Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti
Download 468 Kb.
|
JINOYAT ISHLARI BO’YICHA SUD PSIXOLOGIK EKSPERTIZASINI O’TQAZISH
XULOSASud ekspertizasi - fan va texnika yutuqlaridan jinoiy, fuqarolik, xoʻjalik, maʼmuriy protsessda foydalanishning bir shakli. U ishni toʻgʻri hal etish uchun ahamiyatli holatlarni aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. Surishtiruvchi, tergovchi, sudning topshirigʻiga binoan, maxsus bilimlarga ega shaxs (ekspert) oʻziga taqdim etilgan ashyoviy dalillar, voqeaholatlarni tekshiradi. Ekspert tadkiqoti natijalari boʻyicha ekspertning xulosasi tuziladi. Unda espertiza oʻtkazish asoslari, sharoitlari, tekshiriladigan obʼyektlar, hal qilinadigan masalalar, ekspert aniklagan maʼlumotlar bayon etiladi. Ekspertning xulosasi dalillar manbai boʻlib, unda aniklangan maʼlumotlar dalillar sifatida qabul qilinadi. Ashyoviy dalillar va ekspert tekshiruvi uchun olingan namunalar, tirik odam tanasi va uning qismlari, murda, voqea joyidagi holat, hujjatlar Sud ekspertizasi obʼyektlari jumlasiga kiradi. Sud ekspertizasi hal etiladigan masalasi, obʼyekti, predmeta va uslubiyotining umumiyligi boʻyicha kriminalistik, transportmuhandislik, tibbiy va psixiatrik, qishloq xoʻjaligi., ekologik, biologik, iqtisodiy, texnikmuxandislik va boshqa ekspertizalarga boʻlinadi. Har bir turdagi Sud ekspertizasi oʻziga xos uslubiyotga binoan oʻtkaziladi. Sud ekspertizasi quyidagi asoslarga koʻra tuslanadi: ekspertlarning soni boʻyicha — yakka tartibda oʻtkaziladigan va komissiyaviy ekspertizalar; tadqiqotning hajmi boʻyicha — asosiy va qoʻshimcha ekspertizalar; ketma-ketligi boʻyicha — birlamchi va qayta ekspertizalar; qoʻllanadigan bilim sohalarining soni boʻyicha — bir turdagi va kompleks ekspertizalar, obʼyektlar soni boʻyicha — kam obʼyektli va kup obʼyektli ekspertizalar. Sud ekspertizasini tayinlash va oʻtkazish tartibi hamda ekspertning xulosasini baholash qoidalari tegishli protsessual qonunlarda belgilangan. Sud ekspertizasini maxsus tashkil qilingan ixtisoslashgan davlat muassasasi oʻtkazadi. Oʻzbekistonda Sud ekspertizasi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi va uning hududiy boʻlinmalari, Sogʻliqni saklash vazirligining Sudtibbiy ekspertizasi Bosh byurosi va uning hududiy boʻlinmalarida oʻtkaziladi. Bundan tashqari, Sud ekspertizasi boshqa vazirlik va idoralar (jumladan, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi) tarkibidagi boʻlinmalarda ham amalga oshiriladi. Sud ekspertiza muassasasi zamonaviy ixtisoslashgan texnik vositalar bilan jihozlanishi, xodimlarning yuqori malakasi hamda tadqiqotlarni oʻtkazishda maxsus ekspert uslublari qoʻllanishi tufayli bu yerda oʻtkaziladigan Sud ekspertizasining sifati va ishonchliligi taʼminlanadi. Download 468 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling