Nizom I i. Umumiy qoidalar
Download 19.02 Kb.
|
orol dengizi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. TANLOVNI O‘TKAZISH TARTIBI, MUDDATLARI VA SHARTLARI
N I Z O M I I. UMUMIY QOIDALAR “Yoshlar Orolni asraydi” aksiyasi doirasidagi tanlov-ilmiy va innovatsion g‘oyalar, loyihalarni saralab olish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida oliy ta’lim muassasasi doirasidagi tanlov bo‘lib, mazkur tanlov orqali Orol dengizi muammolari yechimiga va uni oqibatlarini kamaytirishga yo’naltirilgan eng yaxshi innovatsion loyihalar saralab olinib qo‘llab-quvvatlashga va o‘z navbatida, loyihani amaliyotga joriy etishga qaratilgan. Shu bilan birga tanlov to‘g‘risidagi Nizom tanlov o‘tkazish shartlari, g‘oliblarni aniqlash va ularni taqdirlash tartibini belgilaydi. Tanlov oliy ta’lim muassasalarida Innovatsion rivojlanish agentligi hududiy boshqarmasi hamda oliy ta’lim muassasasi bilan birgalikda tashkil etiladi. Tanlov qatnashchilari o‘rtasida ilmiy va innovatsion loyiha yo‘nalishlarida ilmiy ijodkorlikni rag‘batlantirish, innovatsion faollikni oshirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Tanlovda ishtirok etayotgan qatnashchilarning loyihalarini baholash va g‘oliblarni aniqlash uchun tegishli soha mutaxassislaridan iborat, besh kishidan kam bo‘lmagan tarkibdagi Tanlov komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya) tuziladi hamda komissiya kotibi aniqlanadi. Tanlovning oliy ta’lim muassasalari bosqichlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi. II. TANLOVNI O‘TKAZISH TARTIBI, MUDDATLARI VA SHARTLARI Tanlovda ishtirok etuvchi yoshlarni aniqlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarining veb saytlari, intimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon berilib, 7 kun davomida ishtirokchilar ro‘yxatga olinadi. Tanlov ishtirokchilari ro‘yxatdan o‘tishda aniq bir muammo yoki mavjud potensial imkoniyatdan kelib chiqqan holda innovatsion xarakterga ega g‘oya yoki loyihani taklif etishlari lozim. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talaba-yoshlar yakka o‘zi yoki ko‘pi bilan 5 nafar talaba yoshlardan iborat jamoa bo‘lib ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Tanlov quyidagi tartibda tashkil etiladi: seminar treninglar, targ’ibotlar, e’lonlar – tanlovning 1-2-kunlari; loyihalarni shakllantirish va rivojlantirish davri – tanlovning 3-10-kunlari; loyihalar taqdim etish – tanlovning 11-12-kunlari; tanlov yakuni va g‘oliblarni taqdirlash – tanlovning 13-kuni. Seminar treninglar – tashkil etiladigan o‘quv dasturi hisoblanadi. Unda oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqot va innovatsion sohada faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi yoki boshqa mutaxassislar yordamida ishtirokchilarga quyidagi mavzular bo‘yicha seminar treyninglar o‘tiladi: ilmiy va innovatsion loyihalarni shakllantirish va moliyalashtirish tartiblari; startap loyihalarni shakllantirish va moliyalashtirish tartiblari; loyihalarni xarajatlar smetasini shakllantirish tartiblari. Loyihalarni shakllantirish va rivojlantirish davri – tanlov ishtirokchilari o‘z loyihalarini rivojlantirish va loyiha hujjatlarini shakllantirishlari uchun 8-10 kun vaqt beriladi. Mazkur davrda ishtirokchilar o‘z loyihalarini rivojlantirish ustida ishlaydilar, loyihalarga qo‘shimcha yangiliklar va funksiyalar kiritadilar. Loyihalar taqdimoti – tanlovning har bir ishtirokchisi o‘z loyihalarini komissiya a’zolariga taqdimot qilishadi. Har bir ishtirokchiga taqdimot qilish uchun 5 daqiqa vaqt, savol-javoblar uchun qo‘shimcha 2 daqiqa vaqt beriladi. Loyihalarni baholash mazkur nizomning ilovasida ko‘rsatilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi. Loyihalar taqdimoti jarayonida komissiya kotibi tomonidan komissiya bayoni yuritiladi. Loyihalar taqdimoti yakunida komissiyaning har bir aʼzosi tomonidan qo‘yilgan ballar umumlashtiriladi. Tanlov yakuni va g‘oliblarni taqdirlash tanlov ishtirokchilarining loyihalarini baholash natijasida eng yuqori natija ko‘rsatgan loyihalar oliy ta’lim muassasasida tashkil etilgan tanlov g‘oliblari deb e’lon qilinadi. Tanlov ishtirokchilari, komissiya a’zolari, komissiya a’zolarining qo‘ygan ballari, tanlov g‘oliblari va ularning ishlanmalari to‘g‘risidagi maʼlumotlar komissiyasining bayonida ko‘rsatiladi hamda aʼzolari tomonidan imzolanadi. Natijalar komissiya tomonidan bayonnoma bilan tasdiqlanib, oliy ta’lim muassasasining masʼul vakiliga taqdim etilganidan so‘ng, yakuniy (hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib) hisoblanadi va komissiya qarori bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi izoh bermaydi. Tanlov natijalari va g‘oliblarini eʼlon qilish hamda taqdirlash marosimi tanlovning oxirgi kuni amalga oshiriladi. Oliy ta’lim muassasalari tanlov ishtirokchilarini tanlovning talab va shartlari to‘g‘risida xabardor qiladi, tanlov yakunlari bo‘yicha g‘oliblarga xabar beradi va ularni taqdirlashni tashkil etadi. Download 19.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling