Ning “Dirijorlik” fanidan


Uch choraklik o‘lchov sxemasining dirijyorligi uchun mashqlar


Download 0.75 Mb.
bet9/9
Sana02.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#191460
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Dirijorlik 2-mavzu konspekti

Uch choraklik o‘lchov sxemasining dirijyorligi uchun mashqlar:

Ushbu mashqda har bir qo‘l bilan alohida dirijyorlik qilish, qo‘l harakati paytida har bir choraktalikning bir-biriga bog‘lanib ketishiga, qo‘l harakatlari esa kuychan va ravon bo‘lishiga e’tiborni qaratish lozim.



Agar asar ikki qatorlik yozuvda berilgan bo‘lsa, unda yuqori qator chap qo‘l bilan, pastki qator esa o‘ng qo‘l bilan dirijyorlik qilinadi.

Ba’zida bir qatorda ham ikki ovozlik asar berilishi mumkin. Unda tayoqchasi

yuqoriga qaratilgan ovoz chap qo‘l bilan, tayoqchasi pastga qaratilgan ovoz esa o‘ng

qo‘l bilan dirijyorlik qilinadi.




Dirijyorlik paytida qo‘llar bir-biriga xalaqit bermasdan, aksincha bir-birini to‘ldirib borishni ta’minlashga e’tibor qaratiladi.


Ushbu mashqning birinchi va ikkinchi taktida chap qo‘l birinchi hissada to‘xtatilib, o‘ng qo‘l esa harakatni davom ettiraveradi. Uchinchi va to‘rtinchi taktlarda esa o‘ng qo‘l birinchi hissalarda to‘xtatiladi, chap qo‘l esa bir tekisda harakatini davom ettiraveradi.


Bu mashq uchinchi mashqga o‘xshasada, qo‘llarning harakati turlicha. Ikkala qo‘l ham birinchi taktda tekis harakat qiladi. Ikkinchi taktda esa chap qo‘l birinchi hissada to‘xtatilib, o‘ng qo‘l o‘z harakatini davom ettiraveradi. Chap qo‘l esa uchinchi hissadan boshlab yana o‘z harakatini davom ettiraveradi. Uchinchi taktda qo‘llar yana bir tekisda harakatni davom etsa, to‘rtinchi taktda esa o‘ng qo‘l birinchi hissada to‘xtatiladi. Uchinchi hissada esa yana o‘ng qo‘l harakatni davom ettiraveradi.


Ushbu mashqda, avvalo har bir qo‘l bilan alohida dirijyorlik qilinadi. Dirijyorlik paytida qo‘l birinchi hissada to‘xtatilib, ushlab turiladi va ikkinchi hissa ko‘ngilda sanaladi, uchinchi hissa esa dirijyorlik qilinadi.


Bu mashqda ikkala qo‘l bilan baravar birinchi hissani dirijyorlik qilib, ikkinchi hissada to‘xtatilib – ushlab turiladi. Ikkinchi hissa ko‘ngilda sanalib, uchinchi hissa ham dirijyorlik qilinadi.

Ushbu mashqda eng avvalo alohida qo‘llar ikkinchi va to‘rtinchi taktlarning ikkinchi hissalarida to‘xtalib, uchinchi hissa ko‘ngilda sanaladi. Yana birinchi hissaga esa aniq va ravshan o‘tilib dirijyorlik davom ettiriladi. Ikkala qo‘l bilan dirijyorlik qilganda esa bir qo‘l to‘xtalib, ikkinchi qo‘l harakatni davom etayotib, ikkalasi baravar, aniq va ravshan birinchi hissaga o‘tib ketish ustida ishlash zarur.



Bu mashqda ham avvalo alohida qo‘llari bilan dirijyorlik qilinib o‘zlashtiriladi. Тaktdagi ya’ni yarimtalik nota kabi, choraktalik nuqta bilan kelgan birinchi hissada qo‘l to‘xtatiladi. Ikkinchi hissaning yarmi ko‘ngildan o‘tkazilgan zahoti qo‘l keskin silkinganday bo‘lib uchinchi hissaga qarab o‘z harakatini davom ettiradi (halqasimon sxema tekislanadi). Biroq qo‘llar silkinganda dirijyorlik shakli buzilmasligi kerak. Bu mashq bir qo‘l bilan o‘zlashtirilib bo‘lib, keyin ikkala qo‘l bilan mashq qilinishi maqsadga muvofiqdir.



Mashqning birinchi taktida qo‘llar ravon dirijyorlik qilsa, ikkinchi taktning ikkinchi hissasida qo‘llar baravariga to‘xtatiladi. Ikkala qo‘l ham silkinganday bilib, birinchi hissaga baravar o‘tishi, qolaversa yana bir takt tekis va keyingi taktning birinchi hissasida qo‘llar baravar to‘xtatilib, yana silkinganday uchinchi hissa tomon harakat qilishlar ustida ish olib boriladi.



Bu mashq ham avvalo alohida qo‘llar bilan, keyin esa ikkala qo‘l bilan birga harakat qilish maqsadga muvofiqdir. Bu mashqda asosan turli hissalarda berilgan nuqtali sakkiztalik notada qo‘llarni nisbatan to‘xtatganday bo‘lib, yana qo‘llar o‘z harakatini davom ettirishi ko‘zda tutilgan. Shuni ham aytish lozimki, qo‘llar to‘xtaganidan keyin silkinganday aniq harakatni davom ettiradi, chunki bu harakat «auftakt» singari muhimdir.


Dirijyorlik texnikasi ustida ishlash uchun qo‘shimcha mashqlar:






















Adabiyotlar

  1. E.Toshmatov . Dirijyorlik. – Toshkent. 2008.

  2. Azimov K. O’zbekiston dirijiorlari. Toshkent..2001y.

  3. Haqnazarov Z. Dirijiorlik haqida.- Toshkent. “Musiqa” 2012.

  4. J.Shujurov, Dirijyorlik. Toshkent.2006

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling