Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin”
Mavzu: Shaxsiy hayot tajribadan hikoya tuzish
Download 77.28 Kb.
|
Kochkarova D.A Kurs Ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jihozlar
Mavzu: Shaxsiy hayot tajribadan hikoya tuzish
Maqsad: Shaxsiy hayotdan mazmunli izchillikda hikoya tuzishga o‘rgatish. Vazifalar: Bog‘langan nutqni rivojlantirish. So‘zlayotganda to‘gri nafas olishni rivojlantirish. Nutqni ifodaliligini tarbiyalash. O‘z nutqida uyshiq bo‘lakli gaplardan foydalanish malakasini mustahkamlash. Berilgan rasmlar asosida so‘z tuzish, aytilgan so‘z, tovushlarni aniq talaffuz etishga o‘rgatish. Kutilayotgan natijalar: Bolalarni bog‘langan nutqi va tovush madaniyati rivojlanadi. Bolalarda ijodiy, mustaqil fikrlash va buni nutqda ifodalash ko‘nikma hamda malakalari shakllanadi. Belgilangan rasm asosida so‘z tuzish, aytilgan so‘z tovushlarni aniq talaffuz etishga o‘rganadilar. Kerakli jihozlar: “Metro” mavzzusidagi rasm. Transportlarning alohida-alohida tasvisi. Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi: “Biz qayerga borganimizda metroga tushgan edik? Metroga yana kimlar bilan tushgansiz? Metroga tushganingizda bekatkari qanday edi? Bekatlar haqida nima deyish mumkin?” (yorug‘, ozoda, keng, chiroyli, naqshli). Poyezdlar haqida nima deyish mumkin? (tez yurar, ketma-ket). Zinalari qanday edi? (o‘ziyurar, baland). Savol javabdan so‘ng tarbiyachi bolalarga hikoya tuzishni taklif etadi: “Bolalar hikoya tuzganingizda hozirgi ishlatgan so‘zlardan foydalanishingiz mumkin”. Tarbiyachining yordamchi savollari: Metroda qayerga borgan edingiz? Pastga yer osti bekatiga nimaga tusdingiz? Qaysi bekatni tomosha qildingiz? Bekatda yana nimalarni ko‘rdingiz? Savol-javobdan so‘ng tarbiyachi namunaviy hikoya qilishi mumkin. Onam bilan men qo‘g‘irchoq teatriga bormoqchi bo‘ldik. Metroga onam bilan tushdik. Onam avval jetonlar sotib oldilar. Jetonni o‘tadigan joyiga tashlab o‘tdilar. Men yosh bolalar o‘tadigan joydan o‘tib kettim. Biz o‘ziyurar zinalar orqali metroning yer osti bekatiga tushdik. Bu bekat juda chiroyli va ozoda ekan. Turli naqshlar bilan bezatilgan. Ketma-ket poyezdlar keldi. Poyezd eshiklari o‘zi ochiladi, o‘zi yopiladi. Poyezd qo‘zg‘aldi. Biz “Mustaqillik” maydoni bekatida tushdik. Bu bekat juda chiroyli ekan. Yana o‘zi yurar zinalar orqali yuqoriga chiqdik va teatr tomon yo‘l yurdik (3-4 bolalarning javoblari). Download 77.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling