Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Download 468 Kb.
bet14/21
Sana29.09.2023
Hajmi468 Kb.
#1689941
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
JINOYAT ISHLARI BO’YICHA SUD PSIXOLOGIK EKSPERTIZASINI O’TQAZISH

Ko’zlarning yuqoriga va o’ngga qaratilishi – ko’z bilan yaratish – individ tomonidan hosil qilinadigan vizual obraz yoki manzara xolos. Ya’ni, avvalgi vizual qo’shimchaga yangi qism yoki shakl ketma-ketlikda qayta guruhlashtiriladi yoki undan ajratib olinishi talab etiladi.
Yuqoriga va chapga qarash – ko’z bilan eslash. Bu o’tmish hodisalar, shuningdek, ilgari his qilingan boshqa vizual ta’sirlarning saqlanayotgan vizual obrazlari yoki manzaralarini ifodalashdir.
To’g’riga va o’ngga qarash – nutqiy faktlarni xotirada tasavvur qilish, inson ilgari hyech qachon eshitmagan tovushlarini tasavvur qilishi. Bu suhbat jarayo nini shakllantirish bilan bog’liq bo’lishi mumkin, bunday holatda odam bundan keyin aytmoqchi bo’lgan gaplarini «so’zlarga ko’chiradi».
To’g’riga va chapga qarash – nutqiy faktlarni eslash. Bunda «alifbo harflari», reklama harflari, tovushlar, telefon raqamlari, shuningdek, sheva va so’kinish so’zlarini ma’nodoshlari bilan solishtirish tushuniladi. Ko’pincha qisqa, ohangdor yoki bir maromdagi so’zlar ko’p takrorlanishi tufayli ilgari idrok etilgan nutqiy obrazlarni eslashda ko’z soqqalari ko’p harakatlantirishi kuzatiladi. Axborotdan foydalanishdan avval, shaxs ushbu harakatdan qanday vaziyatda «foydalanganligini» bilib olish muhim.
Pastga va o’ngga qarash – bunda inson hosil qilinishi kerak bo’lgan hissiyo tlardan hamda mavjud hissiy xotiralardan foydalanishi mumkin. Tushkun holatdagi insonda ko’p kuzatiladigan holatni bunga misol qilish mumkin: boshi egik, qo’llari shalviragan, gavdasi butunlay bukilgan, bunday shaxs tom ma’noda o’z hissiyo tlariga sho’ng’ib ketgan. Ayrim individlar uchun pastga va chapga qarash aynan shu ma’noni anglatishi mumkin.
Pastga va chapga qarash – ichki nutq, odatda «chuqur fikrlash» bilan bog’liq jarayon bo’lib, ichki so’z va nutqiy jarayon bilan birga kechadi (o’zimiz bilmagan holda ba’zan turli tovush va xitoblarimizning tashqariga «chiqib ketishi», ko’pincha bunga javoban: «Iltimos, o’zingizcha g’o’ng’illashni bas qiling», – degan javobni eshitamiz. Shaxs o’zini xotirjam sezayotgan paytlarda u kompleks, rasional va mantiqiy tafakkurning tahliliy quroli hisoblanadi. Ushbu holat ayrimlarda pastga va o’ngga qarashda ifodalanishi mumkin.

Download 468 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling