Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjaev


Download 3.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/242
Sana08.11.2023
Hajmi3.45 Mb.
#1754714
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   242
Bog'liq
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

Faoliyatning yetakchi turi – bola hayotining muayyan 
davridagi psixik rivojlanishini etarli darajada ta’minlovchi hamda 
keyingi taraqqiyotiga asos bo’luvchi faoliyatdir. 
Fundamental – asosiy fundamental 
Xayrixohlik – kishilarga ochiq ko’ngilli bo’lish, iltifotli
marhamatli bo’lish. 
Shaxs – 1) kishilarning ijtimoiy xulqi, insonlar orasida o’zini 
tutishini aks ettiradigan ruhiy sifatlari majmuini bildiruvchi 
tushuncha; 2) turli-tuman sifatlar tizimidagi kishining ruhiy
ma’naviy mohiyati; 3) ijtimoiy mohiyat kasb etgan va o’z-o’zini 
anglash qobiliyatiga ega bo’lgan kishi. 
Shaxs dinamikasi – kishining ontogenetik rivojlanishini o’z 
ichiga olgan holda subyektning xususiyatlari va sifatining vaqtga 
nisbatan o’zgarish jarayoni. 
Shaxsiy fazilat – shaxs tomonidan o’zining axloqiy, ruhiy va 
ishchanlik qobiliyatining ijtimoiy ahamiyatini, jamiyatdagi o’rnini 
anglay olish xususiyati. 


E’tiqodshaxs amal qiladigan bilim, tamoyil va ideallarning 
haqqoniyligiga qalban va asosli ishonch bilan bog’langan, uning 
atrof-muhitga hamda o’zining xatti-harakatlariga bo’lgan subyektiv 
munosabati. 
Evristika – ilmiy tadqiqotning mantiqiy usullari va metodik 
qoidalari tizimi. 
Empirik – tajribaga asoslangan. 
Empirik bosqich – tadqiqot obyekti to’g’risida har tomonlama 
tasavvur hosil qilish, ta’lim amaliyoti, ilmiy bilimlar saviyasi va 
hodisalar mohiyatiga erishishga bo’lgan talab o’rtasidagi ziddiyat
ilmiy muammoni nomlash. 
O’z-o’zini baholash –shaxsning o’z psixologik sifatlari, xulqi, 
yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari, qadr-qimmati, kamchiliklarini 
baholay olishi. 
O’z-o’zini tarbiyalash – 1) shaxsga xos bo’lgan madaniyatning 
shakllanishi va rivojlanishiga qaratilgan izchil va ongli faoliyati; 2) 
shaxsning o’z jismoniy, ruhiy va axloqiy sifatlarini tinmay amalga 
oshirish. 

Download 3.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling