Ning “Dirijorlik” fanidan


Download 0.75 Mb.
bet6/9
Sana02.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#191460
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Dirijorlik 2-mavzu konspekti

Dirijyorlik haqida

Bо‘lajak dirijyor-rahbarni tayyorlashning dastlabki bosqichidan boshlab, talabalar asosiy fanlar qatoriga kiruvchi – fortepiano, musiqa nazariyasi, solfedjio, garmoniya, musiqa asarlari tahlili, musiqa tarixi va boshqalarni ham о‘zlashtirishga ahamiyat berishlari lozim. Yuqoridagi fanlarni о‘zlashtirmay turib talabalar oldilaridagi vazifa va talablarni aniq tasavvur eta olmaydilar hamda faoliyatlarida qiyinchiliklarga duch keladilar.

Dirijyorlik – jamoa ijrosini (orkestr, xor, ansambl) boshqarish san’ati, Dirijyor esa jamoa musiqiy ijrosiga rahbar, u murakkab faoliyat turlarini egallagan bо‘lishi lozim, jumladan Dirijyorlik ifoda harakatini yuqori saviyada о‘zlashtirib foydalana olish, musiqiy asar ijrosida san’atkor ijrochilarga- qо‘shiqchilarga sur’at, nyuans (tuslanish), boshlash, jumla (frazirovka), ansamblga rioya etish, soz (stroy) va pirovard natijada ijrochilar orqali asar mazmuni hamda g‘oyasini yetkaza olishi lozim. Bu vazifalarni amalga oshirishda bо‘lajak Dirijyor yaxshi musiqiy qobiliyat egasi bо‘lishi talab etiladi: eshitish, ritm hissi, sof va aniq ijro, yaxshi ovoz, vokal ijrochilik qobiliyati, ichki eshitish hissini rivojlantirish – tiniq va bir necha vokal partiyalarini ansambl bо‘lib ijrosini uyg‘unlikda bajara olish, vertikal (soz) eshitish va h.k. Ya’ni tabiiy musiqiy qobiliyat egasi bо‘lib, о‘z ustida muntazam shug‘ullanish, kerakli darajaga yetishish, Dirijyorlik mahoratini о‘zlashtirish – bu bilan Dirijyorlik qilayotgan asarlarida qо‘l ifodalari, kо‘rsatish, asar mohiyati, mazmuniga ijodiy yondashib faoliyat yuritish malakalarini oshirish.

1-kurs “Dirijyorlik” fanining 1- mashg‘ulotidan boshlab talaba jismoniy qobiliyat va umumiy tayyorgarlik haqida tushuncha, kasbga yо‘nalish va mutaxassisligi vazifasi, maqsadi dastur talablari va kо‘plab boshqalar haqida ma’lumotlarga ega bulib, “Dirijyorlik harakati, ifodalash” bilan bog‘liq masalalarni о‘zlashtiradi. “Dirijyorlik” va “Dirijyorlik harakati” (jest) bu avvalo auftakt (ya’ni, taktdan avvalgi qо‘l harakat) larni о‘zlashtirish san’ati, Dirijyorlik sxema (chizgilarini), о‘lchovlar tizimini anglab olishdir. Dirijyor qо‘l harakatlarining vazifasi taktdagi hissalar soni, ya’ni yozilgan asarning о‘lchovini belgilash va kо‘rsatishdan iborat.




Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling