Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Download 468 Kb.
bet8/21
Sana29.09.2023
Hajmi468 Kb.
#1689941
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
JINOYAT ISHLARI BO’YICHA SUD PSIXOLOGIK EKSPERTIZASINI O’TQAZISH

Fiziologik affekt psixik holatdan chiqmagan holda, kutilmagan tarzda qisqa vaqt oralig’ida katta kuch bilan sodir bo’lib, psixologiya doirasida o’rganiladi. Normal affekt bilan patologik effekta oralig’idagi farqni ko’rsatish uchun sog’lom odamdagi neyrodinamik jarayonni asos qilib olish tabiiy holdir.
Birlamchi affektning sabablarini kuzatish orqali fizio­logik holdagi psixologik tabiiylikni ko’rish mumkin, shuning uchun ham tahlil qilinayotgan psixik holatni psixologik affekt deb atash maqsadga muvofiq.
Hozirgi zamon psixologiya adabiyotlarida «affekt» tushunchasi hyech bir to’ddirishsiz aniq ifodalanishiga ega.
Keltirilayotgan mulohazalar shuni ko’rsatadiki, fiziologik affekt sud-psixologik ekspertizasiga taalluqli bo’lib, buning dalili sifatida patologik va fiziologik affekt oralig’idagi farqni yotig’i bilan ko’rib chiqishi masalasi yotadi.
Psixiatriyada patologik affekt shunday xarakterlanadiki, u o’tkir qisqa muddatli psixik buzilish jarayoni bo’lib, alohida favqulodda to’satdan paydo bo’luvchi va mujassamlashtiruvchi holatdir, yani:
1. Ong doirasini chuqur chalkashtiruvchi, qaysiki qorong’ulashtiruvchi holat tug’ilishiga yo’naltiradi;
2. Avtomatik harakat bilan tezkor dvigatelli hayajonlanish;
3. To’la va qayta sodir etilgan amneziyaning harakatlari va hokazo.
Patologik affekt holati bezovtalanish kechinmalarning intensivligi bilan ajralib turadi, lekin shu holatda sodir qilinayotgan harakat katga tasir qiluvchi kuchga ega bo’ladi. Ko’p hollarda patologik affektning qiziqqonligi ko’p yoki kam, uzoq muddatli chuqur uyqu bilan tugallanadi.
Shunday hollarda patologik affekt mazkur jarayondagi psixikaning kasallik holati bo’lib hisoblanadi, shuning uchun ham bu holat psixiatr bilan vrach tomonidan to’g’ri baholanishi va tekshirilishi lozim. Patologik affekt holatida noqonuniy xatti-harakat sodir etgan shaxs, psixik kasal ekanligini sud psixiatrik ekspertizasi to’g’ri tan oladi.
Psixologiyada affekt deb «kuchli va shunchaki qisqa muddatli emosional hayajonlanish paydo bo’lishi tushuniladi». Bunday vaziyatlarda psixik holatlar almashinuvi deb baholanadi, lekin ularda hasatlik belgilari bo’lmaydi.
Affekt holatini yuzaga kelishining ikki xil sababi bo’lishi mumkun.
Birinchidan, bu holat odamning hayotiga xavf tug’diruvchi biologik instinktiga va ehtiyojiga bog’liq ravishda, masalan, bevosita yoki bilvosita hayotga tatbiq qilish.
Ikkinchidan, affekt uni o’rab turganlarning harakati ularning mulohazalari, ijtimoiy baholari, uning shaxsiga qattiq shikast yetkazuvchi insonning o’zini-o’zi baholashiga tasir ko’rsatuvchi omillar bilan yuzaga keltirish mumkin. Ma’lumki, affektni, majburlash yoki shaxsni qattiq haqorat qilish yo’li bilan yuzaga keltirish aksariyat hollarda uchraydi.
Yuqoridagi mulohazalardan ko’rinib turibdiki, affekt faqat (spepesifik) o’ziga xos xususiyatlari bor bo’lgan vaziyatlardagina yuzaga keladi, xolos. Ushbu omilni tasdiqlovchi bir talay materiallar mavjud.
Yuridik adabiyotlarda haqqoniy ravishda ko’rsatiladiki, mana shu vaziyat subyektning hayolida emas, balki uning o’ngida paydo bo’lishi shart.
Affekt har doim bir zumda paydo bo’lish xususiyati bilan tavsiflanadi, chunki u birinchi bor insonga tasir qilgani uchun unda ko’zg’atuvchilar affektli munosabatni yuzaga keltiradi.
Bazida affektli portlash tayyorlovining shartlaridan biri -affektli munosabatni keltiruvchi takroriy vaziyat bo’lib hisoblanadi.
Aynan takroriy vaziyat kechinmalarning rivojlanishiga, keyinchalik esa affektiv portlash sodir bo’lishiga olib keladi.
Buning asosiy manosi shundan iboratki, oxirgi vaziyatlarda g’ayriqonuniy harakatlarni sodir qilgan shaxs favqulodda affekt holatida bo’ladi. Sud, tergov amaliyotida shunday holatlar malumki, jinoiy xatti-harakatlar, qachonki jabrlanuvchi tomonidan ko’p marta va takror sodir etilgan haqoratlardan so’ng sodir etilishi kuzatiladi.
Bundan ko’rinib turibdiki, jabrlanuvchi o’zining harakatini oxirida qo’pol va haqoratli harakatlar sodir qilishi mumkin, lekin bu harakatlarning o’zi affektning «oxirgi tomchisi» sifatida kelib chiqishiga sabab bo’lshpi aksariyat hollarda uchraydi.
Shunday qilib, fiziologik affekt, yani jismoniy affekt birlamchi yoki bir marotabalik «affektogen» holatlarining paydo bo’lishi natijasida asta sekinlik bilan affekt kechinmalarining to’planishida vujudga keladi.
Affekt ongning funksiyasini yo’qolishini keltirib chiqarmaydi. Shuning uchun inson o’z xatti-harakatini eslaydi, bazida bu harakat yoki harakatning ba’zi bir elementlari esdan chiqib qolishi mumkin.
Fiziologik affektning informatik belgilari quyidagichadir:
1. Ongning torayishi affektning chuqurlashuviga olib keladi. Bunday holatlarning vujudga kelishi ong doirasining chegaralanishi jarayonlarida aniqlanadi. Bundan tashqari, vaziyatni nazorat qilish tartibining buzilishi bilan ham yuzaga kelishi kuzatiladi.
Asosiy etibor zo’riqish manbaiga va u bilan bog’liq bo’lgan elementlariga qaratish maqsadga muvofiq.
Ongning emosional harakatidan, insonni haqoratlash, o’ta qanoatsizlanishdan tashqari ba’zi bir harakatlar bilan to’ldiriladi, konflikt, nizoli vaziyatlarning qabul qilinishi biroz o’zgaradi. Mazkur holat saylanma fragment bo’lib qoladi, ochiq bog’lanmaganlik bir vaqtdalik holatini yo’qotadi. Dastlabki tergov hamda ekspertizada ayblanuvchining «hisoboti» dan malumki, uning xatti-harakatlari ongidagi fikrini aniq belgilaydi, u ish uchun ahamiyatli elementlarni qabul kilmaydi va anglamaydi.
Fiziologik affekt o’zini o’zi anglashni o’ta buzilishining ko’rsatkichlari bo’lib, affektni o’rab turgan derealizasiya (qayta amalga oshirishning) belgilari xisoblanadi, ularning mavjudligi affektni differensiallashtiradi (tabaqalashtiradi).
Ongning torayishini tashqi belgilaridan biri — oriyentirov­ka qilishning (bilish jarayonlarining) pasayishi, atrof-muhitga ko’r-ko’rona jahl va sezgirlikning kamayishi hisoblanadi. Ayblanuvchilar ko’pincha o’z jarohatlariga etibor qilmaydilar, xavfli to’sqinliklarga e’tiborini qaratmaydilar, atrofdagilarni tan olmaydilar, maqsadga erishish uchun hech narsalarga etibor bermasdan to’g’ridan-to’g’ri harakat qiladilar.
2. Xulq-atvor va faoliyatning buzilishi. Buzilish jarayoni ong funksiyalarining chetga og’ishida, o’ta qaysarlik va harakatning stereotipligida (uning g’ayriixtiyoriy takrorlanishida) o’z aksini topadi. Bunda faoliyatning tuzilishi buziladi, murakkab intellektual (aqliy va motor harakat) malakalari buziladi, bu degani ongni nazorat qiluvchi oddiy elementlar harakat avtomatizm, maqsadga yo’naltiruvchi usul va vositalar yo’qo­lishini anglatadi.
Yuqorida ko’rsatilgan o’ziga xos xususiyatlar quyidagi tipik kriminologik affekt holatida amalga oshirilgan jinoyatlarni aniqlaydi. Ular uchun ko’p marta kaltaklanish va jarohatlar olish, haqoratlanish xususiyatlari xos bo’lib, ko’pincha to’la qarshilikka qaramay, uni o’limga olib keladi.
Harakatning pasayishi uning energiyasini kuchaytirishga sabab bo’ladi. Bu holatda shaxs juda katta qarishlikni yengishga qodir bo’lib, murakkab kuchga egadir (oddiy holatdan tashqari).
Ongning torayishi harakat buzilishini mezoni bo’lib, affekt holatidagi fe’l-atvorning buzilish darajasining normal holati «subyekt» harakatining buzilishi darajasidagi farqi tushiniladi.

Download 468 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling