Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjaev


Download 3.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/242
Sana08.11.2023
Hajmi3.45 Mb.
#1754714
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   242
Bog'liq
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

Dolzarblikni asoslash – ta’lim va tarbiya nazariyasi hamda 
amaliyotining istiqboldagi taraqqiyoti muammolarini o’z vaqtida 
o’rganish hamda hal qilish zarurligini ko’rsatish. 
Dunyoqarash – shaxsning tafakkur tarzi va yo’nalishini aks 
ettiruvchi qarashlar, e’tiqod hamda fikr-o’ylar tizimi. 


Idrok etish malakasi – boshqa subyektning xususiyatlarini – 
uning muloqoti va muloqotga hozirligini aniqlash uchun zarur 
bo’lgan kasbiy – pedagogik malaka. 
Ideal – oliy maqsad, biror narsaning namunasi, shaxs, 
guruhlarning xatti-harakatlari, intilishlari intihosi. 
Ijtimoiy idrok etish – kishilar tomonidan ijtimoiy obyektlarning 
idrok etilishi, tushunilishi va baholanishi. 
Izohlash, tushuntirish – og’zaki izoh, yoritilishi lozim bo’lgan 
turli materiallarni izohlash, isbotlash, tahlil qilish. 
Ilmiy muammo (masala) – fan orqali hal qilinadigan asosiy 
ziddiyatlar. 
Ilmiy yangilik – muayyan davrga nisbatan ma’lum bo’lmagan 
va pedagogikaga oid adabiyotlarda qayd qilinmagan nazariy, amaliy 
xulosalar, ta’lim qonuniyatlari, uning tuzilmasi, mexanizmlari 
mazmuni, tamoyillari va texnologiyalari. 
Individuallik – shaxsning betakror biosotsiologik xususiyatlari. 
Intellekt – shaxsning turli faoliyat turlarini muvaffaqiyat bilan 
o’zlashtirishini belgilaydigan tug’ma va o’zlashma barcha aqliy 
qobiliyatlar to’plami. 
Ishontira olish – axborot oqimining shaxs tomonidan tanqiddan 
holi, erkin ravishda o’zlashishiga erishishni ko’zlagan ruhiy ta’sir 
etish metodi. 
Ishonch hosil qilish – shaxsning muayyan qoida va talablarini 
ongli ravishda o’zlashtirish vositasida tarbiyalash metodi. Tegishli 
ma’lumotlar va argumentlarga asoslanib, shaxsning o’z hukmi 
hamda xulosalari to’g’riligiga ishonchni yuzaga keltirish jarayoni va 
natijalari. 

Download 3.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling