Ning “Dirijorlik” fanidan


/4 O’LCHOVIGA DIRIJYORLIK QILISH


Download 0.75 Mb.
bet7/9
Sana02.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#191460
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Dirijorlik 2-mavzu konspekti

3/4 O’LCHOVIGA DIRIJYORLIK QILISH.

; ; ; . Eng qulay va manual texnika bо‘yicha eng osoni — uch hissali tо‘r hisoblanadi. Oddiy uch hissali о‘lcham uch hisobli ritmik davomiylikka, uch chorakka ega. Eng quchlisi — 1–chi hissa, nisbatan kuchsiz 2–chisi va eng kuchsizi — 3–chisidir.

Dirijyorlik amaliyotida uch hissali tо‘r (sxemalar) ni takt berishning turli usullarida uchraydi. Ulardan ba’zilari juda о‘ziga xosdir, ular alohida hollarda qо‘llanilishi mumkin, lekin tipik sifatida yaroqsiz, chunki ularda ijro vazifalariga moslash imkonini beruvchi neytrallik (xolislik) yо‘q. Ba’zida alohida vaziyatlarda yaroqli bо‘lgan xar qanday jimjimador shakl boshqalari uchun xalaqit beradi. Uch hissali tо‘rda birinchi hissa aniq ifoda etilgan va vertikal tarzda pastga yoki sal chapga yо‘naltirilgan bо‘ladi. Kuchli hissani kо‘rsatishda о‘zingizda «porshenni bosgandek» tasavvur uyg‘otishingiz kerak (L. M. Andreyeva), xuddi qо‘lingiz qarshilikka duch kelayotgandek bо‘lsin. Ikkinchi hissa yumshoq qо‘l bilan gorizontal harakatda Dirijyordan о‘ngga — 2–chi hissa nuqtasiga olib boriladi. 2–chi hissani kо‘rsatishda uni ark shaklidagi chiziq bо‘ylab olib borishga, hamda bu chiziqni yakunlovchi nuqta 1–hissa balandligidan (balandroq ham emas, pastroq ham emas) gorizontal yuzada bо‘lishiga ahamiyat berish kerak. N. A. Malkoning obrazli ifodasiga kо‘ra, sо‘nggi hissa «xuddi qoshiq bilan shо‘rva suzgandek» kо‘rsatiladi.

«Takt oldi bо‘lgan uchinchi hissa sxemada katta ahamiyatga ega. Kuchli hissaning sifati, demakki butun sxemaning aniqligi uchinchi hissa paytida tо‘planadi» — deb yozgandi L. M. Andreyeva. Uch hissali setka sekin vals ritmida osonroq о‘zlashtiriladi.




Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling