Ning “ 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami” ga bag’ishlab o’tkazilgan tadbir 8-mart


Download 135 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi135 Kb.
#1145204
Bog'liq
Jannat onalar oyogi ostidadir


__________ tumani xalq ta’limi bo’limi


__-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi
______________________ning
“ 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami” ga bag’ishlab o’tkazilgan tadbir




8-mart
Jannat onalar oyog`i ostidadir”

Kecha o`tadigan joy bezatilgan, rasmlar, gullar, o`quvchilar tayyorlagan albomlar qo`yilgan.


Yigit:
Oilaga qut bergan,


Bolaga oq sut bergan,
Baxt bersa ham baxt bergan
Pokizalik g`oyasi,
O`zbegimning onasi.
Qiz:
To`marislar zotidan,
Barchinlar avlodidan,
Zulfiya bayotidan,
Ozodlikdir g`oyasi.
O`zbegimning onasi.
Yigit: Assalomu alaykum, mehri daryo, qalbi buyuk ustozlar, aziz opa-singillar, qadrli mehmonlar. Bugungi kechamizga xush kelibsiz.
Qiz: Assalomu alaykum jajji ukajonlar, qadrli tengdoshlar. Bugun “Jannat onalar oyog`i ostidadir” deb nomlangan kechamizga xush kelibsiz.

Onalar oyog`i ostidadur


Ravazi jannat jahon bog`i
Ravza bog`in visolin istar ersang
Bo`l onaning oyog`in tuprog`i
Kechani ochib berish uchun so`z navbatini direktorimizga bersak.
Yigit:
Ona: bu so`z shunday jarangdorki, har bir inson yuragini larzaga soladi. Ona muqaddas, ona aziz, ona mo`tabar ulug` zotdir. Onaning sabr bardoshi tegirmon toshidan ustundir.
Qiz:
Ona vatan ramzi, ezgulik manbai. Ona borki, hayot davom etadi, ona borki olam charog`on. Onalarimiz bizni bir parcha etdan katta qilib qatorga qo`shadilar, oq yuvib oq taraydilar, doimo boshimiz uzra parvona bo`ladilar.

Yigit:
Oyog`imizga kirgan tikanni kipriklari bilan olishga tayyor bo`lgan fidoiy zot onadir. Ona mehri, uning fidoiyligi haqida qanchadan-qancha she’r-u dostonlar bitilmagan, lekin bu mavzu hech qachon tugamaydi.


Qiz:
Sendan yuksak nima bor, yulduz?
Yigit:
Onalar mehri.
Qiz:
Sendan shirin nima bor, osmon?
Yigit:
Onalar qadri.
Qiz:
Qaydan olding otashing, quyosh?
Yigit:
Ona qalbidan.
Qiz:
Po`lat, qaydan sen olding zo`r bardosh?
Yigit:
Ona sabridan.
Qiz:
Senmi ko`klam, hayotbaxsh fasl?
Yigit:
Yo`q, ona izi.
Qiz:
Senmi totli shifobaxsh, asal?
Yigit:
Yo`q ona so`zi.
Qiz:
Yaratguvchi senmi, tabiat?
Yigit:
Yo`q, yo`q onalar.
Qiz:
Baxt bitguvchi senmi, hayot?
Yigit:
Yo`q, yo`q onalar.

Musiqiy tanaffus.


“Onalar” ashulasi


Ijro etadi 9-sinf o`quvchisi Musayeva Sabohat

Bizni mehr bilan siylagan,


Baxtimizdan yonib kuylagan.
Bizni faqat, bizni oylagan,
Onajonlar, assalom, mehribonlar, assalom.

Mehnat bilan yo`lingiz.


Ishda tolmas oltin qo`lingiz
Doim shunday chevar bo`lingiz
Onajonlar, assalom, mehribonlar, assalom,
Yigit: Endi navbat o`quvchilar yod olib kelgan she’rlarini tinglashga.

“O`zbek onasi”


Mahliyo:
Mushtipar ham o`zing, buyuk ham o`zing,
Kuyunchak ham o`zing, kuyuk ham o`zing
Olamga ta’tigulik suyuk ham o`zing,
Payti keldi aytmoqqa, gapning xonasi
Ey o`zbek onasi, o`zbek onasi.

Nasiba:
Seni To`maris deb maqtaganim bor,


Sen Temur beshigin tebratgan bedor.
Sensan Bibixonim, Nodirai zor
Payti keldi aytmoqqa, gapning xonasi
Ey o`zbek onasi, o`zbek onasi.

Ruhiya:
Vatanni ona deb bekor aytilmas,


Ona buyurganda yo`ldan qaytilmas.
Sen o`zing ka’bam, baytil muqaddas
Payti keldi aytmoqqa, gapning xonasi
Ey o`zbek onasi, o`zbek onasi.

Saida:
Boshingdan nimalar o`tmadi axir,


Vatandek taqdiring bo`ldi taxir.
Bobur shoh bo`lsa qo`shig`inda
Payti keldi aytmoqqa, gapning xonasi
Ey o`zbek onasi, o`zbek onasi.
Surayyo:
Farzanding quvonsa, sen ham quvonding
Faqat bolam deding, yashading yonding
Xatosi uchrasa o`rtanding, yonding
Payti keldi aytmoqqa, gapning xonasi
Ey o`zbek onasi, o`zbek onasi.

Muhayyo:
Kelajak toychog-u toyingizdadir,


Jannat ham albatta poyingizdadur,
Vatan-ku siz turgan joyingizdadur
Payti keldi aymoqqa, gapning xonasi
Ey o`zbek onasi, o`zbek onasi.

Gulhayo:
Sizga ta’zim qilib turibman bu payt


Sizga baxshidadur, ey ona shoh bayt
Aziz yurtdoshingga, duolaring ayt
Payti keldi aymoqqa, gapning xonasi
Ey o`zbek onasi, o`zbek onasi.
Qiz:
Musiqiy tanaffus. “O`yin”

Yigit:
Endi onalar haqidagi maqol va hikmatli so`zlarni aytishsak.


“Har qanday jannat ham onalarimizsiz qarovsiz qolgan boqqa o`xshaydi”


“Onaning bir qo`li beshikni, bir qo`li olamni tebratadi”


“Har qanday jozibali orombaxsh qo`shiq ham ona allasi bilan bellasha olmaydi”


“Ona bilan bola-gul bilan lola”


“Ona mehri tanni, nuri, mehri qalbni isitadi”


“Gul ham iffat, nafislikni onalardan olgan”


“Hatto eng noyob narsa ham ona mehri oldida ojizdir”


“Boboga ham, bolaga ham ona kerak”


“Saxiylikda hatto quyosh ham ona qarshisida hijolat qoladi”


“Olamdagi hech qanday go`zallik onaning chqalog`iga qilgan tabassumi bilan tenglasholmaydi”


Qiz: Onalar haqida hadislardan birida shunday deyilgan “Jannatga kiraman desang, avvalo onalarning roziligini olgin”.


“Avval onangni va yana onangni, yana onangni, so`ngra otangni hurmat qil”
Donishmandlardan biri rivoyat qiladilarki, qadim o`tgan zamonda bir podsho bo`lgan ekan, podshoning davlati keng, yurti tinch, yerlari serhosil, odamlari mehribon, ochiq ko`ngilli ekan. Podshoning yetti xotini bor, yettinchisi juda go`zal ekan va yakka-yu yagona bir o`g`li bilan 120 yashar onasi bor ekan. Kunlardan bir kun podshoning boshiga o`lim savdosi tushibdi, uning yettinchi go`zal xotini olamdan o`tibdi. Ma’rakaga kelgan xalq oh urib yig`larmish lekin podsho o`limga tikka qarab turaveribdi, oradan oylar o`tibdi. Podshoning boshiga 2-bor o`lim savdosi tushibdi. Bunda podshoning umrining davomchisi, belining quvvati, yakka-yu yagona o`g`li olamdan o`tibdi. Ma’rakaga kelgan xaloyiq oh urib yig`larmi-u, podsho yig`lamas, o`limga tikka qarab o`tirar emish. Kunlar o`tib oylar o`tibdi. Podshoning boshiga 3-bor o`lim savdosi tushibdi.

(Shu yerda sahna ko`rinishi)


Endi podshoning 80 bilan sakrashgan, 90 bilan to`qnashgan, 120 yashar onasi olamdan o`tadi. Ma’rakaga kelgan odamlar bu yoshga yetgan bor, yetmagan bor deb qarab tursalar podsho uvvos solib yig`larmish. Buni ko`rgan xaloyiq hayron qolibdi, shunda bir odam podshodan so`rabdi.


Yolg`iz o`glingiz o`ldi, yig`lamagandingiz, xotiningiz o`ldi, yig`lamagandingiz debdi. Shunda podsho shu so`zlarni yig`lab aytibdi. Boyligim, bor, xotini topiladi, belimda quvvatim bor, farzand bo`ladi, lekin kechalar uxlamay chiqqan, uxlamay yedirgan, kiymay kiydirgan, voyaga yetirgan safarga ketgan chog`larim yo`llarimga ko`z tutib, duolar qilgan onaizorimni qaydan topay, deb uvvos solib yig`labdi.

Ona topilarmi qaysi gulzorda?


Ona sotilarmi qaysi bozorda?
Qiz: Endi navbat badiiy o`qish.

“Ona desam”


Ona desam, osmondagi oy, quyosh
Hurmat etib, huzurida egar bosh
Ona desam, olam ahli keksa yosh
Ko`ngli yayrar erur hatto bag`ritosh.

Ona desam, baland tog`lar past bo`lar,


Ona desam, yetti yot ham do`st bo`lar,
Onajonim oq duosin ololsam,
Baxt bahorim bezavoli rost bo`lar

Gard yuqturmam onajonim qoshiga,


Umrim qo`shib yosh ulashay yoshiga,
Hayotimning bog`bonini e’zozlab
Mehr tojin kiydirarman boshiga.
Qalbim torin bersam munis onamga,
Farishtalar krib kelar xonamga,
Payg`ambarlar ruhi asrab balodan
Avliyolar aro kirar jonimga.

Ziyo bo`lay xiralashgan ko`ziga,


Oro beray ajin tushgan yuziga,
Labbay, deya quloq solib so`ziga
Gul tikaman bosgan har bir iziga.

Ona aziz, azizimni quchaman


Quchmagan kun halovatdan kechaman.
Yiroqlarni yaqin qilib yoniga
Qanot bog`lab misoli qush uchaman.

Ona desam, bahor sepin sochadi.


Ona desam, bog`lar quchoq ochadi.
Ona desam, yeru ko`kni titratgan
O`tli vulqon, lom-lum demay ochadi.

Musiqiy tanaffus


“Ona” qo`shig`i
Onalar bor, olam qo`shiqxonadir.
Onalarni maqtasa dil qonadir
Farzand uchun kim quvonib yonadir
Onadir-ul, Onadir-ul, Onadir-ul

Yuragidan yangi yurak ko`chirgan,


Oq sutiga mehr qo`shib ichirgan.
Gunoh qilsa, eng birinchi kechirgan
Onadir-ul, Onadir-ul, Onadir-ul.

Odamzotning davrasida tabarruk,


Tabarruklar davrasida eng buyuk.
Eng buyuklar davrasida eng suyuk
Onadir-ul, Onadir-ul, Onadir-ul


Yigit:
Hurmatli mehmonlar, shuning bilan “Jannat onalar oyog`i ostidadir” deb nomlangan kechamiz nihoyasiga yetdi. Sizlarga yana bir bor sog`lik, omonlik, ishlaringizga rivoj tilab qolamiz.
Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling