Kurs ishining predmeti O’zbekistonda bugun jinoyatni ochishda sudga oid psixologik ekspertiza o’tkazishning ijtimoiy-huquqiy nazorat shartli ravishda quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirilmoqda:
sudga oid psixologik ekspertizani ilmiy asoslangan holda odilona baholab sodir etilgan holatga va shaxsga xulosa berish;
sudga oid psixologik ekspertizani sodir etilgan jinoyatlar uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan operativ-qidiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud tergovini amalga oshirish bilan bog’liq tadbirlar majmui;
sudga oid psixologik ekspertiza xulosasi sodir etilgan jinoyatlar uchun sud belgilagan jazoning ijrosini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar2.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, jinoiy xatti-harakatlarni kasb qilib olgan shaxslarning ruhiy olamini o’rganish, nafaqat huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini, balki ko’plab olimlarning ham diqqat-e’tiborini o’ziga qaratmoqda.3
Kurs ishining maqsadi. Tadqiqot ishining maqsadiga erishish va ilgari surilgan ilmiy farazni asoslash maqsadida ishni tizimli amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
1. Jinoyatlarni ochishda sudga oid psixologik ekspertizanining zamonaviy usullar tushunchasini,
2. Jinoyatlarni ochishda vujudga kelgan shart-sharoitlarni sudga oid psixologik ekspertizaning ahamiyatini asoslashda,
3. Sudga oid psixologik ekspertizani o’tkazishda jinoyatchi shaxsi psixologiyasini,
4. Sudga oid psixologik ekspertizani o’tkazishda alohida turdagi jinoyatchilar toifasini hisobga olish,
5. Sudga oid psixologik ekspertizani o’tkazishda professional jinoyatchilar va ularning o’ziga xos bo’lgan psixologik xususiyatlari imkon qadar bayon qilish.
Kurs ishining vazifalari. Tadqiqot ishining maqsadiga erishish va ilgari surilgan ilmiy farazni asoslash maqsadida ishni tizimli amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
tadqiqot mavzusiga oid adabiyotlarni tahlilni amalga oshirish;
tadqiqot metodikalarini tanlash va asoslash;
jinoyatni ochishning psixologik usullarini yoritib berish;
jinoyatni ochishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish;
zarur kasbiy va ijtimoiy malakalarni egallashda jinoyatlarni ochish va zaruriy metodlarini qo’llash bo’yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |