Ko’nikma – o’rganish natijasida qo’lga kiritilgan,
beixtiyor,
avtomatik tarzda bajariladigan harakat. Ko’nikmalar biror harakatni
nazoratsiz, avtomatik tarzda bajarish qobiliyatlaridir.
Ko’rsatma – ehtiyojning mavjudligi va obyektiv vaziyat hamda
uni qondirish bilan bog’liq ravishda oldindan shaxslarning ma’lum
faolligini tayyorlash, ularni joylashtirish.
Malaka – shaxsning o’zi egallagan bilimlari asosida ularning
yangi sharoitdagi
yangiliklar bilan birga, ma’lum bir faoliyatni
samarali bajarish qobiliyatidir.
Malaka tavsifnomasi – o’qituvchining nazariy va amaliy
bilimlariga qo’yiladigan umumiy talablar.
Maqsad – faoliyat natijasini oldindan fikran belgilash.
Metod – 1) tabiiy va ijtimoiy hayot
hodisalarini tadqiq qilish,
bilish usuli; 2) harakat qilish usuli, tarzi.
Metodika – biror ishni tashkil
qilishda maqsadga muvofiq
qo’llanadigan metodlar.
Metodologiya – 1) dunyoni ilmiy bilish metodi haqidagi
ta’limot; 2) biror fanda, shu jumladan pedagogikada qo’llaniladigan
metodlar.
Motiv – ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun asos bo’ladigan
kishining ichki faoliyat mazmuni.
Motivatsiya – shaxsni faol xatti-harakatlarga undovchi sabablar,
asoslar to’plami bo’lib, u ayni zamonda
kishi xulqini fiziologik va
psixologik boshqarishning dinamik jarayonini ham bildiradi,
faoliyatning yo’nalishi,
faolligi, uyg’unligi hamda turg’unligini
belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: