Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti
Download 468 Kb.
|
JINOYAT ISHLARI BO’YICHA SUD PSIXOLOGIK EKSPERTIZASINI O’TQAZISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- I-BOB.SUDGA OID PSIXOLOGIYA EKSPERTIZASISINING MUHIM JIHATLARI
Kurs ishining tuzilishi.
Ushbu Kurs ishi kirish, ikki bob olti bo’lim, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilova qismlardan tuzilgan. Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning maqsadi, ilgari surilgan ilmiy faraz, vazifalari, tadqiqotda qo’llanilgan metodikalar, yangiligi, ishning nazariy va amaliy ahamiyati haqida qisqachi ma’lumotlar berilgan. I-BOB.SUDGA OID PSIXOLOGIYA EKSPERTIZASISINING MUHIM JIHATLARI1.1.Sud-psixologik ekspertizasi predmeti va vazifalariHuquqni muhofaza qilish faoliyatida psixologik bilimlar quydagi jarayonlarda qo’llaniladi: shaxsni to’g’ri diagnostika qilish; insonga nisbatan individual yondashish; taktik usul va qarorlarni tanlash va ishlatish; Murakkab savollarning ko’pligi tufayli ushbu bilimlarni tergovchi tomonidan har vaqt ham to’g’ri qo’llash imkoniyati yo’q albatta. Shuning uchun sud-psixologik ekspertizasi belgilanadi va mutaxassis kerakli bilimlarini ishlatgan holda jinoiy ishga tegishli yangi dalillarni qo’lga kiritadi. Psixolog-ekspert so’roq qilinuvchi shaxslarning ko’rsatmalarini to’g’ri yoki noto’g’riligiga oid savollarni hal qilmaydi. Sud-psixologik ekspertizasi predmeti shundan iboratki, bu yerda ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvoh va jabrlanuvchi ko’rsatmalarining to’g’ri yoki noto’g’riligini aniqlash emas. Bu tergov va sudning vakolatlariga kiradi. Sud – psixologik ekspertizasining asosiy vazifasi psixik jarayonlarning kechishi natijasida, so’roq qilinuvchi shaxsning individual xususiyatlariga ko’ra, isbot uchun tegishli bo’lgan faktlarni u tomonidan adekvat qabul qilinishi, eslab qolishi va so’zlab berish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Sud-psixologik ekspertizasi sud-ekspertizalarining bir turi bo’lib u sud ishlarini yuritilishida adolatni o’rnatish vositasi bo’lib hisoblanadi. Qonunda belgilanishicha, ekspertizani o’tkazish majburiydir. Bu jarayon davomida: - o’limning sabablari va tan jarohatlarining xarakterini aniqlash; - ayblanuvchi yoki gumon qilinuvchi shaxslarning psixik holatlarini aniqlash; - o’z harakatlariga javob bera olishiga yoki tartibga solishga qodirligi, guvoh va jabrlanuvchi shaxslarning ruhiy va jismoniy holatlarini aniqlash (bu jarayon jinoiy ishning holatlarini to’g’ri qabul qilish va ular asosida to’g’ri ko’rsatmalar berishda amalga oshiriladi); - ayblanuvchi, gumon qilinuvchi, guvoh va jabrlanuvchi shaxslarning yoshini aniqlash kabi savollar belgilanadi. Tergov ishi bo’yicha quyidagi ekspertiza turlari belgilanadi: sud-meditsina; sud-psixiatriya; sud-psixologik; har tomonlama, ya’ni, sud meditsina, sud psixiatriya, psixologik ekspertizalar. Ekspertizalarning har bir turlari bilan tergovchi yaxshi tanish bo’lishi lozim, chunki bu bilimlar ekspertiza masalalariga oid savollarni hal etishga imkoniyat beradi. Sud-psixologik ekspertizasi-yuridik doirasiga oid savollarni hal etmaydi (ya’ni: ko’rsatmalarning to’g’ri yoki noto’g’riligini aniqlash; jinoyatning motivlari va maqsadi; aybining turlarini belgilashi). Sud-psixologik ekspertizasi – psixik jarayonlarning kechish holatlarini aniqlaydi (ya’ni: qabul qila olish, xotira, tafakkur, tasavvur qilish, sezish jarayonnlarining jihatlari va h.k.) Tergovchi o’zining nuqtai nazari va ish holatiga ko’ra ekspertizani tayinlaydi, chunki har vaqt ham ekspertning yordamiga muxtoj bo’lavermaydi. Lekin undan bosh tortish ham tergov ishiga taalluqli dalillarni yo’qotish bilan teng. Ekspertizani kerakli vaqtda va kerakli yerda o’tkazish lozim. Sud-psixologik ekspertizasini o’tkazish uchun tergovchi quydagi tashkiliy ishlarni olib boradi: o’rganish uchun kerakli bo’lgan obyektni; to’g’ri keluvchi muassasalarni tanlaydi. Ekspert tergovchi sud oldida javob beradi va o’z ishiga baho oladi. Agarda sud-psixologik ekspertizasi natijalari qoniqarli va tushunarli bo’lmasa tergov jarayoni ishtirokchilariga qayta ekspertiza tayinlanishi belgilanadi. Tergovchi va ekspert o’rtasida psixologik munosabatlarning o’rnatilishi muhimdir (bir birini hurmat qilish, ishonish, ishdagi hamkorlik ...). Tergovchi tomonidan ekspertga ta’sir o’tkazish taqiqlanadi. Tergovchi tomonidan quydagi ta’ziq o’tkazish shakillari man etiladi: ekspertga shaxsiy fikrini singdirish; shaxsiy manfaatidan foydalangan holda unga psixologik bosim o’tkazish; ekspertiza muddatini qisqartirish maqsadida o’ta sodda usullarni qo’llashni talab qilish. Ayblanuvchining prosessual huquqlarini ta’minlash va psixologik muhitni qo’llash maqsadida tergovchi ayiblanuvchiga sud-psixologik ekspertizasining o’tkazilish sabablari, uning mazmuni va natijalari to’g’risida tushuntirish ishlarini rolib boradi. Ekspert-psixolog xulosalarining to’g’riligi haqida gap yuri-tish uchun tergovchi o’zi har tomonlama bilimlarga ega bo’lishi lozim. Tergov amaliyoti shuni ta’kidlaydiki, insonlarning hayoti, sog’-lig’i, ozodligi va shaxsiyati, mulki, jamiyat xavfsizligi, jamiyatdagi tartiblarga qarshi jinoiy ishlar, balog’at yoshidagi jinoiy ishlari, yo’l-transport hodisalariga tegishli vaziyatlar sodir bo’lganda sud-psixologik ekspertizasining kerakligi ma’lum bo’ladi. Ko’p hollarda ekspertiza obyektlari bo’lib balog’at yoshdagi qonunbuzarlar bo’lishi mumkin. Odatda, ularning ko’rsatmalariga bu yoshdagi hayolparastlik, boshqa odamlarning ta’siri katta ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Ekspert-psixolog zimmasiga quyidagi obyektiv holatlarni aniqlash yuklaniladi: charchagan hollar; qattiq qo’rquv; katta musibat; depressiya va h.k.lar. Bu holatlar jabrlanuvchining harakatlaridan kelib chiqqan bo’lsa, uning jazosi yengil bo’lishi mumkin. Boshqa tomondan bular orqali jinoyatning tarkibi aniqlanadi. Sud-psixologik ekspertizasini o’tkazish uchun maxsus mutaxas-sislarning ishtiroki kerak bo’ladi (ya’ni ilmiy tadqiqot laboroto-riyalarda ishlaydigan kishilar va h.k.). Chunki zamonaviy tadqiqot usullar orqali sifatli ekspertiza o’tkazilishi lozim. Sud-psixologik ekspertizasi natijalari yozma ravishda rasmiylashtiriladi. Oxirgi vaqtlar ichida majmuali ekspertizalar qo’llaniladi (sud-psixologik–psixiatrik). Bu yerda bir necha mutaxassislarning tizimli yondoshuvi orqali ma’lumotlar yig’iladi. Sud-psixologik ekspertizasini o’tkazish uslubiyoti Ekspert-psixologning diqqat markazida jinoyatchi shaxs gavdalanadi. Demak, bu yerda ekspert-psixolog shaxsning ongi, uning chuqurligi va qilmishiga munosabati, oila va jamiyatdagi o’rni, jinoiy guruhdagi o’rni kabi savollar bilan qiziqadi. Amaliyotda jamiyatga qarshi xulqning uchta shakli belgilanadi: shaxsning jamiyatga qarshi yo’nalganligi; shaxsning jamiyatga qarshi harakat qilishida aniq qarorlarga kelishi; bu qarorlarni amalga oshirishi, ya’ni: jinoiy ish sodir etishi va salbiy oqibatlarning kelib chiqishlari. Ekspert-psixologning ushbu bosqichlarda amalga oshirilishi kerak bo’lgan vazifalari quydagilardan iborat: 1-bosqichda: huquqiy ongi, o’zini o’zi baholashini shakllantirish; real hayotiy qadriyatlarini va ahloqiy normalarini rivojlantirish xususiyatlari; individual-tipologik xususiyatlarini tahlil qilish; 2-bosqichda: shaxsiy xususiyatlarini o’rganish (ya’ni: norma qadriyatlarining yo’nalganligi, xulqiy motivasiyalari); shaxsning individual jihatlarini obyektiv vaziyatlardagi obrazlar bilan taqqoslash va tahlil qilish (ya’ni: hayotiy sharoitlardaga to’siqlarni yengib o’tish); frustrasiyaga bo’lgan munosabatlarini tahlil qilish (ya’ni: motivlarning qoniqtirilishi yoki qoniqtirilmasligi). Shaxsning frustirasiyaga bo’lgan munosabatini ekspert psixolog biografik metod yoki kuzatish metodlari orqali analiz qiladi. 3-bosqichda: subyektning qonunni buzishga bo’lgan munosabati, qilmishini anglash darajasi, stresslar darajasi, shaxsning psixologik jihatdan himoyalanish xususiyatlarini o’rganish. Psixologik muhofaza – shaxsda nizoli holatlarda namoyon bo’lgan xavotir, qo’rquv xissiyotlarini bartaraf qilinishiga qaratilgan jarayondir. Psixologik muhofazaning vazifasi – shaxs ongini salbiy zarar yetkazuvchi hissiyotlardan xalos qilishdir. Bunday muhofaza shaxsning individual - psixologik xususiyatlarini belgilaydi. Shaxs to’g’risida yanada aniq ma’lumotlarga ega bo’lish uchun uyg’unlashgan usullardan foydalanish lozim (eksperimental va noeksperimental). Eksperimental usullarni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak, chunki bu yerda shaxsning psixikasiga e’tibor beriladi. Jinoyatning ichki ko’rinish elementlari quyidagilardir: jinoiy faoliyatning obyektiv ko’rinishi; shaxsning qilmishiga bo’lgan emotsional munosabati; shaxsning intellektual rivojlanganlik darajasi, uning hayotiy va kasbiy tajribasi. Ekspert-psixolog shaxsning jinoyatga bo’lgan emosional munosabati "affekt holatlari"ni tahlil qilib chiqishi lozim (kuchli ruhiy hayajonlarni aniqlash). Bu holatlar asosida ichki nizolar yoritiladi (shaxs va jinoyat o’rtasidagi nizolar). Anketa savollari orqali o’zini-o’zi baholash qay darajada ekanligiga taalluqli ma’lumotlarni yig’ish imkoniyati beriladi (ayrim odamlarning o’zini-o’zi baholashi past, ayrimlariniki baland). Bundan tashqari ekspert psixolog boshqa usullarni qo’llashi mumkin: masalan, shaxsning individual xususiyatlari va aniq vaziyatlarga bo’lgan o’zaro aloqalarini o’rganish, biografik usuli orqali shaxsning aniq vaziyatlarda namoyon bo’lgan xatti-harakatlarini o’rganish. Ekspert – psixolog bunday usullar orqali jinoiy ishga taalluqli muhim ma’lumotlarni olishga muyassar bo’ladi va tegishli xulosalar chiqaradi. Download 468 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling