Ning “Dirijorlik” fanidan


IJRO TО‘XTALISHINI KО‘RSATISH


Download 0.75 Mb.
bet5/9
Sana02.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#191460
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Dirijorlik 2-mavzu konspekti

IJRO TО‘XTALISHINI KО‘RSATISH

Dirijyorlikda ijroning vaqtincha yoki umuman tо‘xtatishning ahamiyati katta. Shu bois xali tо‘xtashni kо‘rsatuvchi usul ham juda muhim. Afsuski, aniq tо‘xtatishga murabbiylar aniq ijro boshlashga nisbatan kamroq e’tibor beradilar. Shu bois talabalar, odatda, bu usulni bо‘shroq о‘zlashtiradilar va tovush davomiyligini kо‘rsatilgan vaqtdan kechroq yoki ertaroq tо‘xtatadilar. Yangrashni tо‘xtatish ma’lum tayyorgarlikni talab etadi, chunki bunda barcha ijrochilar bir vaqtda tо‘xtashlariga erishish darkor bо‘ladi. Bu yerda yana auftakt masalasi kо‘ndalang turadi. Bunda tegishli qо‘l harakati aniq, kо‘rimli, vaqt bо‘yicha mutanosib va dinamika bо‘yicha tiniq bо‘lishi kerak. Tovush tо‘xtalishini kо‘rsatish uchun harakat tanlashda tabiiylikdan kelib chiqish kerak, ya’ni qо‘l harakati dirijyor uchun qulay, orkestrga esa tushunarli bо‘lishi kerak. Odatda bu harakat u yoki bu darajada dumaloqroq chiziq yoki tо‘xtatish vaqtida dirijyor qо‘lining qanday joylashganligiga qarab u yoki bu yо‘nalishdagi tо‘g‘ri chiziq shaklida bо‘ladi (о‘ziga — chapga, о‘zidan — о‘ngga yoki pastga).

U yoki bu hollarda tо‘xtatishni kо‘rsatuvchi harakat uchun yо‘nalishni qanday tanlamoq zarur?

Yangrashni tо‘xtatuvchi harakat sо‘nggi yangrovchi xissa tomonga yо‘nalishi kerakligini shu о‘rinda istisno hollarini aytib о‘tish joiz. Amaliyotda sо‘nggi yangrovchi xissa qisqa bо‘lganligi bois, tо‘liq tо‘ldirilmaganligi (8–li, 16–li, chorak) yoki tez sur’atda berilishiga duch kelamiz. Bunday hollarda tо‘xtatish harakatini aynan shunday xissada amalga oshirish kerakki, bunda harakatli yakunlovchi turtki bilan monandlik bо‘lishi lozim. Shuning uchun ham mazkul qо‘l harakati yо‘nalishi bu yerda ushbu xissa yо‘nalishiga tо‘g‘ri keladi. Tо‘xtatish harakati tezligi sо‘nggi xissaning qisqaligi yoki uning tez sur’ati bilan taqozo etilgan hollarda bu harakat sо‘nggi xissa tomon, ya’ni, pastga yо‘naltirilgan tо‘g‘ri chiziq kо‘rinishiga ega bо‘ladi. Agar sо‘nggi yangrovchi xissa uzoqroq davom etsa yoki tо‘liq yangrasa, unda bu harakatni qо‘llash tavsiya etilmaydi, chunki sо‘nggi xissaning yangrashi tо‘liq ushlab turilmaydi. Bunday hollarda sо‘nggi yangrovchi xissa odatiy usul bilan taktlanadi, tо‘xtatish harakati ushbu xissa keyingi xissa boshlanguncha egallagan vaqti hisobiga bajariladi. Bunda dumaloqroq shakldagi harakat qо‘llaniladi. Uning ishlatilishi sо‘nggi xissa yangrashini tо‘ldirish uchun harakatni chо‘zish kerakligi bois taqozo etadi. Buni tez va sekin sur’atda bir xil meyorda bajarish kerak bо‘ladi. Tо‘xtatish harakatlarining barchasini yо‘nalishiga qarab shartli ravishda ikki guruhga bо‘lish mumkin.

Birinchi guruhga keyingi harakatni hisobga oluvchi tо‘xtash harakatlari kiradi. Bu — asarning ichidagi tо‘xtashdir. Buning uchun dirijyor qо‘li keyingi ijroni davom ettirish eng qulay bо‘lgan holatda bо‘lishi kerak.

Ikkinchi guruhga esa butun asar yoki uning qismini yakunlovchi harakatlar kiradi. Bularni bajarishda dirijyor erkinlikdan istaganicha foydalanishi mumkin.




Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling