Neyrobiologiya fanida yn savollari Neyrobiologiya fani predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 384.22 Kb.
bet3/17
Sana03.12.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1800569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
2 5474623039289176372

Bosh miya. YAngi tug’ilgan bola bosh miyasining vazni 340-400 g bo’lib, tana vaznining 1,8-1,9 qismini (katta odamda esa 1,40 qismini) tashkil etadi.
1 yoshda bosh miya vazni 800 g, 7 yoshda 1250 g, 15 yoshda 1350 g, 18 yoshda 1380 g, katta odamlarda 1400 g ga teng. Bolaning bosh miyasi 7 yoshgacha tez o’sadi. Bosh miyaning o’sishi 20-30 yoshlarga borib to’xtaydi. 1-2 yoshda bosh miya orqa miyaga nisbatan ancha tez o’sadi, so’ng orqa miyaning o’sishi tezlashadi.
Bosh miya ham orqa miya kabi oq va kulrang moddalardan tashkil topgan. Bosh miyaning kulrang moddasi turli xil neyronlardan iborat. Bosh miyada 14 mlrd. nerv hujayrasi bor. Bundan tashqari, bosh miyaning 60-90% ni neyrogliya hujayralari tashkil etadi. Neyrogliya hujayralari himoya qiluvchi va tutib turuvchi tayanch to’qima hisoblanadi. Neyrogliyada gormonlar va gormonsimon moddalar hosil bo’ladi.
Bosh miya uzunchoq miya, varoliy ko’prigi, miyacha, o’rta miya, oraliq miyadan iborat bo’lib, bu qismlar bosh miya sopi deb ataladi. Ularni bosh miya katta yarim sharlari o’rab turadi.
Orqa niiya. Orqa miya umurtqa kanalida birinchi bo’yin umurtqasi bilan II bel umurtqasi oralig’ida joylashgan bo’lib, katta odamda vazni 30-40 g, uzunligi 45 sm ga teng. Yangi tug’ilgan bolada orqa miya vazni 6-10 g, uzunligi 13-15 sm. Nerv hujayralari orqa miyaning kulrang, nerv tolalari esa oq moddasini hosil qiladi. Orqa miyaning ko’ndalang kesigida kulrang modda kapalak shaklida joylashadi, atrofida esa oq modda bo’ladi. Kulrang modda-ning oldingi, orqa va yon shoxlari bor. Oldingi shoxida harakat neyronlari joylashgan, bu erdan harakat nervlari chiqadi. Orqadagi shoxda sezuvchi neyronlar bo’ladi, ularga sezuvchi, ya‘ni markazga intiluvchi nervlar kiradi. Orqa miyada bo’yin, ko’krak, bel, dumg’aza segmentlari joylashgan. Orqa miyaning har bir segmentidan bir juftdan hammasi bo’lib 31 juft nerv tolasi chiqadi. Orqa miyadan chiqqan 31juft nervlar gavda, qo’l, oyoq muskullari va terini nervlar bilan ta‘minlaydi. Orqa miya 3 qavat parda bilan qattiq (tashqi) parda, o’rgimchak iniga o’xshash parda, tomirli parda bilan qoplangan.
Mаrkaziy nerv sitemasining quyi sigmentar qismi va ularning vazifalari
орқа мия ва бош миянинг пастки қисмлари, яъни узунчоқ мия, Варолий кўприги, ўрта
ва оралиқ мия ҳамда мияча киради

Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling