Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


O’limdan keyingi sud-psixologik ekspertiza


Download 468 Kb.
bet6/21
Sana29.09.2023
Hajmi468 Kb.
#1689941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
JINOYAT ISHLARI BO’YICHA SUD PSIXOLOGIK EKSPERTIZASINI O’TQAZISH

O’limdan keyingi sud-psixologik ekspertiza
O’limdan keyingi sud-psixologik ekspertizani o’tkazish zaruriyati turli toifadagi jinoiy ishlarni tergab-tekshirishda paydo bo’lishi mumkin. Avvalo u O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 173-moddasini suisid holatida o’zini o’zi o’ldirishga olib borish) qo’llanish masalasi ko’ndalang bo’lganida o’zini o’zi o’ldirgan shaxslarga nisbatan o’tkaziladi.
Amaliyotda bunday toifadagi ishlarni tergab tekshirish, ko’pincha harbiy prokuraturalar tergovchilari bilan harbiy xizmatchilar o’rtasidagi o’zini o’zi o’ldirish faktlari bo’yicha shug’ullanadilar. O’limdan keyingi psixologik ekspertiza tergovchi tomonidan o’zini o’zi o’ldirish deb niqoblanadigan ehtimol tutilgan qotillik yoki qotillik sifatida niqoblanadigan o’zini o’zi o’ldirish haqidagi taxminlarni ishlab chiqayotganida zo’ravonlik bilan odam o’ldirish faktlarini tekshirishda tayinlanishi mumkin. Bunday ekspertiza xulosasi, shuningdek, zarur hollarda o’zini o’zi o’ldirish bilan baxtsiz hodisa ro’y bergan holatlaridagi shaxslarga nisbatan o’gkazilgan ekspertiza natijasidagi o’limni farqlashga yordam berishi mumkin. O’limdan keyingi psixologik ekspertizani o’tkazishni zarur qiladigan shart-sharoitlar rang-barangligiga qaramay hamisha xam halok bo’lgan odam uning obyekt hisoblanadi va ekspertlar quyidagicha bir turlarni vazifalarni hal qiladilar:
• halok bo’lgan shaxsning individual psixologik o’ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish;
• halok bo’lgan kishining o’limidan oldingi davrdagi psixik holatini tadqiq etish; uning o’zini o’zi o’ldirishga maylli bo’lganligi yoki bo’lmaganligi hakidagi masalani hal qilish;
• halok bo’lgan kishida uning o’zini o’zi o’ldirishiga olib kelgan psixik holatining sabablarini va rivojlanish shart-sharoitlarini o’rganish.
Ekspert-psixologlarga savollar quyidagi tarzda havola qilinishi mumkin:
1. Halok bo’lgan kishining individual psixologik o’ziga xos xususiyatlari qanday va ular uning o’limi holatida kay tarzda yuzaga kelgan?
2. Halok bo’lgan kishi o’limidan oldingi vaziyatda o’zini o’zi o’ldirishga olib keladigan psixik holat yuz berganmi va agar shunday bo’lsa, bunday holatning sababi nimada ekan?
Mutaxassislar ekspertizaning bunday turini eng murakkab va masuliyatli turlar qatoriga kiritadi, chunki ekspertlar yuzma-yuz eksperimental psixologik tekshirish imkoniyatiga ega bo’lmaydilar. Odam o’lib ketgan, lekin uning obrazi, shaxsi, psixo­logik maqomini qayta yaratish, uning ichki dunyosi fikrlash tarzi, dunyoni sezishini qayta tiklash va tadqiq etish lozim, chunki uning olamdan ko’z yumishining sabablarini aniqlash yoki bunday sabablarning bo’lmaganligini qayd qilish kerak. Ekspertlar vazifalarining hal etilishi butunlay tergov jarayonida to’plagan jinoiy ish materiallariga asoslanadi va ekspertlar xulosalarining asosliligi, ishonchliligi va samaradorligi ularning sifatiga, to’liqligi va obyektivligiga bog’liq bo’ladi. Bunday ishlarni tergab-tekshirishda ekspert guvohlarni so’roq qilishda bevosita ishtirok etishi, ekspertga ekspertiza doirasida halok bo’lgan kishining qarindoshlari, do’stlari va yaqinlarini so’rab-surishtirish imkoniyatining berilishi ancha foydalidir.
Bunday ekspertizani o’tkazish uchun tayyorlangan jinoiy ish materiallari nafaqat halok bo’lgan kishini bilgan shaxslarning ko’rsatmalari, uning xatlari, yozuv daftarlari, shaxsiy kundaliklari, yozishmalari, shuningdek, agar mavjud bo’lsa o’lgan kishining ijodiy namunalari sur’atlari, she’rlari, nasriy asarlari va shu kabilar ham o’z ichiga olinishi kerak. Magnitli manbalar — audiozapis va videokasseta hamda videoroliklardagi malumotlar yana kompyuter va disketalar xotirasida muhim axborotlar qolishi mumkin. Ekspertlar savollarga asosli javob berishi uchun halok bo’lgan kishining shaxsi, xarakteri, hissiy ta’sirlanishining o’ziga xos xususiyatlari, nizoli vaziyatlardagi o’zini o’zi tutishi, shuningdek, tergalayotgan hodisa, voqea arafasida o’lgan kishining tevarak-atrofidagi vaziyat, psixologik muhit uning bu holatga munosabati haqida imkoni boricha to’liq va aniq malumotlar to’planishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotchilarning fikricha, o’zini-o’zi o’ldirish shaxsning ijtimoiy-psixologik jihatdan ko’nika olmasligi oqibati hisoblanadi, bunday vaziyatda odam vujudga kelgan shart-sharoitlarda bundan keyin yashash uchun imkon qolmadi, deb hisoblaydi. Bunday vaziyatning vujudga kelishining ko’plab sabablari mavjuddir. Masalan, shaxsning ko’nika olmay qolish holati jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik davrlarida obyektiv ko’payadi, bu o’zini o’zi o’ldirish hollari statistikasida o’z aksini toptan. Ayniqsa, «orzu-umidlardan xalos bo’lish davri og’ir davr hisoblanib, bunda ijtimoiy-psixologik yuksalishning o’rnini inqiroz egallaydi, bu ijtimoiy-psixologik ong tang-ligini chuqurlashtiradi, jamiyat a’zolariga og’ir ta’sir qiladi va uning birmuncha zaif a’zolarining hayotdan ixtiyoriy ko’z yumishiga ko’maklashadi. Inqirozni o’z boshidan kechirayotgan va taraqqiyot istiqbollariga ega bo’lmagan jamiyatda bunday hol ko’p uchraydi. Rossiyadagi manzara bunga misol bo’lishi mumkin: 2004 yilda 81417 nafar kishining suisid (o’zini o’zi o’ldirish) holati qayd qilingan (100 ming nafar aholiga taxminan 32 tadan) — bu Yevropa, AQSh va Kanadani ham qo’shib hisoblagandagi butun g’arb dunyosidagi bunday hollardan ko’p deganidir.
Qayta qurishning dastlabki yillarida yaxshi o’zgarishlar bo’la-yotgan bir davrida o’zini o’zi o’ldirish hollari kamaya boshladi, lekin 1989-1990 yillarda, kartochkali tizim amal qilgan vaqtda bunday hollar yana ko’paydi. Hozirgi vaqtda 100 ming aholiga 38 ta holat to’g’ri keladi. Bunday vaziyatda ijtimoiy himoyalanmagan shaxslar va boshqalarga nisbatan ko’proq depressiyaga, tushkun-likka tushadiganlar, ishonchsizlik hissi ko’proq rivojlanadi-ganlar, boshqalardan ko’ra zaifroq, ko’p ta’sirlanadigan, o’ziga ishonmaydigan, shubhalanadigan, atrofdagilarga qaram kishilar vaziyatga moslasha olmaydilar. Yetarlicha qayishqoq bo’lmagan, murosasiz, o’z-o’ziga nisbatan haddan ortiq talabchan kishilar ham bunday vaziyatda zaiflasha boradi. Og’ir kasallik, hayotdagi mag’lubiyatlar, yaqin kishisini yo’qotish oqibatida ham qatiy ko’nika olmaslik holati paydo bo’lishi mumkin. Har qanday holatda ham shaxsning ijtimoiy-psixologik ko’nika olmasligining og’irligi va chuqurligini baholashda uchta tarkibiy qism ko’rib chiqiladi:
• odatiy hayotiy sharoitlarning jiddiy tuzilishi;
• odamning ularni talqin qilishi (hayotiy halokat, chiqib bo’lmaydigan vaziyat, shaxsning falokati yoki og’ir, lekin o’tib ketadigan epizod);
• moslashish uchun kuch-g’ayratlarni namoyon qilish hoxishi yoki bunga tayyorlik (hayotdan charchaganlik, «hayotni yana qaytadan boshlash»ni istamaslik, bu to’g’rida o’ylashdayoq noxushlik sezish yoki hayotiy yo’nalishlarni qayta ko’rib chiqib, o’zini o’zi qo’lga olishga tayyorlik, vaziyatni o’z nazorati ostida olish).
O’zini o’zi o’ldirishlar o’z ahamiyatiga va psixologik sabablariga ko’ra bir-biridan farqlanadi. Ularning negizida ko’pincha ongli yoki ongsiz tarzda yaqin kishilarning his-tuyg’ulari yoki jamoatchilik fikridan hamdardlikka ehtiyoj sezish, atrofidagi kishilardan yordam olishga intilish yotgan bo’ladi. Bunday holda o’zini o’zi o’ldirish harakatlari namoyishkorona tuya olib, haqiqiy yoki shantajli harakatdan iborat ekanligi kuzatiladi. Ular ko’pincha odamlarning ko’zi oldida yoki kimdir kelishiga bir necha daqiqa qolganida sodir qilinadi, ularning usullari ko’pincha jiddiy xavf tug’dirmaydi — bir necha tabletka dori ichilishi, teri hamda vena qon tomirlarining biroz kesilishi, yupqa yoki zeki arqon ishlatilishi, eshiklar ochiq holida qoldirilishi mumkin.
Suisid xatti-harakat, ziddiyat vaziyatdan chiqishning (bahsdagi oxirgi, tortishilmaydigan dalil sifatida) mantiqqa zid tus olishi mumkin, u bunda yolg’izlik, og’ir yo’qotish va shu kabilar oqibatida o’zini o’zi o’ldirishni amalga oshirayotgan odamning hayotdan butunlay yiroqlashishidan farqli ravishda o’zini o’zi o’ldiruvchining hayot bilan uyg’unligini bilvosita anglatadi. Oxirgi holatda omon qolishga imkon qoldirmaydigan qo’pol va ishonchli usullar tanlanadi. Tadqiqotchilarning fikricha, muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilar o’rtasidagi o’zini o’zi o’ldirishlar asosida harbiy jamoadagi o’ziga xos turmush sharoitlariga moslashishning nomuvofiq taktikasi yotadi. Bu o’rindagi o’zini o’zi o’ldirishlarning 76% xizmatning dastlabki yarim yilligiga, faol ko’nikish davriga to’g’ri keladi. Yosh askarlar qat’iy armiya tartibiga, jismoniy yuklamalarga, shaxsiy erkinlikning cheklanishiga, «qariyachilik» kabi salbiy hodisalar mavjud bo’ladigan, ayrim harbiy xizmatchilarning o’zini o’zi qaror toptirishi qo’pol jismoniy kuch ishlatilishi, axloqiy-psixologik tazyiq o’tkazilishi ehtimoli mavjud yopiq harbiy jamoaga moslashishga majbur bo’ladilar. Nizoli vaziyatlar vujudga kelganida yosh askarlar ko’pincha raqobatchilik taktikasini tanlashsa ancha noqobil va shu sababli oqibatda o’z joniga o’zi qasd qilishga olib boradigan usullarni ko’zlashadi. Xarakterida senzitiv-shizoid xususiyatlar: mahdudlik, indamaslik, norasmiy munosabatlarni o’rnatishga qiynalish, guruhli faoliyatga emas, balki ko’proq individual faoliyatga moyillilik, kamtarlik, osoyishtalik, shiddat va tajovuzkorlik darajasining pastligi, hissiyotning kuchliligi, jizzakilik ustunlik qiladigan shaxslarning armiyada ko’nikishi goyat murakkab kechadi. Ular o’zlarining intizomliligi, ijrochililigiga qaramasdan jamoada past maqomga ega bo’ladilar, xizmatdoshlari o’rtasida ommaviylasha olmaydi, kichik uyushgan guruhlarga kirmaydi, faqat bir-ikkita xizmatdoshlari bilan birmuncha yaqinlashadi, hatto ular do’st-o’rtoq orttira olishmaydi, sardorlari e’tiborini o’zlariga jalb qila bilmaydi. Pirovard natijada bunday holat emosional izolyasiyaga, jamoa va ayrim harbiy xizmatchilarning ularni qabul qilmasligi, ajralib qolish va tajovuzga uchrashiga olib keladi. Bo’linmada samarali tarbiyaviy ma’naviy-ma’rifiy ishlarning kam olib borilishi bunday askarlarda depressiv (tushkunlik), frustrasiya (g’amginlik) hamda shok (ilojsizlik) holati kuchaya boradi, o’zini o’zi baholash va o’zini o’zi hurmat qilish susayadi va bu o’zini o’zi o’ldirish uchun qaror qabul qilinishiga bosh sabab hisoblanadi. Halok bo’lgan shaxs, haqida axborot to’plaganda uning bolaligidagi psixik rivojlanishi, maktabdagi o’zlashtirshmi, ota-onasining uydagi o’zaro munosabatlari tusiga doir ma’lumotlarga alohida diqqat, e’tibor qilish kerak, ayniqsa, o’smirni o’zini o’zi o’ldirshpni tergab-tekshirish jarayonida buni unutmaslik lozim. Harbiy xizmatchining suitsidal (o’zini o’zi o’ldirish) holatida halok bo’lgan shaxsni armiyaga chaqirilishdan avvalgi hayotini tavsiflaydigan materiallar zarur. Ekspertizadan o’tkazilayotgan shaxsning bolalikdagi psixik rivojlanishi yuzasidan exspert-psixologlar quyidagilarni bilishi muximdir:
ekspertizadan o’tkazilayotgan shaxsning tug’ilgan vaqtida uning onasining yoshi;
• homiladorlik xohlab, rejalashtirib amalga oshirilganmi;
• homiladorlikning kechishi, tug’ish asoratlari;
• dastlabki o’sishida, yura boshlashda, so’zlashida qiyinchiliklarga uchraganmi;
• fe’l-atvorning o’ziga xos xususiyatlari, hayajonlanish, yig’loqiliq, passivlik, tez-tez jazavaga tushish, tungi qo’rqishlar, somnambulizm (tushida yurish), tungi enurez (siydikning tutilmasligi), duduqlik va h.;
• bolaligida kim tomonidan tarbiyalanganligi, tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari;
• onasi bilan uzoqlashishlar bo’lmaganmi;
• ota-onasining xarakter xususiyatlari, ularning tarbiyaviy uslubi;
• ota-onadan ajralganmi, necha yoshida, qanday sababga ko’ra;
• maktabgacha bolalar tarbiya muassasalariga borganmi, bu to’g’rida tarbiyachilarning fikrlari;
• maktabda o’qishni boshlagan vaqti (yakuni);
• o’zlashtirish va uning dinamikasi, pedagoglarning fikrlari;
• qaysi fanlarni oson o’zlashtirgan, qaysilari qiyinroq kechgan;
• maktabdan tashqari vaqtdagi mashg’ulotlari;
• pubertat («qiyin») yoshdagi o’ziga xos xususiyatlari, xarakteridagi o’zgarishlar, uyidan qochib ketishlar, mashg’ulotlarga bormasliklar uchraydimi, chekish, ichimlik ichish, giyohvand moddalar iste’mol qilish, erta jinsiy aloqada bo’lishlar va shu kabilar mavjudmi;
• do’stlari, oshna-og’aynilari doirasida, psixik muloqotda bo’lish shakllari, o’smirning yaxshi kurgan odamlari va ideallari;
• kelgusiga munosabat, kasbiy yo’nalish, reja, niyatlarning turi, ularning mustaqilligi, realligi, barqarorligi;
• harbiy xizmatga munosabat: xizmat qilishga xohishi mavjudmi, qaysi qo’shin turida xizmat qilishi xohlagan va h.x.
Halok bo’lgan kishining fe’l-atvori, xarakteri, emosional holati o’ziga xos xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni uni bilgan shaxslarning kuzatuvlaridan olish mumkin. Bunda biz uning quyidagi jihatlari qanday bo’lganligiga e’tibor qilishni tavsiya qilamiz:
• tashki ko’rinishi: saranjom-sarishta, pala-partish, ko’zga tashlanmaydigan, qaltis, o’z yoshiga mos, yoshidan kichikroq, kattaroq ko’rinishi mumkin;
• uning yuziga xos ifodasi: osoyishta, so’ppaygan, bo’shashgan, qayg’uli, g’ayratli, jizzaki;
• o’zini tutish: bemalol, erkin, befarq, namoyishkaroia, artistona, surbetlarcha, o’rtadagi farqni mensimaslik, siqiluvchan, asabiy, tortinchoq, senzitiv;
• nazari: yorqin, so’niq, sovuq, o’tkir, ochiq, zimdan, keskin, qamrovli, ehtiyotkorona, boshqa tomonga, past, qochirib;
• yig’isi va ko’z yoshlari: tez-tez yiglaydi, qandaydir hodisalarni eslatganda ko’zlari yoshga to’lib ketardi, o’zini tuta bilishligi bilan ajralib turardi;
• kulishi: tortinchoq, ochiqchasiga, kinoyali, ahmoqona, sirli, bir xil emas;
• harakatlari va imo-ishoralari: o’ziga xos xususiyatlarsiz, g’ayritabiiy, ohista, beso’naqay, hovliqma, imo-ishoralarsiz, harakatlar tez-tez qaytariladi;
• tovushi: sekin, baland, yuqori, past;
• nutq ohanglari: o’ziga xos xususiyatlarsiz, g’azabli, jahldor, jizzaki, qat’iy, talabchan, yumshoq, shikoyatli, alamli, iltimosli, quvnoq;
• nutqning mahsuldorligi: qisqa-lo’nda, kamgap, ko’p gapiradigan, oddiy;
• nutq sur’ati: sustlashgan, tanaffuslar bilan, jadal, normal;
• nutqning o’ziga xos xususiyatlari: ayrim iboralarni tez-tez takrorlash, erkalatish va qisqartirilgan qo’shimchalarni ishlatish, jargon, «begona so’zlar»;
• aloqaga kirishuvi: aloqaga birinchi bo’lib, oson, tez, xohish bilan, qiyin, o’zini tutib, ehtiyotkorona, kirgan, biroz kuttirib, ko’pincha o’rinsiz yoki mohiyatiga qaramay javob bergan;
• emosional-irodaviy holati: qo’rqoq, qayguli, g’amgin, zerikarli, erinchoq, o’zgaruvchan, jizzaki, jahldor, uyatchan, agressiv, serzarda, passiv, tushkun, optimist, quvnoq, sho’x, yuqori kayfiyatli, jo’shqin, tashabbuskor, tirishqoq;
• diqqat-e’tibor: kuzatuvchan, parishonxotir, tez chalg’iydigan, o’ziga xos xususiyatlarsiz;
• xotirasi: o’tkir, yaxshi, yomon, o’ziga xos xususiyatlarsiz;
• fikrlashi: izchil, yuzaki, fikrini yo’qotib qo’yadi, ziyrak, ixtiroli, kaltafahm, ezma, tez-tez aniqlashtiruvchi, ortiqcha detallashtirish.
Shuningdek, halok bo’lgan kishining salomatligi qanday bo’lganligi, qanday kasalliklarni boshdan kechirganligini ham aniqlash zarur. Ayniqsa, ushbu hodisadan oldin u nimadan shikoyat qilgani, uyqusizlikni boshdan kechirgan-kechirmagani, qanday holatda uyg’onganligini bilish muhim.
• Shubhasiz, halok bo’lgan kishining dindorlik darajasi, uning kasbiy dinamikasi, har xil muammolarning borligi: ichimlikka oid, moliyaviy, xizmatdagi, kriminal, shaxsiy muammolar va uning ularga munosabati ham qiziqish uyg’otadi. Agar halok bo’lgan kishining psixik jihatdan to’liq normal, sog’lom odam bo’lmaganligi — bosh miyasi lat yegan, fe’l-atvorida g’alati qiliqlar bo’lgan bo’lsa — taxmin qilinsa, unda kompleks psixolog-psixiatrik ekspertizani tayinlash kerak bo’ladi. Suisid genezisida oila-odamning eng yaqin ijtimoiy tevaragining rolini hisobga olmay bo’lmaydi. Er-xotin o’rtasidagi, ota-ona bilan bolalar o’rtasidagi oilaviy o’zaro munosabatlar, xarakteri shaxsning ijtimoiy-psixologik ko’nika olmasligining rivojlanishida katta rol o’ynaydi. Oila ichidagi psixologik muhit shaxsning o’zini o’zi o’ldirishga olib keladigan vajlarini bosib, susaytirib qo’yishi va ularni kuchaytirishi, hatto shunga olib kelishi ham mumkin. Suisidologlar o’zini o’zi o’ldirishga olib kelishi mumkin bo’lgan quyidagicha oilaviy omillarni ko’rsatishadi:
• ilk bolalikda otasizligi;
• oilada onaning bolaga mehribonligining kamligi;
• ota-ona obro’-e’tiborining yo’qligi;
• oiladagi munosabatlarning matriarhal uslubi;
• katta yoshdagi zaif oila a’zosining haddan ortiq qattiq qo’lligi, uning bolani qattiq urushib-koyib va tan jazolari orqali o’ziga bo’ysundirishga urinishi;
• ajrashgan oilalar;
• ota-ona yoki yaqin qarindoshlar suisidni yoki suisidial holat va urinishlarni amalga oshirgan oilalar.
Shu bilan bir qatorda, oilalarning muayyan ijtimoiy-psixo­logik tiplari ham ajralib turadiki, ulardagi o’zaro munosabatlar uslubi o’zini o’zi o’ldirish yuzasidan potensial xavf tug’diradi. Ularga quyidagilar kiradi:
1.Dezintegrasiyalashgan oila tipi, ular a’zolarining ajralganligi, munosabatalarning rasmiyligi, shaxslararo emosional aloqalarning yo’qligi ularning xarakterli o’ziga xos xususiyatlari hisoblanadi; qisman dezintegrasiyalashgan, kimdir unga qarshi birlashgan qarindoshlari qarshisida yolg’iz bo’lib ajralib qolgan oilada g’oyat xavfli vaziyat vujudga keladi.
2.Dezintegrasiyalashgan oilaning qarama-qarshisi bo’lgan superintegrasiyalashgan oila tipi, unda oila a’zolarining shaxsiy avtonomligi (mustaqillik) hislari buziladi, ular bir-biri bilan shunchalik «Kirishib» ketishganki, ayrim, aloxida holda yashashni tasavvur ham kila olishmaydi; bunday oilada bir a’zoning o’limi boshqa a’zoning mutlaqo nochorligini ochib qo’yadi.
3.Disgarmonik oila tipi, u uning a’zolari maqsadlari, ehtiyojlarining bir-biriga bog’liq emasligi, hammaning ham birlik va totuvlikni so’zlab yashamasligi, o’zlarining manfaat-lari va urf-odatlaridan voz kechishni xohlamasligi bilan tavsiflanadi. Bu yerda qabul qilingan me’yorlarga rioya qilinishi majburiy tusga ega, kimdir uchun frustrasiya bilan bog’liq. Bir a’zoning boshqa a’zoga o’z odatlarini doimo majburlayverishi, fe’l-atvorni o’zgartirishni talab qilish, uni uning uchun maqbul kelmaydigan hayotiy yo’nalishlarga muvaffaq yashashga majburlash bunday oilada xavfli vaziyatni keltirib chiqarishi mumkin.
4.Yopiq o’ziga to’q oila tipi, uning a’zolari uchun oila asosiy kuch-g’ayratlarni sarflaydigan soha, yagona hayotiy mazmun hisob­lanadi, boshqa hamma narsa — ish, oiladan tashqari muno­sabatlar va hkz. Faqat oiladagi farovonlikni ta’minlash va tutib turish vositalari bo’lib hisoblanadi. Hayotiy faoliyatning asosiy sohasi oiladagi qandaydir tanglik uning a’zolari uchun suisid xavfi soladigan vaziyatni keltirib chiqarishi mumkin.

Download 468 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling