Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Download 468 Kb.
bet19/21
Sana29.09.2023
Hajmi468 Kb.
#1689941
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
JINOYAT ISHLARI BO’YICHA SUD PSIXOLOGIK EKSPERTIZASINI O’TQAZISH

1) g’arazli niyatlarda jinoyat sodir etishga moyil shaxslar. Ushbu toifaga g’arazgo’ylik va boshqa past niyatlarda o’zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog’liq barcha jinoyatlarni sodir etuvchilarni kiritish mumkin. Ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etuvchi shaxslarning psixologiyasiga xos bo’lgan umumiy xususiyat bu g’arazli mayllarning barqaror shakllanganligidir. Umuman g’araz jilovlanishi qiyin bo’lgan insoniy nuqsonlardan biri sifatida shaxsning barqaror salbiy yo’nalganligini hosil qiluvchi omil. Shu sababli, g’arazli jinoyatlarning sabablarini shaxsning g’arazli maqsadlarini shakllantirgan omillardan qidirish tavsiya etiladi. Tergov amaliyo tida ushbu guruhning eng ko’p uchraydigan vakil-
lari o’g’rilardir. O’g’rilar psixologiyasidagi ijtimoiy moslashuvchanlikning sustligi (dezadaptasiyasi) odatda oilasi, mutaxassisligi, doimiy ishi va turar joyining yo’qligi, turli xil ruhiy anomaliyalari bilan chuqurlashadi. Ularning jinoiy xulqi ko’proq g’ay-riijtimoiy turmush tarzi bilan bog’liqdir. O’g’ri – qonundan vaqtincha chekingan inson emas, balki insofsiz, odatda g’ayriijtimoiy kichik guruhlarda huquqiy va axloqiy me’yorlarga zid tarzda, ijtimoiy nazoratdan tashqari sharoitda shakllangan barqaror salbiy xislatlar tizimiga ega, irodasi bo’sh shaxs. U
psixologik xususiyatlariga ko’ra zo’ravon jinoyatchilarga yaqin turadi;
2) zo’ravonlik bilan jinoyat sodir etishga moyil shaxslar. Zo’ravonlik jinoyatlarini ko’pchilik hollarda madaniy bilim darajasi past shaxslar sodir etadilar. Zo’ravon jinoyatchi shaxs ( jinoyatni jismoniy kuch ishlatish yo’li bilan sodir etishga moyil) odatda tarbiyaning asosiy sohalari – oila, ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish jamoasidagi kamchilik va nuqsonlarni aks ettiruvchi salbiyijtimoiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ushbu shaxs psixologiyasida egosentrizm (xudbinlik), ijtimoiy munosabatlarga kirishishda barqaror nizolashuv va muammoli vaziyatlarda o’zini oqlashga bo’lgan intilish kuchli bo’ladi. Umuman, ashaddiy zo’ravonlik jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslar quyidagi ijtimoiy psixologik xususiyatlarga ega bo’ladilar:
– atrofdagi shaxslarni doimo o’ziga dushman sifatida qabul qilish;
– eng kichik shaxsiy muvaffaqiyatsizliklardan haddan tashqari ta’sirlanish, ularni ijtimoiy jihatdan mos (adekvat) baholashga qobiliyatsizlik;
– jamiyat va uning umuminsoniy qadriyatlaridan begonalashganlik (autiklik);
– hissiy jihatdan nihoyatda beqarorlik, yuqori darajadagi jizzakilik, qasoskorlik, ruhiy g’ayritabiiylik, kayfiyatning tez o’zgarishi;
– xudbinlik darajasining nihoyatda yuqoriligi va o’zini ko’rsatishga bo’lgan moyillik;
– shaxsiga xos hissiy nuqsonlarni doimo yashirishga intilish va hokazo;
3) g’arazli va zo’ravonlik bilan jinoyat sodir etishga moyil shaxslar har ikki guruhga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’ladi.

Download 468 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling