Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti
Download 468 Kb.
|
JINOYAT ISHLARI BO’YICHA SUD PSIXOLOGIK EKSPERTIZASINI O’TQAZISH
Verbal va noverbal belgilarga ko’ra yolg’onni aniqlash
Dastlabki tergov jarayonida profayl metodidan shaxslarning muayyan axborotni jinoiy maqsadda atayin buzishi, ya’ni verbal (so’zdagi), ham noverbal(tana xatti-harakatlaridagi) xabarlarning vaziyat va holatga qanchalik muvofiqligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Ushbu malaka (mahorat) nafaqat kuzatuvchanlik va diqqatni mashq qildirishni balki ruhiy kuzatish borasida barqaror ko’nikmalarni hosil qilishni, balki kinestetika (tana tili haqidagi fan)ning asosiy qonunlarini tushunishni, suhbat olib borish san’atini egallashni, belgilangan obyekt hududida dastlabki ko’rik yoki hujjatlarni tekshirish davomida shaxslarning xulqini samarali baholashga imkon beradigan bir qator usullarni egallashni nazarda tutadi. Ruhiy axborot olish usullaridan biri ruhiy tashxis (diagnostika) – bu shaxs holatini o’rganish bo’lib, uni vizuallashtirish –ko’rish orqali muayyan obrazni shakllantirishdir. Vizual psixodiagnostika – insonni kuzatish, ko’rib idrok etish asosida uning ruhiy holatini aniqlash. Boshqacha aytganda, ruhiy axborotni qandaydir test yoki instrumental usullardan foydalanmay turib o’rganish. Kuzatuv usuli yordamida ruhiy axborotni idrok etish, to’plash, uning xususiyatlarini bilish va anglash mumkin. Kuzatuv – avvalo muayyan tarzda tashkil qilingan idrok jarayoni bo’lib, u kuzatuvchi oldida turgan vazifa hamda o’rganila yotgan hodisaning mohiyati bilan bog’liq. Ya’ni kuzatuv maqsadga qaratilgan faoliyat hisoblanadi. Inson idroki juda muhim bir xususiyatga ega, ya’ni inson tez almashuvchi ta’sirlarni hissiy tuyg’ularning ketma-ketligi sifatida emas, balki umumlashma obraz sifatida qabul qiladi va bu unda inson haqida tasavvur hosil qiladi. Tasavvur «bitta» bo’lishiga qaramay, amalda bir-biriga qo’shilgan va bir butun birlashgan son-sanoqsiz juz’iy tasavvurlardan tashkil topgan bo’ladi. Shunday qilib, shaxs kuzatilganda ketma-ketlikda uning gavda tuzilishi, holati, mimikasi, ishoralari va xatti-harakatlaridagi ma’nolar seziladi, ushbu jarayon «bir muddatlik» idrokdir, chunki u juda tez o’tib ketadi. Biror inson gapira boshlaganida, u haqidagi obrazga, ya’ni o’zganing «bitta» tasavvuriga yana ovoz ohangi, nutq maromi, tovush kuchi, ehtimoliy dialekt tusi va ko’plab boshqa jihatlari qo’shilib boradi. Yuqorida aytib o’tilganidek, muomala jarayonida axborot uzatilishi: – verbal vositalar (faqat so’zlar) evaziga – 7 % anglaniladi; – tovush vositalari (ovoz ohangi, tembri va barcha nutqsiz tovushlar) evaziga – 38 % tushuniladi; – noverbal vositalar (mimika, imo-ishoralar, pantomimika) evaziga – 55 % qabul qilinadi. Ushbu asosda insonlar o’rtasidagi muloqotning bir vaqtda amalga oshadigan ikki darajasi farqlanadi: – mazmun darajasi, u so’zlarda ifodalangan (verbal) axborotni, ya’ni gapiruvchi aytishni istagan ma’lumotlarni uzatadi; – munosabatlar darajasi, u axborotni (noverbal) o’xshatish orqali, ya’ni bunda so’zlovchining o’zi aytayotgan so’zlarga yoki eshituvchiga munosabati sifatida ifodalanadi. Albatta, bunday nutqsiz xabarlarni tushunishga har kim ham qodir emas, chunki bunda ichki yo’nalganlik xususiyatdan kelib chiqib, e’tibor aytilayotgan so’zlarga qaratiladi. Bunday usuldan barcha «mohir» yolg’onchilar samarali foydalanadilar, bu borada ular nafaqat o’z xatti-harakatlari yo’nalishini, balki boshqa maqsaddagi nutqlarini ham puxta shakllantiradilar. Ko’pchilik munosabatlar darajasidagi axborotlarni aynan o’sha darajada idrok etish, tana harakatlarining ma’nolarini tushunish, o’rganish imkoniyatidan foydalanmaydilar. Shunday qilib, eng ko’p ma’lumot bera oladigan aksariyat axborotlar odatda e’tibordan chetda qoladi. Ba’zan esa ayrim noverbal signallar ongsiz, ichki sezgi (intuisiya) yordamida seziladi. Intuitiv idrok qimmatli, lekin har doim ham ishonchli bo’lmaydi va asosiysi, uning natijalaridan biror ongli harakatni amalga oshirishda foydalanish qiyin. Ong so’zda tasvirlashni (verballashtirishni) talab etadi. Binobarin, kuzatuvchi avvalo ongli idrokni –noverbal signallarni so’zda ifodalashni (ya’ni hissiyo tlarni so’zda ifodalashni) mashq qilishi zarur. Bundan tashqari, kuzatuvchanlik, diqqat va xotirani mashq qildirish natijasida tana harakatlarini tushunish ongsiz darajaga (ammo endi butunlay boshqa sifatda) o’tadi. Bunda har qanday insonni bilishning to’rt darajasi namoyo n bo’ladi: -anglamay bilmaslik (inson nimanidir bilmasligini anglamaydi); -anglab bilmaslik (inson qaysidir sohada bilim olishi zarurligini tushunadi); -anglab bilish (inson kerakli sohasida bilimlarni egallagan); -anglamay bilish (bilimlar qo’llanilgan va muayyan bir sohada ishlash uchun barqaror ko’nikmaga aylangan). Download 468 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling