Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


II-BOB. Sudga oid -psixologiya ekspertizasizasida affekt holatini


Download 468 Kb.
bet7/21
Sana29.09.2023
Hajmi468 Kb.
#1689941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
JINOYAT ISHLARI BO’YICHA SUD PSIXOLOGIK EKSPERTIZASINI O’TQAZISH

II-BOB. Sudga oid -psixologiya ekspertizasizasida affekt holatini

tadqiq qilish.

2.1. Affekt holatining sud-psixologik ekspertizasi.


Sud-psixologik ekspertizasini o’tkazishning markaziy masalalaridan biri — bu jinoyat sodir qilish jarayonidagi affekt holatni diagnostika qilish. Diagnostika qilishning sababi shu holat bilan belgilanadiki, jinoyat qonunchiligi bo’yicha affekt holati (fiziologik) aybni yengillashtiruvchi holat hisoblanadi.
Ko’p hollarda sud-psixologik ekspertizasini o’tkazish, misol uchun odam o’ldirish jinoyatini sodir qilgan shaxs yoki og’ir tan jarohati yetkazgan shaxs shu jinoyatning affekt holatida sodir qilganligi yoki qilmaganligini aniqlashda namoyon bo’ladi, ya’ni bu xildagi ekspertizaning subyekti ayblanuvchi yoki sudlanuvchidir. Bunda shaxs g’azabining affekt, yani jazavalanish psixik holati nazarda tutiladiki, bunday holat shaxsni agressiv faol xatti-harakatlarni amalga oshirishga majbur qiladi.
Affekt holatining shaxs xulqiga tasir kilishi nomusga tegish tergov ishlarini ko’rishda namoyon bo’ladi. Bunda jabr­lanuvchining faol qarshilik ko’rsatmaganlik holati ko’zda tutilgan. Bu holda jabrlanuvchining qo’rkuv holati affektning mavjudligini yoki mavjud emas ekanligini va bunday holat jinoyat sodir qilish jarayonida uning xulqiga qanday tasir ko’rsatishini aniqlashda katta amaliy ahamiyatga ega.
Shunindek, ehtiyotsizlikdan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish jarayonida ham affekt holatini aniqlashga katta etibor berish zarur. Chunki affekt holatining shaxs ongiga tasir qilishi shu xildagi jinoyatlarni sodir qilishga olib keladi.
Masalan, odam o’ldirish yoki zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish jinoyatlari shular jumlasidandir.
Yuqoridagi mulohazalarga asoslangan holda affekt holati­ning sud-psixologik ekspertizasida keng qo’llanish maqsadiga muvofiq degan xulosaga kelishimiz mumkin.
Chunki S.L.Rubinshteynning fikricha, «Affekt bu — tez va birdaniga o’tadigan, portlovchi xususiyatli emosional jarayon bo’lib, bu holat shaxsning o’z harakatiga nisbatan ongli irodaviy nazorat qilishni buzadigan holatdir». Mazmunan affektning xursandchilik, qo’rquv, g’azab va hokazo turlarni ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiq.
Affekt psixologik kategoriya bo’lib, bu holatni maxsus bilimlarga, yani affektiv reaksiyalarning paydo bo’lishi, kechishi, rivojlanishi to’g’risidagi bilimlar bilan qurollangan mutaxassis diagnostika qilishi kerak. Ekspert jinoyatni affekt holatida sodir qilinganligi yoki qilmaganligini aniqlasa, u taqdirda sud va tergovga kuchli psixik hayajonlanish holatiga baho berish va aybni yengillashtiruvchi holat deb topish huquqi beriladi.
Affektning sud-psixlolgik ekspertizasini o’tkazish sudlanuvchi yoki jinoyat qilishda gumonlanuvchining harakatini to’g’ri tasnif qilish (baholash) uchun zarurdir. Bu haqida quyidagi misolni keltirish mumkin.
«Bundan bir necha yil muqaddam qotillik bilan ayblangan ayblanuvchi Ya.ning ishi ko’rilgan. U otasiga 27 marta jarohat yetkazib, uni, o’ldirganlikda ayblangan. Jabrlanuvchi uyida uzluksiz ravishda ichib, janjal ko’targan, xotinini qattiq haqoratlagan, uni va o’g’lini xo’rlagan, ularni o’ldirish bilan qo’rqitgan. Sud majlisida ayblanuvchi quyidagicha ko’rsatma beradi:
«...2 sentyabr kuni otam men bilan akamning orqasidan yana janjal ko’tardi, har galgidek men ularning yonini oldim, otam akamni va meni yana haqoratladi. Mana shu vaqtda onam telefon qilib, kecha ularni otam uydan haydaganini va o’ldirish bilan qo’rqitganini aytdi. Men hayajonlanganimdan va otamning janjalidan qochmoqchi bo’lib tezda uydan chiqib ketdim, albatta bunday voqyealar har doim ham onamning orqasidan bo’lib turardi.
Men uyga qaytib kelganimda otam onam va meni yana haqoratlay boshladi, zo’rg’a o’zimni tutib turdim. Keyin otam menga onang qachon qaytsa to’g’ridan-to’g’ri uni o’ldirishini aytdi. Bu holat yuzasidan nimaki degan bo’lsa, shuni bajarishni uning emosional holatidan sezib turdim. Ishdan qaytganimda o’ldirilgan onamni ko’rishni o’zimcha ko’z oldimga keltirdim. Keyin otamning yuzini va qonni ko’rganimni eslayman. Undan keyin nima bo’lganini eslay olmayman. Men uni nima qilganimni kech sezdim va milisiyaga ketdim. Men uni qasddan o’ldirmadim».
Sud-psixiatriya ekspertizasi Ya. o’z qilmishiga o’zi javob bera oladiganligini takidlaydi, lekin ozgina hayajonlanish holatiga nevrologik reaksiyaga kirib turadi. U tug’ma jarohatni boshidan kechirgan, aqliy (intellektual) rivojlanish qobiliyati jihatidan biroz orqada qolgan va duduqlanish xususiyatiga ega.
Sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga asosan jabrlanuvchiga yetkazilgan jarohatlarning ko’pchiligi o’rinli urilgan, bular haqida aniq avtomatlashgan harakat jarayonida ekanligi bayon qilingan.
Bir necha marta sud psixiatrik ekspertizasining sud jarayonida ko’rsatma berishicha, sudlanuvchining kuchli psixik hayajonlanish holatida ekanligini aniqlash masalasi sud-psixologik ekspertizasiga, yuklatilgan, bunda himoyachi Ya. ga nisbatan sud-psixologik ekspertizani tayinlash haqidagi talabnoma kiritilib ushbu savolga javob berishni so’raydi:
1. Ya. ning oliy nerv faoliyatining xususiyatlari va tiplari;
2. Uning psixikasiga tug’ma jarohatlarning tasiri bormi va ularning oqibatlari mavjudmi;
3. Tug’ma duduqlanish va janjal boshlanish bilan tezda uning ogzaki fikrining susayishi o’rtasidagi munozaralarning o’zaro tasiri.
4. Uzoq davomli jarohatlovchi psixologik muhitlar va jinoyat sodir qilishdagi yaqqol holatlar, hodisalar.
Himoyachining talabnomasi quyidagi asos bo’yicha rad etildi, yani sud-psixologik ekspertizasi sudda o’tkazilmaydi. Hukmda sudlanuvchining birdaniga kuchli psixik hayajonlanish natijasida harakat qilmaganligi ko’rsatilgan. Bu xulosa quyidagicha asoslangan, yani otasining onasini o’ldirish haqidagi qo’rqitish, haqoratlash va janjallar oldindan va uzluksiz ravishda bo’lib turgan va bular sudlanuvchi uchun hech qanday yangilik emas.
Shunday qilib, bu muhim jabhalar sudlanuchi harakatini klassifikatsiya qilish uchun hamda psixik holatlarni tiklashda obyektivlikka erishish maqsadida ularning qarorida ekspert psixologik ekspertizaga qatnashtirish masalasini qo’yish zarur. Sudlanuvchining kuchli psixik hayajonlanish holatini birdaniga kelib chiqqanligini sud-psixologik ekspertizasi jarayonida ekspert psixologlar tomonidan tasdiqlanishi, sudning o’z xulosasini o’zgartirishga olib kelishi lozim va sudlanuvchi harakatining yuridik tasnifini o’zgartirishga olib keladi.
Fiziologik affektning informativ belgilari
Uzoq yillar davomida «Ayblanuvchi jinoyat sodir qilayotgan vaqtida affekt holatida bo’lganmi?» degan savol yuristlar tomonidan mustaqil, mutaxassislar yordamisiz hal qilinar edi. Bu borada sud-psixiatrik ekspertizasining imkoniyatlari cheklanganligi hisobga olinmasdi.

Download 468 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling