Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti
Download 468 Kb.
|
JINOYAT ISHLARI BO’YICHA SUD PSIXOLOGIK EKSPERTIZASINI O’TQAZISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoyatchi shaxsining
- Ijtimoiy
Jinoyatchi shaxsining ijtimoiy-demografik tuzilishi quyidagilar: shaxsning jinsi, yo shi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, kasbiy qobiliyati, mashg’ulot turi, ijtimoiy kelib chiqishi, moddiy ahvoli, sudlanganlik holati (jinoyatchilik bilan boshqa munosabatlari) hamda jinoyatchi shaxsini tavsiflovchi asosiy belgilardan biri bo’lgan uning dunyo qarashi, muayyan vazifaviy majburiyatlarga egaligi kabi belgilardan iborat. Jinoyatchi shaxsining ijtimoiy-demografik tuzilishiga oid belgilar muayyan shaxsda ijtimoiy xavfli xulq-atvorning yuzaga kelishi va rivojlanishiga sababchi bo’lgan omillar, psixologik jihatlarni o’rganish imkonini beradi.
Jinoyatchi shaxsining ijtimoiy-psixologik tuzilishi to’rtta asosiy tarkibiy elementdan iborat: 1) yo’nalganligi bo’yicha tuzilishi – shaxsning sabr-bardoshi, huquqiy ong darajasini ifodalaydigan ijtimoiy bilimlari (dunyoqarashi, ijtimoiy qadriyatlarga munosabati, ijtimoiy moslashuvchanligi va jinoyatga undovchi motivi va boshq.); 2) jinoiy mahorati (tajribasi) bo’yicha tuzilish, – muayyan harakatlarni amalga oshirishda namoyon bo’ladigan bilim va ko’nikmalari, odatlari va boshqa sifatlari; 3) psixologik sifatlarini namoyo n etadigan tuzilishi – shaxsni bilish, his etish jarayo ni, ruhiyati, irodaviy-hissiy holatlari; 4) temperamenti va boshqa biologik jihatlari, irsiy mansubligi – shaxsning xarakteri va boshqa qobiliyatlarining shakllanishida ahamiyatli bo’lgan ijtimoiy omillar. Yuqoridagilarga asoslanib hamda jinoyatchi va qonunga itoatkor ijobiy xulq-atvorli shaxslarni ijtimoiy-psixologik jihatdan taqqoslab, jinoyatchi shaxsiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: jinoyatchi – bu ijtimoiy jihatdan xavfli, kuchli qo’zg’aluvchan fe’l-atvorli, ruhiyatini tajovuzkorlik va ishonchsizlik qamrab olgan, umuminsoniy qadriyatlar hamda ijtimoiy foydali munosabatlardan uzoqlashgan shaxs. Shu bilan birga ijtimoiy munosabatlarda o’ta ta’sirchanligi sababli, o’zaro munosabatlarni zo’ravonlik va turli mojarolarni keltirib chiqarish orqali o’rnatishga intilish ham jinoyatchi shaxsiga xos belgi hisoblanadi. Boisi, u huquq va axloq normalarini yetarlicha o’zlashtirmaganligi, jamiyat va uning qadriyatlari, kichik ijtimoiy guruhlar (oila, mahalla, mehnat jamoalari va boshq.)dan uzoqlashganligi sababli, ijtimoiy munosabatlarga kirishish va moslashishda muammolarga duch keladi. Bunday vaziyatda g’ayriqonuniy, ibtidoiy xulq-atvorga tayanib harakatlanishi oqibatida, jinoyat qonuni bilan muhofaza qilinadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazadi hamda jinoyat hodisasi sodir etadi. Ijtimoiy moslashuv jarayo ni nafaqat ijobiy-ijtimoiy munosabatlar, balki jinoyatchilik olami va uning o’ziga xos qonuniyatlari uchun ham xosdir. Chunonchi, psixologik o’rganish natijalariga ko’ra, jinoyatchi shaxsi o’ziga xos integrativ (o’zlashtirish, umumlashtirish) sifatlari yo xud ijtimoiy moslashuvchanlik darajasiga ko’ra, shartli ravishda ikki katta guruhga, ikki asosiy turga bo’linadi: ular ijtimoiy-moslashuvchan va ijtimoiy moslashuvchanligi sust jinoyatchilar shaxsi. Shaxsning ijtimoiy-moslashuvchanligiga quyidagi omillar ta’sir etadi: – irodaviy-hissiy, ruhiy-asabiy bardoshliligi; – aqliy-ma’naviy shakllanganligi darajasi; – muvaffaqiyatlarga erishishga yo’naltirilgan, ko’ngilsizliklardan uzoqlashish istagi, bilim saviyasi, umuminsoniy qadriyatlarga munosabati va dunyo qarashi asoslarini o’zida mujassamlashtirgan maqsadlari doirasi. Ijtimoiy-moslashuvchan guruhga mansub jinoyatchi shaxslarda yuqoridagi ijtimoiy-psixologik sifatlar yuqori darajada bo’ladi. Shu bilan birga, ulardagi ushbu sifatlar, jinoiy maqsadlarga qaratilgan chuqur tafakkur va jinoiy malaka bilan yanada boyib, shaxsning butun diqqat-e’tiborini aniq maqsadlar sari yo’naltiradi. Jinoyat sodir etish va uning izlarini yashirishning yangi usullarini o’zlashtirib, jinoiy tajribasining yanada oshishiga yo rdam beradi. Tajribasi asosida shakllangan, voqyealar rivojini oldindan ko’ra olish qobiliyatiga tayanib, jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo’lgan davlat organlari mansabdor shaxslarining muayyan vaziyatlarga nisbatan kelgusidagi harakatlarini avvaldan anglagan holda, shunga monand tarzda harakatlana oladi. Bunday toifadagi shaxslarning xotirasi kuchli, tasavvuri va e’tibori yaxshi rivojlangan, zehni o’tkirligi sababli, ularning dunyo qarashi faqat jinoyatchilik olami bilan cheklanmasdan, aksincha, keng qamrovli bo’ladi. Jamoat joylarida atrofidagilarning e’tiborini o’ziga qaratishni istamaydi, ko’pchilik orasida o’zini munosib tarzda tutishga urinadi. Bu esa ularning fosh etilishini qiyinlashtiradi. Ular orasidan jinoyatchilik olamining «yuksak martabali vakillari», ashaddiy va o’ta xavfli jinoyatchilar, professionallar, liderlar, jinoiy uyushmalar va bosqinchi to’dalarning rahbarlari yetishib chiqishi mumkin. Ijtimoiy moslashuvchanligi sust bo’lgan jinoyatchi shaxslarda esa, irodaviy-hissiy bardoshliligi, ruhiy zarbalarga qarshiligi sust bo’lishi bilan birga, shaxsiyatida irodasizlik, asabiylik, ruhiy g’ayritabiiylik va beqarorlik yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Buning oqibatida, bu toifadagi shaxslarda asab-ruhiy tizimining barqarorligi buzilgan, chuqur idrok qilish qobiliyati yaxshi shakllanmagan, voqyealar rivojini oldindan ko’ra olish qobiliyati ham yetarlicha rivojlanmagan bo’ladi. Xulq-atvorida ham shartli ravishda bir qator yo’qotishlar mavjudligi sababli, o’z vaqtini o’tkinchi narsalarga sarflaydi, asosiy vaqtini ko’ngilochar maskanlarda, spirtli ichimliklar yoki giyo hvandlik vositalarini iste’mol qilish bilan o’tkazishga urinadi. Ushbu qiziqishlari va qadriyatlarga munosabati uning ma’naviyati va dunyo qarashi yaxshi shakllanmaganligini ko’rsatadi. O’z xulq-atvori va harakatlarini jilovlay olmaganligi, ularni aniq maqsadlar sari yo’naltira olmaganligi bois, tajovuzkorlik va vahshiylikka moyilligi ortadi. Shu sababli bu toifa jinoyatchi shaxslar doimiy qat’iy nazorat ostida boshqarilishga ehtiyoj sezadilar. Jinoyat olamining professionallari va liderlari esa mazkur toifa jinoyatchilarning ushbu xususiyatlari evaziga ulardan bajaruvchi sifatida foydalanadilar. Jinoyat ishlarini tergov qilish davomida, muayyan tergov vaziyatlari uchun eng samarali taktik-psixologik kombinasiyalarni ishlab chiqish hamda jinoyat sabablarini aniqlashda jinoyatchi shaxslar toifalari va turlarini o’rganish muhim hisoblanadi. Jinoyatchi shaxslar sodir etgan jinoyatlarining o’ziga xos belgilari, huquqiy ongi, jinoiy harakatga undovchi motivasiyasi va shaxsiyatiga oid psixologik xususiyatlariga ko’ra turlicha bo’lishi mumkin. Ushbu mezonlarga ko’ra jinoyatchi shaxsining quyidagi tiplarini ajratish mumkin: – tasodifiy jinoyatchilar turi – ijtimoiy jihatdan ijobiy xulq-atvorga ega, biroq kutilmagan hayo tiy vaziyatlar, ijtimoiyshart-sharoitlarning qurboni bo’lgan holda birinchi marotaba jinoyat sodir etgan shaxs tipi. Bunda jinoyatchi yo’l qo’ygan xatti-harakati yoki harakatsizligi uchun o’zini o’zi qoralashi, ichki ziddiyat holatida ham bo’lishi mumkin (O’zbekiston Respublikasi JKning 98, 102, 111, 266-moddalarida nazarda tutilgan va boshqa shu kabi ehtiyotsizlik oqibatida sodir etiladigan jinoyatlarni sodir etgan shaxslar bunga misol bo’lishi mumkin); – muayyan vaziyatlarga ko’ra shakllangan jinoyatchi shaxs turi –ularda ijobiy sifatlar salbiysiga nisbatan ko’proq bo’lsa-da, jinoiy harakatlarni noqulay sharoitda yuzaga kelgan vasvasa yo xud muayyan kriminogen vaziyat ta’sirida, o’zi uchun ahamiyatli bo’lgan natijaga hyech qanday salbiy oqibatlarsiz erishish mumkin, deb hisoblagan holatda sodir etishi mumkin (O’zbekiston Respublikasi JKning 99, 100, 101, 108, 266-moddalarida nazarda tutilgan va boshqa shu kabi jinoyatlarni sodir etgan shaxslar bunga misol bo’lishi mumkin); – ikkilanuvchan (beqaror) jinoyatchi shaxs turi – unga avval ham turli huquqbuzarliklar va axloqsiz xatti-harakatlarni sodir etib, uning ijtimoiy xavflilik xususiyatlarini anglagan bo’lsa-da, xulq-atvorida buzg’unchi jinoiy ong bilan qonunga itoatkor ong o’rtasida kurash davom etayo tgan vaziyatda jinoyat sodir etgan shaxslar kiradi (Bunda subyektiv tomondan asosan egri qasd orqali sodir etiladigan, O’zbekiston Respublikasi JKning 103, 110, 116, 117- moddalarida nazarda tutilgan va boshqa shu kabi jinoyatlarni sodir etgan shaxslar misol bo’lishi mumkin); – yovuz, ashaddiy va o’ta xavfli jinoyatchi shaxs turi – hayoti va faoliyatining mazmuni barqaror jinoiy maqsadga yo’naltirilgan jinoyatchi shaxs tipi (O’zbekiston Respublikasi JKning 34-moddasi). Jinoiy qilmishlarni sodir etish o’z-o’zidan uning uchun ehtiyojga aylanadi. Bu – professional jinoyatchi tipi. Bunday jinoiy shaxs doimo jinoiy tajovuz obyektini izlash holatida bo’ladi. Ushbu tur vakillari jinoiy xatti-harakat usullari puxta ishlab chiqilganligi, sovuq qurol va boshqa zarur vositalar bilan qurollanganligi bois, ijtimoiy jihatdan eng xavfli hisoblanadilar.– impulsiv (g’ayriixtiyoriy) jinoyatchilar tipi – ayrim hayotiy vaziyatlar ular uchun noqonuniy xatti-harakatga undovchi hisoblanadi. Bunday tipdagilar asabiy-ruhiy zo’riqish kuchaygan sharoitda tezda «o’zidan ketadi», darhol tajovuz, g’azab, rashk, vaziyat bilan bog’liq nafrat holatiga kiradilar. Bunday jinoiy tiplar, ayniqsa, alkogol va narkotik vositalardan mast hollarda o’zlarini namoyo n etadilar. Ularning ijtimoiy xavfli xulqiga xos jihat ularda g’ayriijtimoiy xatti-harakatlarning shakllanganligi, ya’ni o’zini o’zi nazorat qilish darajasining pastligidir. Jinoiy tajovuz obyektiga ko’ra, ijtimoiy xavfli harakatlarni sodir etuvchi shaxslar uch asosiy guruh: g’arazli niyatlarda, zo’ravonlik bilan, g’arazli va zo’ravonlik bilan jinoyat sodir etuvchilar sifatida tasniflanadi: Download 468 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling