Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti
Download 468 Kb.
|
JINOYAT ISHLARI BO’YICHA SUD PSIXOLOGIK EKSPERTIZASINI O’TQAZISH
Ko’z harakatlari va yuz mimikasiga qarab, yolg’on alomatlarini aniqlash.
Inson o’z yuzini ovoziga qaraganda yaxshiroq nazorat qila oladi. Faqat yuzga qarab xulosa chiqarish qiyin, chunki yuzda yolg’onni aniqlash uchun tahlil qilishni talab etuvchi ko’rsatkichlar haddan tashqari ko’p. Xilma-xil mimika, ko’z harakatlari, nigoh yo’nalishi, odam yuzining muloqot davomida surilishi, asosiysi – inson turli olatlarining «tashqaridan» turlicha ko’rinishi ko’pincha uning haqqoniylik darajasi haqidagi noto’g’ri xulosalarga olib keladi. Boshqa tomondan, aynan yuz ifodasini tahlil qilish natijasida ko’pincha yolg’onni sezish mumkin bo’ladi. Ma’lumki, ko’zlar nafaqat «dunyoga qaragan deraza», balki «qalb oynasi» hamdir, ya’ni ularda insonda kechayotgan ruhiy jarayo nlarni ko’rish mumkin. Ruhiy jarayonlar tafakkur va inson qalbida yuz berayotgan barcha o’zgarishlar bilan bog’liq. Hayotda hamma narsa tebranib turganidek, ko’z qorachig’i ham doimo harakatda bo’ladi. Neyrolingvistik dasturlashtirish (NLD) sohasidagi tadqiqotlarga ko’ra, aynan qorachiqlar harakatiga qarab nafaqat fikriy jarayo nning borishini, balki muloqotda samimiylik yoki nosamimiylik borligini ham aniqlash mumkin. Bu yerda gap o’ziga xos ko’z harakatlari haqida boradi. Ko’z qorachig’idagi axborotlarni shakllantirish vaqtida beixtiyor tushib qoladigan muayyan zonalar (to’qqiztadan ikkitasi) mavjud bo’lib, ular ba’zi vaziyatlarda nosamimiylikning turi hisoblanadi. Ko’pincha ko’z harakatlarini kuzatish emas, balki ko’z qorachiqlarining axborot mazmuniga ega jihatlarini (birgalikda kuzatiladigan hissiyotlar, tana va yuz mimikasidagi harakatlarning) mos kelish-kelmasligi tahlil qilish samarali hisoblanadi. Masalan, qandaydir obrazlar haqida gap ketganida, ko’z qorachig’i vizual emas, balki audial zonada bo’ladi. Yuqorida ko’z harakatlari suhbatdosh tafakkur yo’lining ko’rsatkichi ekanligi aytilgan edi. Ko’zlar nafaqat ichki ruhiy jarayonlarni aks ettiradi, balki teskari aloqani ham vujudga keltiradi: ong ostidan qandaydir xotiralarni chiqarib olish yoki atayin istalayotgan ichki hissiyotni yaratish uchun ko’pincha ko’zlarni muayyan holga keltirishning o’zi yetarli bo’ladi. So’zlashayotgan yoki xayol surayotgan odamlarni kuzatganda, ularning ko’z soqqalari doimo oldinga-orqaga, yuqoriga va pastga harakatlanayotganini, tasodifan narsa va odamlarga tikilayotgani, shuningdek, ko’pincha ichki tajribaga «qaratilayotganligini» sezish mumkin. Boshqacha aytganda, yolg’on belgilarni namoyon qilish jarayonida odatda tashqi vizual ta’sirlar e’tibordan qolib ketadi. Download 468 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling