Rol ijro etish – qatnashuvchilarning yakka va guruh bo’lib turli
rollarda (sahnada) chiqishi, obrazga kirishi.
Ruhiy pedagogik tayyorgarlik – pedagogikaning metodologik
asoslari va kategoriyalarini, shaxsning ijtimoiylashuvi va taraqqiyoti
qonuniyatlari, ta’lim
va tarbiyaning mohiyati, maqsadi va
texnologiyalarini bilish.
Suggestiya – uqtirish, to’la ishonch hosil qilish.
Suhbat – kuzatuv chog’ida etarli darajada aniq bo’lmagan zarur
axborotni olish uchun qo’llanadigan tadqiqot metodi.
Tadqiqot obyekti – ziddiyat va muammoli vaziyat tug’diruvchi,
bilishga qaratilgan ilmiy tahlilga muhtoj obyekt.
Tadqiqot predmeti – bevosita o’rganilishi lozim bo’lgan va
amaliy yoki nazariy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadigan
obyektning mohiyati, ma’lum bir tomoni, xususiyati.
Takt – misli ko’rilmagan tarzda o’zini tuta bilish.
Ta’lim – 1) shaxsning jismoniy va ma’naviy
shakllanishining
yagona jarayoni, sotsial etalonlarning ijtimoiy ong sifatida u yoki bu
darajada qayd qilingan, tarixan shartlangan
ideal timsollarga ongli
yo’naltirilgan ijtimoiylashish jarayoni; 2)
muayyan bilimlarni
egallash
g’oyaviy-axloqiy
qadr,
malaka,
ko’nikma,
axloq
me’yorlariga qaratilgan jamiyat a’zolarining ta’lim va tarbiyasi
vazifasini bajaradigan nisbiy mustaqil tizim.
Do'stlaringiz bilan baham: