, retsepsiya, regulyatsiya kabi vazifalarni bajaradi. Nerv sistemasida impulslarning uzatilishi Nerv sistemasi bo’ylab impulslarni uzatilishining o’ziga xos tomonlari mavjud: • 1. Har bir neyroning amplitudasi va potensial harakat formasi stimulning kuchi va davomiyligiga bog’liq bo’ladi. • 2. Nerv ipmpulslari akson bo’ylab bitta yo’nalishda ketadi, potensial harakat tinchlik – refrektor xususiyatga ega bo’lib, ikkinchi impuls uzatilib bo’lmaydi. Refrektorlik nerv impulslarini to’sadi va chastotasini pasaytiradi. • 3. “Barchasi yoki hech qaysisi” prinsipi va refrektorlik harakat potensialining yig’ilishiga to’sqinlik qiladi. Bundan kelib chiqib nerv impulslarining neyronlar sistemasi orqali uzatilishi diskret xarakterga ega. Aksonlarga asoslangan transport Neyronlarda elektrik potensiallarning vujudga kelishida ionlardan tashqari har bir hujayrada kimyoviy moddalarning va organoidlarning ishtirokini ham e‘tiborga olish kerak. Neyron tanasida tinimsiz neyromediatorlar, makromolekulalar, organoidlar sintezlanadi va ular akson va dendridlarga o‘tadi. Akson oxiri oqsillarni ushlab qoladi, shu jumladan fermentlar aksonlardan neyron tanasiga o‘tadi. Huddi shunday materiallar harakati dendridlarda ham kuzatiladi. Hujayra harakati ta‘sirot bilan uzviy bog`liq bo`lib, harakat ta‘sirchanlikning tashqi ko`rinishidir. Harakat hujayra ichida modda almashinuvining o`zgarishi natijasida hosil bo`ladi. Harakatning eng oddiy turi sikloz hisoblanadi. Bu harakatda sitoplazma ichida organellalarning va boshqa tuzilmalarning siljishi kuzatilib, hujayra tashqi tarafdan harakatsiz ko`rinadi. Bu harakatga misol qilib mitoz bo`linish davrida sentriolalarning va xromosomalarning siljishini olish mumkin. Sitoplazma yopishqoqligining oshishi (zoldan gel holatga o`tishi) harakatni sekinlashtirsa, yopishqoqligiring pasayishi (geldan zolga o`tishi) siklozni kuchaytiradi. Signallarning sinaptik uzatilishi Elektrik signallar bir neyrondan ikkinchisiga, shu bilan bir qatorda effektor organlarga (skillet muskullari, ichki organlarning silliq muskullari, tashqi sekretsiya bezlari va ichki sekretsiya bezlari) maxsus hujayralar aro aloqadorlik – sinapslar orqali uzatiladi. Elektrik va kimyoviy sinapslar Signallarni elektrik (elektrotonik) uzatilishi birinchi marta 1950 yilda daryo qisqichbaqasi nerv sistemasi qorin nerv zanjiridagi va harakatlantruvchi nervlar orasidagi ya’ni dumni tezkor harakatga keltiruvchi nervlar orasidagi sinaps o’rganilgan. Bunda peresinaptik va postsinaptik tolalarga stimullovchi va аjratuvchi elektrodlar kiritilgan. Bu elektrodyordamida signallarning kimyoviy sinapslarga xos bo’lgan sinaptik to’siqsiz o’tishi aniqlandi. Bugungi kungacha elektrik sinapslar umurtqasiz va umurtqalilar nerv sistemasining har xil qismlarida: molyuskalar, chuvalchanglar va bo’g’imoyoqlilarning nerv tugunlarida, baliqlar va amfibiyalarning orqa miyasida hamda sut emizuvchilar nerv sistemasining har xil bo’limlarida kuzatilgan. Nerv sistemasida hujayralar aro aloqadorlikni ta’minlaydigan bir qadar keng tarqalgan yo’llardan biri bu kimyoviy sinapslar hisoblanadi. Aynan shu yo’l sut emizuvchilar nerv sistemasida asosiy o’rin tutadi. Kimyoviy sinapslarda peredsinaptik va postsinaptik hujayralar elektrik jihatdan bir-biridan izolyatsiyalangan hisoblanadi. Signalning uzatilishi kimyoviy uzatuvchi – neyromediator tomonidan amalga oshadi. Kimyoviy uzatishda peresinaptik depolyarizasiya va postsinaptik potensial rivojlanishi oldidan 0,5 ms sinaptik to’xtalish kuzatiladi. Signallar uzatilishining kimyoviy mexanizmida presinaptik hujayradan postsinaptik hujayralarga uzatilishining bir tomonga yo’nalganligini kuzatish mumkin. Mediator moddalarning funksiyasi va klassifikatsiyasi Mediatorlar (lot. mediator — vositachi), neyrotransmitterlar — fiziologik faol moddalar, nerv qoʻzgʻalishining kimyoviy vositachilari. Molekulalari hujayra membranasining maxsus retseptorlari orkali reaksiya koʻrsatish va membrananing mu-ayyan ionlarni oʻtkazish xususiyatini oʻzgartirish xossasiga ega boʻlib, taʼsirot potensiali — faol elektr signalini hosil qiladi (generatsiyalaydi). Haqiqiy mediatorlar (sinonimlari: neyoromediatorlar, neyrotransmitetlar, neyrouzatuvchilar) – hujayra signallarrining nerv sistemasi bo’ylab uzatishda ishtirok etadi. Modulyatorlar (neyromodulyatorlar) – ya’ni modifikatorlar, ya’ni neyromediatorlar ta’sirini regulyatsiyalovchi moddalar. Mediatorlarning kimyoviy signalari 1950 yilga qadar neyrobiologiyada neyromediatorlarga ikki guruh quyi molekulali birikmlar (aminlar va aminokislotalar) ma’lum bo’lgan bo’lib, bugungi kunda ularni “klassik” neyromediatorlar deb yuritiladi. Bularga asetilxolin; monoaminlar – katexolamin (noradrenolin, dofamin), serotonin (5-gidroksi triptamin), gistamin; • Aminokislotalar – glutamat, aspartat, gamma- aminomoy kislotasi (GAMK), glisin. Mediatorlar ressepsiyasi turlari Mediatorlarning sinaptik xarakteri ya’ni qo’zg’atuvchi yoki tormozlovchi xususiyatini ularning strukturasi bilan emas, balki ularning postsinaptik hujayradagi kimyoviy signal hosil bo’lishiga olib keluvchi resepsiya jarayonidagi farmokologik xususiyati bilan belgilanadi. Postsinaptik reseptorlarning xususiyatiga bog’liq holda bitta mediator tormozlocvhi yoki qo’zg’atuvchi vazifani bajaradi. Masalan, AsX ikki tip reseptorlar bilan bog’lanadi: ionotrop nikotin (nerv-muskul aloqadorligida), metabotrop muskarion (vegetativ nervlar orasidagi sinapslarda). Shuning uchun nerv moskul bog’lanishlarida AsX qo’zg’atuvchi mediator vazifasini bajarsa, harakatlantiruvchi nervlar sinapslarda u yurak muskullari uchun tormozlovchi vazifani bajaradi. Neyromediatorlar roli mezoni, Deyli prinsipi 1930 yillarda neyronning metobolik birligi to’g’risidagi Deyli prinsipi yaratildi. Bunga ko’ra neyronning barcha peresinaptik uchlarida bir xil neyromidiator ajraladi. Bu yo’nalishda Aplisia molyuskasida olib borilgan tadqiqotlarni E.Kendel umumlashtirib nobel mukofotiga sazovor bo’lgan. Neyromodulyatorlar funksiyasi, modulyatsiya turlari Neyromodulyatorlar neyromediatorlardan farqli ravishda quyidagi xarakteristikalarga ega bo’ladi: 1. Ular mustaqil fizologik ta’sirga ega emas, uzatish vazifasini bajarmaydi, boshqa moddalar effektini modifikatsiya qilish orqali regulyator rolini bajaradi; 2. Modulyatorlarning ta’siri tonik bo’lib, sekin tarqaladi va uzoq saqlanadi (sekund, minut); 3. modulyatorlar har doim ham peresinaptik uchdan ajralmaydi va neyronlarning o’zidan ham (masalan, garmonlar – bezlardan ajraladi); 4. Effektor modulyatorlar har doim nerv impulslarini inisirlaydi (tayyorlash); 5. modulyatorlar har doim – postsinaptik membrana va neyroreseptorlar emas, balki neyronlarning turli uchastkalriga ta’sir ko’rsata oladi, hattoki hujayara ichki sohasiga ham. Modulyatsiyaning turli variantlarda bo’lishi mumkin: Autoregulyatsiya - ajratilgan mediator bir vaqtning oz’ida modulyator vazifasini ham bajaradi, u neyroreseptorlar bilan bog’langandan so’ng uning vazifasi bir necha muddat davomida saqlanib qoladi. Geteroregulytsiya – modulyator boshqa mediatorlar effektor funksiyasini modifikatsiya qiladi. Asetilxolin, uning vazifasi, tuzilishi hamda sintezlarni AsX umurtqasizlardan molyuskalardan, yassi va halqali chuvalchanlardan klassik mediator sifatida ajratilgan. MNS neyronlari sinapslarida, simpatik va parasimpatik nervlar nerv tugunlari hamda nerv muskul sinapslarida AsX ionotrop nikotin xolinoreseptorlar (n-reseptor) bilan bog’lanadi va depolyarizasiyalanishni ta’minlaydi. AsX sitoplazmada peresinaptik uchlarda xolinin va asetil-koenzim A lardan xolinasetiltransferazalar yordamida sintezlanadi. Xolinenergetik sistemaning buzilishi og’ir neyrodegenerativ kasalliklar jarayonida kuzatiladi. Altsgeymer kasalligi bosh miya yarimsharlar neyronlarida, gipokamp asetilxolinesteraza aktivligining pasayishi, AsX biosintezining bazal gangliyalar neyronlarida sustlashishi va gipokamp neyronlarida xolinoreseptor miqdorning kamayishi natijasida kelib chiqadi. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling