Neyrobiologiya fanida yn savollari Neyrobiologiya fani predmeti, maqsadi va vazifalari


Neyroplastiklik, neyroplastiklik konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlarini


Download 384.22 Kb.
bet6/17
Sana03.12.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1800569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
2 5474623039289176372

Neyroplastiklik, neyroplastiklik konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlarini izohlang.
Neyroplastiklik atamasini ilk marotaba polshalik olim Yoji Konorskiy 1948 yilda ishlatgan bo’lib, nerv sistemasiga keluvchi impulslar turli reaksiyalarni keltirib chiqarmasdan, balki structural holatlarning o’zgarishiga va shakllanishiga olib kelisini aytib o’tgan. Zamonaviy fanda neyroplastiklik bu – tashqi va ishchi muhit omillari ta’sirda nerv sistemasining funksional va morfologik jihatdan moslashuvi hisoblanadi. Bugungi kunda neyroplastiklik konsepsiyasi kengaymoqda. Uni asosan uchta yo’nalishga ajratish mumkin.
1.• Strukturaning kompensator modifikatsiyasi va nerv sistemasiga aloqadorligi.
2.• Hayot tajribalari asosida nerv sitemasining yaxshi rivojlangan ishi.
3.• Morfologik va funksional buzilishlarnatijasida nerv sistemasining moslashishi.
Sinaptik plastiklik va uning o‘ziga xos jihatlari
Sinaptik plastiklik haqidagi zamoniviy tushunchalar 1940 yillarda paydo bo’lgan. 1949 yilga kelib esa kanadalik psixolog Donald Xebb o’zining “Organizatsiya povedeniya” (xulq-atvorning shakllanishi) kitobida ta’kidlashicha, neyronning qo’zg’alishi uning sinaptik aloqadorligi effektining oshishi orqali ta’minlanadi. Sinaptik plastiklik bu – sinaps jarayonining ma’lum vazifa bajarish jarayonidagi modifikasiyalanish imkoniyati hisoblanadi. Sinaps kuchi odatda postsinaptik potensiallari amplitudasining o’zgarishi (ortishi yoki pasayishi) bilan baholanadi. Plastiklik jarayoni turli organizmlar, umurtqasizlardan tortib toki odam sinapslarida aniqlangan. Dastlabki neyroplastiklik ustida aniq tajribalarni dengiz qisqichbaqasi apliziyaning nerv-muskul birikmalarida, o’rta miyada, vegetative gangliyalar sinapslarida janubiy Amerikalik neyrobiolog E.Kendal tomonida olib borilgan.
Sinaptik plastiklik turlarini izohlang.
Plastik o’zgarishning davomiyligiga qarab sinaptik plastiklik quyidagi turlarga bo’linadi:
Qisqa muddatli; • Uzoq muddatli;
Plastiklikning belgisiga qarab esa: • Potensial; • Depressiv turlarga bo’linadi.
Qisqa muddatli sinaptik plastiklik bu millisekunddan to bir necha minutgacha sinaptik uzatish effektivligi hisoblanadi. Uning eng oddiy formasi bu – ikkinchi PostSP bilan qo’llanishi hisoblanadi. Qisqa muddatli sinaptik potensialning xarakteri ikkita faktorga – impuls intervalining davomiyligi va birinchi PostSP kvant tarkibiga bog’liq bo’ladi. Agar ikkinchi stimul birinchidan so’ng qisqa interval (≤20 mc) bilan berilsa ikkinchisining amplutudasining pasayishi kuzatiladi, bu sinaptik uzatishning depressiyasi deb yuritiladi.
Uzoq muddatli - Ilk marotaba davomiy funksional sinaptik aloqadorlik aniqlangan bo’lsa, keyinchalik esa gipokamp yaxshi o’rganilgan. 1973 yilda Tim Bliss va Tere Lyomo anastizirlanga quyon miyasida glutamatergik sinaptik aloqadorlikning paydo bo’lishi va uzoq muddat saqlanishi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilishdi. Bu keyinchalik 1975 yilda uzoq muddatli sinaptik potensial nomini oldi. Sinaptik uzatilishning spesifikligi: uzoq muddatli plastiklik (UMP) dan keyin induksiya tarqalmaydi; • Kooperatiklik: UMPni bir qancha sinapslarida kuchsiz aktivlashtirish mumkin; • Assosiativlik: bir vaqtning o’zida ikkita sinaptik uchlarning (kuchli va kuchsiz) aktivlashshi natijasida UMP har ikkala sinapsida ham kuzatilishi mumkin. • Persistentlik: uning aktivligining to’xtalgan holatda ham UMPning saqlanishi hisoblanadi.

Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling