Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjaev


Download 3.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/242
Sana08.11.2023
Hajmi3.45 Mb.
#1754714
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   242
Bog'liq
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

Antropologiya – odamning biologik tabiatini har tomonlama 
o’rganuvchi fan. 
Assimilyatsiya 
– yangi sharoitda tayyor malaka va 
ko’nikmalardan jiddiy o’zgarishsiz foydalanish 
Autotrening – o’zini-o’zi ishontirish, shaxsning o’zini-o’zi 
boshqarishga qaratilgan maxsus mashqlar to’plami. Autotreningdan 
shaxsning o’z ruhiy holati va xulqini boshqarishda foydalaniladi. 


Axborotli malaka – ta’lim va tarbiya masalalariga axborotlarni 
moslashtirish va talqin qilish malakasi. 
Axloq – shaxsning jamiyatga va boshqa kishilarga nisbatan 
burchini belgilab beruvchi me’yorlar tizimi, ma’naviy xulq 
qoidalari, u ijtimoiy ong shakllaridan biridir. 
Bayon qilish – o’qituvchi tomonidan o’rganilayotgan material 
mazmunini izchil so’zlab berish metodi. 
Bilish faoliyatiidrok qilish hissi, nazariy fikrlash va amaliy 
faoliyat birligi. 
Boshqarish – tashkil etish, qaror qabul qilishga qaratilgan 
faoliyat, obyektni o’z xizmat vazifasi doirasida nazorat qilish, 
tartibga solish, ishonchli axborotlar asosida tahlil qilish va yakun 
yasash. 
Burch – muayyan axloqiy majburiyatlarni his qilish, uning 
zarurligini anglash. 
Vazifa – maqsad va uni amalga oshirish bosqichlarining 
oydinlashtirilishi. 
Verbal – ifodali, og’zaki. 
Gumanizm – 1) insonning insonga bo’lgan mehri-muhabbati
uning shani,qadrini hurmat qilish, kishi manfaatlari uchun 
qayg’urish g’oyalari bilan sug’orilgan va kishilar o’rtasidagi tenglik, 
halollik, insoniy munosabat tamoyillariga asoslangan dunyoqarash
2) insoniylik va insonparvarlik, insonlarning bunyodkorligiga 
ishonchi. 
Davlat ta’lim standarti – uzluksiz ta’limning muayyan 
bosqichida shaxs (mutaxassis)ning tayyorgarlik darajasi va 
mazmuniga qo’yiladigan minimum talablar. 
Didaktika – ta’lim va o’qitish nazariyasi hamda o’qitish 
jarayonida tarbiyalash mazmunini ifodalovchi pedagogikaning 
tarkibiy qismi. 

Download 3.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling