Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti
II.2. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchi shaxsining psixologik tavsifi
Download 468 Kb.
|
JINOYAT ISHLARI BO’YICHA SUD PSIXOLOGIK EKSPERTIZASINI O’TQAZISH
II.2. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchi shaxsining psixologik tavsifiIchki ishlar organlari xodimlari faoliyatining samaradorligini belgilovchi omillar, ushbu faoliyatning psixologik jihatlarini tahlil qilish, o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish, shular asosida bu faoliyatni takomillashtirishning psixologik mexanizmlarini ishlab chiqish va yo’lga qo’yish davr talabidir. Ichki ishlar organlari tizimida tergov faoliyati o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Chunki dastlabki tergov harakatlarini olib borish, voqyea sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish, tintuv va boshqa tergov harakatlari doimiy ravishda jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, aybdor va boshqa turli toifadagi shaxslar bilan uchrashish, ular bilan muloqotga kirishish zaruratini keltirib chiqaradi va ter govchidan chuqur psixologik bilimlarni talab qiladi. Bu esa xodimlardan kasbiy psixologiya fanini, shuningdek, ichki ishlar or ganlari xodimlari faoliyatida yuz beradigan psixik hodisalar (ruhiy holatlar va jarayo nlar, psixologik xususiyatlar)ni yaxshi bilish, ularga qarshi doimo tayyor turishni talab etadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayo tgan sud-huquq islohotlari tufayli jinoyat prosessi ishtirokchilari, ularning huquq va erkinliklari doimiy ravishda takomillashib bormoqda. Masalan, dastlabki tergovda sud nazoratining joriy qilinishi, apellyasiya, kassasiya instansiyasi tartibida shikoyat qilish huquqiga ega ishtirokchilarning huquqlari kengaytirilishi, yarashuv instituti ta’sis etilishi va xususiy ayblovning kengaytirilishi bilan jabrlanuvchining huquqlari kengaytirilishi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchiga imtiyozlar yaratilganligi buning dalilidir. Dastlabki tergovni sifatli amalga oshirishda tergovchining jinoyat prosessi ishtirokchilari, ayniqsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlari alohida ahamiyatga ega. Jinoyat ishi bo’yicha gumon qilinuvchi va ayblanuvchining shaxsi bevosita inson omili bilan bog’liqligi sababli, jinoyat ishlarini tergov qilishda ular bilan ham huquqiy, ham ijtimoiy-psixologik munosabatlarga kirishish zaruriyati yuzaga keladi. Agarda, o’zaro munosabatlar faqat jinoyat-prosessual qonunda nazarda tutilgan rasmiy huquqiy mazmunda, ishtirokchining huquqiy maqomidan kelib chiqib tashkil etilsa, u holda jinoyat-prosessual qonunning maqsad va vazifalariga erishish samaradorligini ta’minlash uchun yetarli bo’lmasligi mumkin. Vaholanki, jinoyat hodisasining nafaqat ijtimoiy xavfli qilmishligini, balki uning shaxs ruhiyatidagi o’zgarishlar bilan bog’liqligini yo dda tutish zarur. O’zaro munosabatlarni zo’rlik ishlatib, qo’rqitib yoki boshqa g’ayrioddiy usul va vositalar yo rdamida o’rnatish, birinchidan, jinoyat-prosessual qonun talablariga zid bo’lsa, ikkinchidan, o’zaro munosabatlarning yanada murakkablashishiga, pirovardida tergov sifatining pasayishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli tergov idoralari xodimlari tomonidan jinoyatchi shaxs psixologiyasi va uning tasniflanishiga oid bilimlarni egallash va dastlabki tergovni olib borishda ulardan foydalanish o’zaro munosabatlarda ijobiy muloqot muhitini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi shaxsining psixologik xususiyatlari. Gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi hali jinoyatchi emas. Shu bois jinoyatni ushbu shaxs sodir etganmi, degan savolga javob izlayo tganda uning psixologiyasini aniq tushunish zarur. Aybdor javobgarlikdan bo’yin tovlab, jinoyatda ishtirokini yashirishga intilib, atrofdagilardan jinoyat bilan bog’liq kechinmalarini yashirishga harakat qiladi. U o’z xotiralarini tashqi ko’rinishlardan asraydi va bu bilan ularga doimo jonli tus beradi, kechinmalarini yashirar ekan, ularni yanada keskinlashtiradi. Oxir-oqibatda o’z hissiyo tlari va fikrlarini yashirishga urinishlar uning ruhiyatida kuchli buzilishlarni hosil qiladi. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining prosessual holatlari huquqiy jihatdan jiddiy farqlarga ega bo’lsa-da, psixologik jihatdan bu farqlar unchalik muhim hisoblanmaydi. Jumladan, gumon qilinuvchining holati tez-tez o’zgarib turadi, goh o’ziga nisbatan ishonch paydo bo’lishi, faol qarshilik ko’rsatishga intilish, tergovchining imkoniyatlarini yetarli baholamaslik, o’ziga ortiqcha ishonish, gohida aksincha, g’amginlik, depressiv holat, parishonlik, irodasizlik kuzatiladi. Ayblanuvchi gumon qilinuvchidan farqli ravishda ko’pincha ishning holati, tergovda mavjud dalillarning mazmuni haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’ladi. Biroq dastlabki tergovda gumon qilinuvchida ham, ayblanuvchida ham ko’pgina o’xshash psixologik holatlar, maqsadlar va motivasiyalar kuzatiladi, binobarin, bular ularning xatti-harakatlarida ko’rinadi. Umuman, dastlabki tergov davomida jinoyatchi shaxs psixologiyasini o’rganish yana quyidagilar bilan ahamiyatlidir: – jinoiy-huquqiy va jinoyat-prosessual jihatdan to’g’ri qarorlar qabul qilishda (jinoiy qilmishni malakalash va ehtiyo t chorasini tanlash); – gumon qilinuvchi va ayblanuvchi bilan bog’liq muammoli tergov vaziyatlarini hal etish uchun taktik jihatdan eng maqbul qarorlarni tanlash va taktik kombinasiyalarni ishlab chiqishda; – jinoyat ishi bo’yicha ahamiyatli ayrim holatlar, ya’ni isbotlash jarayo ni sifatini ta’minlash, jinoiy qilmishning motivi, shuningdek, gumon qilinuvchi va ayblanuvchi, jabrlanuvchining shaxsini tavsiflashda; – jinoyat sodir etish sabablarini o’rganish va uning oldini olish choralarini ko’rishda (jinoiy tajovuzning yuzaga kelish sabablari, ularni sodir etgan ishtirokchilar, ularning jinoyat sodir etishdagi o’rni va boshq.) – jinoyat sodir etgan va qayta tarbiyalashga muhtoj bo’lgan shaxslarga nisbatan qo’llaniladigan tarbiyaviy ta’sir choralari yo’nalishini tanlashda. «Jinoyatchi shaxs» tushunchasi mazmuni kengligi sababli, uni o’rganishga kriminologik, jinoiy-huquqiy va psixologik jihatlardan yondashuv talab etiladi. Shu jumladan, psixologik nuqtai nazardan jinoyatchi shaxsi o’zida jinoyatchining asosiy intellektual-ma’naviy xislatlari, ruhiy va jismoniy holatlarini mujassamlashtiradi. Jinoyatchi shaxsining tuzilishi aniq mezonlar asosida shakllangan, muayyan belgilariga ko’ra farqlanib turadigan ikki qismga bo’lib o’rganiladi: ular jinoyatchi shaxsining ijtimoiy-demografik va ijtimoiy-psixologik tuzilishi. Download 468 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling