Ning “Dirijorlik” fanidan


Download 0.75 Mb.
bet8/9
Sana02.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#191460
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Dirijorlik 2-mavzu konspekti

UCH HISSALI O’LCHOVGA

IKKI QO’LLAB DIRIJYORLIK QILISH

Dirijyorlik sxemalarini o‘rganish odatdagiday eng sodda o‘lchovdan, ya’ni uch chorak (hissa)li o‘lchovdan boshlanishi maqsadga muvofiqdir, chunki uch chorakli sxema boshqa o‘lchov sxemalariga nisbattan qulayligi va yaqqol ifodaliligi bilan ajralib turadi.




O‘lchov sxemalariga o‘xshash, uch chorakli sxemada ham birinchi hissada

qo‘l harakatining pastga tomon, ikkinchi hissada yon tomon va uchinchi hissada esa yuqori tomon yurishi talaba uchun ancha qulaydir. Biz sxemaga diqqat bilan e’tibor bersak –birinchi hissa pastki tomonga qarab tikka tushgan. Bu hissaga holati bo‘sh va so‘lg‘in emas, balki butun qo‘l tirishqoqlik va intilish bilan, go‘yo bosimga qarshi yurganday irodali va baquvvat tarzda harakat qilib, ijro nuqtasigacha olib borilishi lozim. Bu harakatda qarshilik qo‘lning kaftida sezilsa-da, yetakchi qism barmoqlarligicha qoladi.




a – diqqat nuqtasi

a-a 1 – auftakt

a 1-a 2 – ijro nuqtasi

a 2-a 3 – ikkinchi hissaga



hozirlanish



Mashqni bajarayotganda taktni to‘liq sanab turish,talabaga kelajakda sabr-bardoshli

bo‘lib yetishishiga yordam beradi. Qo‘l birinchi hissaning ijro nuqtasiga erishgach, erkin va tabiiy tarzda, qaytaruv kabi o‘z iziga qaytish harakati sodir bo‘ladi. Mana shu iziga qaytish harakati birinchi hissaning teng yarmi bo‘lib, ikkinchi hissaga hozirlanish, ya’ni ikkinchi hissaning auftakti deb hisoblash mumkin.


a 3-a 4 – hozirlanish

a 4-a 5ikkinchi hissaning

birinchi yarmi, ya’ni

ijro nuqtasi


a 5-a 6 – ikkinchi hissaning

ikkinchi yarmi va

uchinchi hissaga

hozirlanish





Dirijyor qo‘llari ikkinchi hissaning ijro nuqtasiga qarab, yon tomonga gorizontal

emas,balki sal pastroqqa yumshoq harakat qiladi va birinchi hissaning ijro nuqtasi balandligi darajasiga keladi. Qo‘l ikkinchi hissa bo‘ylab pastga tomon yurganda, panjalar hissaning zarbsizligi tufayli tayanchsiz, osilib qolgan va noaniq bo‘lmasligini ta’minlashga e’tiborni qaratish, ikkinchi hissaning ijro nuqtasi, birinchi hissaning ijro nuqtasi bajarilgan balandlikda bo‘lishini unutmaslik kerak. Bu harakatda ham tayanch nuqtasi qo‘lning kaftida bo‘ladi. Qo‘llar ijro nuqtasiga erishgach, o‘z inertsiyasiga binoan, prujinasimon tarzda,qaytaruv kabi tabiatan yuqoriga,ya’ni uchinchi hissa tomon harakatni davom ettiradi. Ayni shu harakat ikkinchi hissaning teng yarmi bo‘lib, uchinchi hissaga hozirlanish, ya’ni auftakt hisoblanadi (a 5-a 6 harakati). Bu harakatda esa tayanch panja bilan bilak oralig‘ida bo‘ladi. Biroq panja o‘zining gorizontal holatini o‘zgartirmaydi.


Mana shu o‘rinda ikkinchi hissa bo‘lagi nihoyasiga yetadi va bu hissa zarbsiz hissa



bo‘lganligi tufayli, birinchi hissaga nisbattan ancha yumshoqroq bo‘ladi. Qo‘lning uchinchi hissaga harakati ilgaksimon tarzda boshlanib, uchinchi hissaning ijro nuqtasi tomon davom etadi (d sxema shakli). Bu holda harakatning tayanch nuqtasi panjada bo‘ladi. Ijro nuqtasiga erishgan qo‘l harakatining davomi esa yuqoriga qaratilgandir. Qo‘lning shu harakatni davom ettirishi bo‘lajak birinchi hissa uchun tayyorgarlik ko‘rib borish jarayoni, ya’ni auftakt vazifasini ham bajaradi. Harakatning davomida esa xuddi ikkinchi hissaning ikkinchi yarmidagiga o‘xshash, tayanch nuqtasi panja bilan bilak oralig‘idagi bo‘g‘inda bo‘lib, bunda ham panja o‘zining gorizontal holatini saqlab qoladi. Uchinchi hissaning ijro nuqtasi ham xuddi birinchi va ikkinchi hissalarning ijro nuqtasi balandligida bo‘lishi va bu hissa ham zarbsiz bo‘lib, harakati yumshoqroq bo‘lishini unutmaslik kerak. Mana shu o‘rinda uchinchi hissa bo‘lagi ham o‘z nihoyasiga etadi. Uch chorakli o‘lchovda birinchi hissa zarbli, ikkinchi va uchinchi hissalar zarbsizdir. Uchinchi hissa bo‘lajak birinchi, ya’ni zarbli hissani tayyorlab beruvchi auftakt vazifasini ham bajarishi mumkin. Qolaversa, biz uch hissali sxema harakatining bir butunligini va dirijyorlik paytida ularning bir-birlariga mantiqan ulanib borishini unutmasligimiz lozim. Uch chorakli o‘lchov sxemasi dirijyorligini avvalo turli xil mashqlar bilan, undan keyin esa asarlar ijrosi bilan bog‘lab o‘zlashtirish maqsadga muvofiqdir.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling