Ning “ 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami” ga bag’ishlab o’tkazilgan tadbir 8-mart
Download 135 Kb.
|
Jannat onalar oyogi ostidadir
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannat onalar oyog`i ostidadir”
__________ tumani xalq ta’limi bo’limi __-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi ______________________ning “ 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami” ga bag’ishlab o’tkazilgan tadbir 8-mart “Jannat onalar oyog`i ostidadir” Kecha o`tadigan joy bezatilgan, rasmlar, gullar, o`quvchilar tayyorlagan albomlar qo`yilgan. Yigit:
Bolaga oq sut bergan, Baxt bersa ham baxt bergan Pokizalik g`oyasi, O`zbegimning onasi. Qiz: To`marislar zotidan, Barchinlar avlodidan, Zulfiya bayotidan, Ozodlikdir g`oyasi. O`zbegimning onasi. Yigit: Assalomu alaykum, mehri daryo, qalbi buyuk ustozlar, aziz opa-singillar, qadrli mehmonlar. Bugungi kechamizga xush kelibsiz. Qiz: Assalomu alaykum jajji ukajonlar, qadrli tengdoshlar. Bugun “Jannat onalar oyog`i ostidadir” deb nomlangan kechamizga xush kelibsiz. Onalar oyog`i ostidadur Ravazi jannat jahon bog`i Ravza bog`in visolin istar ersang Bo`l onaning oyog`in tuprog`i Kechani ochib berish uchun so`z navbatini direktorimizga bersak. Yigit: Ona: bu so`z shunday jarangdorki, har bir inson yuragini larzaga soladi. Ona muqaddas, ona aziz, ona mo`tabar ulug` zotdir. Onaning sabr bardoshi tegirmon toshidan ustundir. Qiz: Ona vatan ramzi, ezgulik manbai. Ona borki, hayot davom etadi, ona borki olam charog`on. Onalarimiz bizni bir parcha etdan katta qilib qatorga qo`shadilar, oq yuvib oq taraydilar, doimo boshimiz uzra parvona bo`ladilar. Yigit:
Qiz: Sendan yuksak nima bor, yulduz? Yigit: Onalar mehri. Qiz: Sendan shirin nima bor, osmon? Yigit: Onalar qadri. Qiz: Qaydan olding otashing, quyosh? Yigit: Ona qalbidan. Qiz: Po`lat, qaydan sen olding zo`r bardosh? Yigit: Ona sabridan. Qiz: Senmi ko`klam, hayotbaxsh fasl? Yigit: Yo`q, ona izi. Qiz: Senmi totli shifobaxsh, asal? Yigit: Yo`q ona so`zi. Qiz: Yaratguvchi senmi, tabiat? Yigit: Yo`q, yo`q onalar. Qiz: Baxt bitguvchi senmi, hayot? Yigit: Yo`q, yo`q onalar. Musiqiy tanaffus. “Onalar” ashulasi Ijro etadi 9-sinf o`quvchisi Musayeva Sabohat Bizni mehr bilan siylagan, Baxtimizdan yonib kuylagan. Bizni faqat, bizni oylagan, Onajonlar, assalom, mehribonlar, assalom. Mehnat bilan yo`lingiz. Ishda tolmas oltin qo`lingiz Doim shunday chevar bo`lingiz Onajonlar, assalom, mehribonlar, assalom, Yigit: Endi navbat o`quvchilar yod olib kelgan she’rlarini tinglashga. “O`zbek onasi” Mahliyo: Mushtipar ham o`zing, buyuk ham o`zing, Kuyunchak ham o`zing, kuyuk ham o`zing Olamga ta’tigulik suyuk ham o`zing, Payti keldi aytmoqqa, gapning xonasi Ey o`zbek onasi, o`zbek onasi. Nasiba:
Sen Temur beshigin tebratgan bedor. Sensan Bibixonim, Nodirai zor Payti keldi aytmoqqa, gapning xonasi Ey o`zbek onasi, o`zbek onasi. Ruhiya:
Ona buyurganda yo`ldan qaytilmas. Sen o`zing ka’bam, baytil muqaddas Payti keldi aytmoqqa, gapning xonasi Ey o`zbek onasi, o`zbek onasi. Saida:
Vatandek taqdiring bo`ldi taxir. Bobur shoh bo`lsa qo`shig`inda Payti keldi aytmoqqa, gapning xonasi Ey o`zbek onasi, o`zbek onasi. Surayyo: Farzanding quvonsa, sen ham quvonding Faqat bolam deding, yashading yonding Xatosi uchrasa o`rtanding, yonding Payti keldi aytmoqqa, gapning xonasi Ey o`zbek onasi, o`zbek onasi. Muhayyo:
Jannat ham albatta poyingizdadur, Vatan-ku siz turgan joyingizdadur Payti keldi aymoqqa, gapning xonasi Ey o`zbek onasi, o`zbek onasi. Gulhayo:
Sizga baxshidadur, ey ona shoh bayt Aziz yurtdoshingga, duolaring ayt Payti keldi aymoqqa, gapning xonasi Ey o`zbek onasi, o`zbek onasi. Qiz: Musiqiy tanaffus. “O`yin” Yigit:
“Har qanday jannat ham onalarimizsiz qarovsiz qolgan boqqa o`xshaydi” “Onaning bir qo`li beshikni, bir qo`li olamni tebratadi” “Har qanday jozibali orombaxsh qo`shiq ham ona allasi bilan bellasha olmaydi” “Ona bilan bola-gul bilan lola” “Ona mehri tanni, nuri, mehri qalbni isitadi” “Gul ham iffat, nafislikni onalardan olgan” “Hatto eng noyob narsa ham ona mehri oldida ojizdir” “Boboga ham, bolaga ham ona kerak” “Saxiylikda hatto quyosh ham ona qarshisida hijolat qoladi” “Olamdagi hech qanday go`zallik onaning chqalog`iga qilgan tabassumi bilan tenglasholmaydi” Qiz: Onalar haqida hadislardan birida shunday deyilgan “Jannatga kiraman desang, avvalo onalarning roziligini olgin”. “Avval onangni va yana onangni, yana onangni, so`ngra otangni hurmat qil” Donishmandlardan biri rivoyat qiladilarki, qadim o`tgan zamonda bir podsho bo`lgan ekan, podshoning davlati keng, yurti tinch, yerlari serhosil, odamlari mehribon, ochiq ko`ngilli ekan. Podshoning yetti xotini bor, yettinchisi juda go`zal ekan va yakka-yu yagona bir o`g`li bilan 120 yashar onasi bor ekan. Kunlardan bir kun podshoning boshiga o`lim savdosi tushibdi, uning yettinchi go`zal xotini olamdan o`tibdi. Ma’rakaga kelgan xalq oh urib yig`larmish lekin podsho o`limga tikka qarab turaveribdi, oradan oylar o`tibdi. Podshoning boshiga 2-bor o`lim savdosi tushibdi. Bunda podshoning umrining davomchisi, belining quvvati, yakka-yu yagona o`g`li olamdan o`tibdi. Ma’rakaga kelgan xaloyiq oh urib yig`larmi-u, podsho yig`lamas, o`limga tikka qarab o`tirar emish. Kunlar o`tib oylar o`tibdi. Podshoning boshiga 3-bor o`lim savdosi tushibdi. (Shu yerda sahna ko`rinishi) Endi podshoning 80 bilan sakrashgan, 90 bilan to`qnashgan, 120 yashar onasi olamdan o`tadi. Ma’rakaga kelgan odamlar bu yoshga yetgan bor, yetmagan bor deb qarab tursalar podsho uvvos solib yig`larmish. Buni ko`rgan xaloyiq hayron qolibdi, shunda bir odam podshodan so`rabdi. Yolg`iz o`glingiz o`ldi, yig`lamagandingiz, xotiningiz o`ldi, yig`lamagandingiz debdi. Shunda podsho shu so`zlarni yig`lab aytibdi. Boyligim, bor, xotini topiladi, belimda quvvatim bor, farzand bo`ladi, lekin kechalar uxlamay chiqqan, uxlamay yedirgan, kiymay kiydirgan, voyaga yetirgan safarga ketgan chog`larim yo`llarimga ko`z tutib, duolar qilgan onaizorimni qaydan topay, deb uvvos solib yig`labdi. Ona topilarmi qaysi gulzorda? Ona sotilarmi qaysi bozorda? Qiz: Endi navbat badiiy o`qish. “Ona desam” Ona desam, osmondagi oy, quyosh Hurmat etib, huzurida egar bosh Ona desam, olam ahli keksa yosh Ko`ngli yayrar erur hatto bag`ritosh. Ona desam, baland tog`lar past bo`lar, Ona desam, yetti yot ham do`st bo`lar, Onajonim oq duosin ololsam, Baxt bahorim bezavoli rost bo`lar Gard yuqturmam onajonim qoshiga, Umrim qo`shib yosh ulashay yoshiga, Hayotimning bog`bonini e’zozlab Mehr tojin kiydirarman boshiga. Qalbim torin bersam munis onamga, Farishtalar krib kelar xonamga, Payg`ambarlar ruhi asrab balodan Avliyolar aro kirar jonimga. Ziyo bo`lay xiralashgan ko`ziga, Oro beray ajin tushgan yuziga, Labbay, deya quloq solib so`ziga Gul tikaman bosgan har bir iziga. Ona aziz, azizimni quchaman Quchmagan kun halovatdan kechaman. Yiroqlarni yaqin qilib yoniga Qanot bog`lab misoli qush uchaman. Ona desam, bahor sepin sochadi. Ona desam, bog`lar quchoq ochadi. Ona desam, yeru ko`kni titratgan O`tli vulqon, lom-lum demay ochadi. Musiqiy tanaffus “Ona” qo`shig`i Onalar bor, olam qo`shiqxonadir. Onalarni maqtasa dil qonadir Farzand uchun kim quvonib yonadir Onadir-ul, Onadir-ul, Onadir-ul Yuragidan yangi yurak ko`chirgan, Oq sutiga mehr qo`shib ichirgan. Gunoh qilsa, eng birinchi kechirgan Onadir-ul, Onadir-ul, Onadir-ul. Odamzotning davrasida tabarruk, Tabarruklar davrasida eng buyuk. Eng buyuklar davrasida eng suyuk Onadir-ul, Onadir-ul, Onadir-ul Yigit: Hurmatli mehmonlar, shuning bilan “Jannat onalar oyog`i ostidadir” deb nomlangan kechamiz nihoyasiga yetdi. Sizlarga yana bir bor sog`lik, omonlik, ishlaringizga rivoj tilab qolamiz. Download 135 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling