Neyrobiologiya fanida yn savollari Neyrobiologiya fani predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 384.22 Kb.
bet7/17
Sana03.12.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1800569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
2 5474623039289176372

Gliya hujayrasi va uning vazifalari
Neyrogliya hujayralari aksondan marhum qilingan, ammo ular uchun juda ko’p ingichka tolalar mavjud bo’ladi. Ular neyronlar bilan stukturaviy aloqadorlik hosil qilmaydi, neyron va neyrogliya hujayralari orasidagi aloqadorlik juda kuchsiz hisoblanadi.
Vazifalari: tayanch, trofik, chegaralovchi, sekretar, Neyronlar atrofidagi muhit barqarorligini saqlash.
Neyrogliya hujayralari klassifikatsiyasi
N.da makrogliya va mikrogliya hujayralari tafovut qilinadi. Makrogliya ektodermami rivojlanadi; ependima gliyasi, astrotsitlar va oli-gogliyadan iborat. Ependima hujayralari birbiriga zich taqalib turadigan yumaloq shaklga ega; ular bosh miya qorinchasi va orqa miyaning markaziy kanali oraliq qismini toʻldirib, mexanik, tayanch va trofik vazifasini oʻtaydi. Astrogliya — yulduzsimon qujayralar oʻz oʻsimtalari bilan chigallashib, miya poyasini hosil qiladi. Uning asosiy elementi gematoense-falik baryer boʻlib, suv-tuz almashi-nuvini nazorat qiladi. Oligogliya hujayralari mayda, kalta oʻsiqchalari bor, neyron va aksonlar tanasini oʻrab turadi, akson miyelin qobigʻining hosil boʻlishida ishtirok etadi, neyronlarga moddalar tashilishini taʼminlaydi. Mikrogliya hujayralari oʻsiqchalari ham mayda hujayralar boʻlib, mezenximadan rivojlanadi; fagotsitoz, shuningdek, nerv sistemasila himoya vazifasini bajaradi.
Astrositlar va ularning funksiyasi
Astrositlar – miyaning juda ko’p populyatsiyaga ega bo’lgan hujayralaridan hisoblanadi. Bu yulduzsimon hujayralardan ko’p radial o’simtalar chiqqan bo’ladi. Astorsitlarning vazifasi xilma-xil hiosblanadi. Ular miyada neyronlar va kapilyarlar bilan bevosita aloqadorlikni ta’minlaydi va bunda hujayralar orasidagi masofa 20 nm ni tashkil etadi. Astrositlarning ba’zi o’simtalari neyronlarning ustida tugaydi, ba’zilariniki esa kengaygan uchlar hosil qilib miyaning qon tomir sistemasi bilan bog’langan bo’ladi. Astrositlar moddalarni toplaydi va kapilyarlardan neyronlarga uzatish vazifasini bajaradi. Astrositlar gipokamp va miyachada sinapslar hosil qilishda ishtirok etadi. Astrositlarning ikki guruhi farq qiladi:
Fibroz astrosidlar – miyaning oq moddasi va nerv tolalari to’plamlarida ko’p uchraydi;
Protoplazmatik astrositlar – miyaning qoramtir sohasida neyron tanasiga yaqin joylarda, dendridlar va sinapslarda uchraydi.

Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling