Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti qalandar sapayev


Download 96.84 Kb.
bet10/11
Sana21.08.2020
Hajmi96.84 Kb.
#127203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
sapayev q hozirgi ozbek tili


2. Xususiy ma’no.

1. So„zning kategorial grammatik ma’nosi ma’lum so„z turkumlari uchun xos umumiy grammatik ma’nolardan iborat. Masalan, otning “narsa”, sifatning “belgi”, fe’lning “harakat” ma’nosini anglatishi shu so„zlarga xos kategorial grammatik ma’nolarga kiradi.

2. So„zning xususiy grammatik ma’nosi esa alohida so„z turkumiga xos bo„lib, maxsus vositalar orqali ifodalanadi. Masalan: otlarga xos egalik, kelishik, grammatik son ma’nolari, fe’llarga xos shaxs-son, zamon, daraja, mayl ma’nolarining har qaysisi xususiy grammatik ma’nolarga kiradi.

O„zbek tilida grammatik ma’no quyidagi usullar bilan ifodalanadi:

  1. Asosga grammatik ma’no bildiruvchi affiks qo„shish bilan kitob-ni, kitob-ning kitob-ga; o‘qidi-m, o‘qidi-ng kabi.

  2. Yordamchi so„zlar keltirish bilan: qalam bilan, maktab tomon, tinchlik uchun; yozib olmoq, o‘qib chiqmoq, qarab turmoq kabi.

  3. Ohang orqali. Gapni turlicha ohang bilan aytish orqali ham turlicha grammatik ma’no ifodalanadi: Mashina keldi. Mashina keldi? Mashina keldi! Bu kitob (qaysi). Bu - kitob (nima) kabi.

  4. So„zlarni takrorlash orqali (kuchaytirish): tez-tez, katta- katta, baland-baland, tog‘-tog‘( xirmon), qop-qop (bug‘doy), savat-savat (pilla) kabi.

  5. So„zlarni juftlash orqali (jamlash): qarindosh-urug‘, uy- ro‘zg‘or, qozon-tovoq, mehr-oqibat, shart-sharoit, bosh-oyoq (sarpo), kecha-kunduz, oq-qora, baland-past, ko‘m-ko‘k (osmon), oppoq (paxta).

So'zning grammatik shakli

So„zning grammatik shakli (qisqacha: so‘z shakli) tildagi mustaqil ma’noli so„zning so„z birikmasi yoki gapda qo„llaniladigan shakli bo„lib, shu shakli bilan bog„liq holda grammatik ma’nolarga ega bo„lishidir. Bunday butunlik elementar sintaktik birlik deb ham yuritiladi.

So„zning grammatik shakli leksik ma’noga qo„shiladigan grammatik ma’no bilan ularni ifodalash vositalari yig„indisidan iborat (olma-olma-ni, olma-ning, olma-ga; bor-bordi-mi, bordi- ng).

Masalan, paxtamizning shakli, birinchidan, ma’lum leksik ma’noga (texnika ekini) ega bo„lib, u so„zning o„zagi - paxta orqali ifodalangan; ikkinchidan, o„sha narsaning (paxtaning) I shaxsning ko„pligiga qarashli ekanligi hamda qaratqich kelishigi ma’nolari - grammatik ma’nolar - leksik ma’noga qo„shilgan bo„lib, bu grammatik ma’nolar -imiz va -ning qo„shimchalari orqali ifodalangan. Grammatik shakl ana shu leksik ma’noli qism (paxta) bilan grammatik ma’noli qismlar - shakl yasovchi affikslardan (-imiz, -ning) tashkil topgan. Grammatik shakl leksik ma’noga qo„shimcha ma’no qo„shadi.

So„zlarning grammatik shakllari ikki yoki undan ortiq bo„lishi mumkin. Bu shakllar bir-biriga qarama-qarshi (oppozitsiya) tursalar ham, ularning har biri nutqda o„sha so„zning qismi, ko„rinishi sifatida qo„llanadi. Ana shu shaklning o„zi so‘z termini bilan ataladi. Shunday qilib, so„z o„zining shakllarida yashaydi, shu shakllaridan biri sifatida qo„llanadi, ayni zamonda, u o„zining barcha grammatik shakllarini birlashtiradi (chorvador-lar-imiz- ning, xalq-imiz-ni).

So„zning grammatik shakli haqidagi aytilgan fikrlarni umumlashtirib, unga shunday ta’rif berish mumkin:

Demak, so'zning leksik ma'noni ifodalash bilan birga, borliqqa munosabatini yoki o'zaro birikish chog'ida nutqdagi boshqa so'zlarga munosabatini ifodalaydigan qo'shimcha ma'noga mos shaklga ega bo'lishi uning grammatik shakli deyiladi.

Ba’zi grammatik shakl maxsus ko„rsatkichga ega bo„lmasligi ham mumkin. Ammo shu ko„rinishda ham u ayrim grammatik shaklni tashkil qiladi. Bunday shakllar nol ko'rsatkichli shakl deb yuritiladi.

Masalan, uy, daftar, kitob, o‘qi, yoz kabi so„z-shakllar bosh kelishik, birlik, kelasi zamon, bo„lishli, buyruq-istak mayli shaklida bo„lib, so„zga qo„shimcha ma’no qo„shadi va ayni paytda uning shaklini belgilaydi.

Shunday qilib, so„z nutqda grammatik shakllaridan biri sifatida qo„llanadi. Uning bunday shakllari bitta yoki bir nechta bo„ladi va ular o„zaro grammatik ma’no tizimi orqali bog„lanadi. Masalan, kelishik, egalik, shaxs-son ma’nolari so„z shakllarini ana shunday o„zaro bog„lab turadigan grammatik manolardir.

Ma’lumki, alohida olingan so„z shaklining o„zak qismi o„zgarishi mumkin. Masalan, kitobning, qalamning, uyning, dalaning kabi so„zlarning grammatik ma’no ifodalaydigan qismi (-ning) o„zgarmagani holda o„zak qismlar o„zgarishi mumkin. Bunda leksik ma’nolar har xil bo„lsa ham, grammatik ma’no bir xilligicha qolaveradi: daftar-ning, ruchkla-ning, xona-ning, bog‘- ning kabi.

Shunday qilib, so„z shakli (so„zshakl) aniq olingan so„zning nutqdagi ko„rinishi bo„lsa, shakl turi har xil so„zning so„nggi qismi ma’lum grammatik ma’noga ko„ra bir xil ko„rinishga ega bo„lishidir («shakl turi (shakl tipi - tipoforma)» termini umumlashtiruvchi tushunchani ifodalaydi). Shu asosda «qaratqich kelishigi shakli», «ko„plik shakli», «shaxs-son shakli» kabi iboralar qo„llaniladi.

Hozirgi o„zbek tilida grammatik kategoriyaga munosabatiga ko„ra so„zning grammatik shakllari 2 turga bo„linadi:

1) kategorial shakllar; 2) nokategorial shakllar.



Kategorial shakllar ma’lum bir so„z turkumiga xos grammatik shakllar sistemasiga birlashuvchi, demak, grammatik kategoriya hosil qiluvchi shakllardir: otlardagi grammatik son, egalik va kelishik shakllari, fe’llardagi zamon, shaxs-son, mayl shakllari: kitob-im, kitob-ing, kitob-i; maktab-ning, maktab-ni, maktab-ga; bor-di-m, bor-gin, bor-gan-man, bor-moqchi-man.

Nokategorial shakllar ham ma’lum grammatik ma’noni anglatadi, ammo o„zaro bir sistemaga birlashmaydi, ma’lum darajada mustaqillikka ega bo„ladi. Otlardagi kichraytish va erkalash, sifatlardagi belgining ortiq-kamligi shakllari kabilar nokategorial shakllarga kiradi: Yigit-cha, qiz-aloq, Karima-xon, oq-roq, ko‘kim-tir, o‘qi-gan, o‘qi-sh, o‘qi-b kabi.

So„zning grammatik shakllari tuzilish jihatidan uch xil bo„ladi: sintetik shakl, analitik shakl, juft va takroriy shakl.

Sintetik shakl so„zga affiks qo„shish bilan hosil bo„ladi. Masalan, Universitetda Karimni ko‘rdim. Mehnatdan yer, suvdan o‘simlik, quyoshdan borliq yashnaydi. (M.Ismoiliy) gaplarida grammatik shakllar -da, -ni, -m, -dan, -y, -di affikslari bilan hosil qilingan, demak, sintetik shakl.

Analitik shaklda esa grammatik ma’no yordamchi so„z orqali ifodalanadi. Masalan, Ukam uchun kitob oldim. O‘ktam katta sur'at va kuch bilan otilayotgan suvni tomosha qildi (Oybek) gaplarida ma’lum ma’nolar yordamchi so„z bilan (uchun, bilan) ifodalangan, demak, ukam uchun, sur'at va kuch bilan kabilar analitik shakl.

Juft va takror shakllar. So„zning juft shakllari bir xil shakldagi ikki so„z (asos)ning tenglanish yo„li bilan bog„lanishi orqali hosil bo„ladi. Odatda, ikki so„zning juftlanishi natijasida yangi leksik ma’noli so„z yasalmaydi, balki juftlik hosil etgan so„zlar o„z ma’nosini saqlagani holda ko„plik, jamlash, umumlashtirish, miqdor, takror, kuchaytirish kabi qo„shimcha ma’nolarni anglatadi: ota-ona, olma-o‘rik, qalam-daftar kabi. Shuning uchun juft shakllar so„z yasalishi sistemasiga kirmaydi. Ular tilda ma’no va uslubiy jihatdan turlicha ottenkalarni, shuningdek ayrim grammatik ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi.

So„zning juft shakllari o„z qismlarining bir turkumdagi so„zdan bo„lishi (ot+ot, fe’l+fe’l kabi), har bir qismning o„z urg„usi borligi va ularning grammatik jihatdan tengligi bilan xarakterlanadi. Ular shu xususiyati bilan bir tushunchani anglatib, bir bosh urg„uga ega bo„lgan, qat’iy tartib asosida tobelanish yo„li bilan bog„langan va qismlari turli so„z turkumi bo„lgan qo„shma so„zlardan farq qiladi. Qiyoslang: tog‘-tosh, qovun-tarvuz, katta- kichik hamda beshotar, ko‘zoynak, Kattaqo‘rg‘on kabi.

Juft shakl hosil qiluvchi so„zlar semantik jihatdan quyidagicha ma’no munosabatida bo„ladi:

  1. ma’no jihatidan bir-biriga yaqin so„zlar juft shakl yasaydi: arpa-bug‘doy, qo‘l-oyoq, olma-o‘rik, go‘sht-yog‘, xotin-qiz, pista- bodom, oshna-og‘ayni kabi; Masalan: E, sodda bola-e, surishtiraverasanmi, oshna-og‘aynisi chiqib qolarmidi. Keksalar tili bilan aytganda, Qizlarxon qo‘lli-oyoqli qiz bo‘lib, uy ishini ham, o‘qishini ham baravar uddalaydi. (I.Rahim);

  2. sinonimik munosabatda bo„lgan so„zlar juft shakl yasaydi: qut-baraka, rozi-rizolik, orzu-istak, o‘y-xayol, kuch-quvvat kabi. Masalan: Mustaqillik xalqimizning orzu-istagidir. (Gazetadan).

v) antonimik munosabatda bo„lgan so„zlar juft shakl yasaydi; kun-tun, katta-kichik, past-baland, uzoq-yaqin, oq-qora, yosh-qari kabi. Masalan: Ufqni o‘z gavdasi bilan to‘sgan past-baland toghar qop-qorayib, rido kiygandek silliq ko‘rinardi. (Shuhrat). Ular tor ko‘chani changitib, gurs-gurs qadam tashlab o‘tishdi, past-baland tepaliklar etagida to‘xtashdi. (S.Siyoyev).

g) butun va bo„lak ma’nosini bildirgan so„zlar juft shakl yasaydi: gap-so‘z, oy-kun, tog‘-tosh, vaqt-soat kabi. Masalan: Agar sizga og‘ir tushmasa, yurtdagi gap-so'z bosilguncha, biror yil Toshkentda tursin, so‘ngra Margilonga borsin, derdim. (A.Qodiriy). Vaqti-soati kelur, Samarqand orzusiga ham erishursiz. (P.Qodirov).

Juft shakl qismlari ma’no jihatidan quyidagilar bilan

xarakterlanadi:

  1. Har ikki qism mustaqil ma’noga ega bo„ladi: opa-singil, yer-suv, o‘ym-kulgi, asta-sekin, bordi-keldi, yaxshi-yomon kabi.

  2. Bir qismi mustaqil ma’noga ega bo„ladi. Bu xil juft shakllar quyidagi ko„rinishlarga ega: a) har ikki komponent ham mustaqil ma’noli so„z bo„lib, tarixiy rivojlanish natijasida uning bir qismi o„z leksik ma’nosini yo„qotadi va juft shaklning tarkibiy qismiga aylanib qoladi: qari-qartang, ko‘cha-ko‘y, temir-tersak, bo‘y-bast kabi; b) faqat birinchi komponenti mustaqil ma’noga ega bo„lib, uning fonetik o„zgarishi natijasida ikkinchi komponenti yuzaga keladi: chala-chulpa, mayda-chuyda, kalta-kulta, dog‘-dug‘ kabi.

  3. Har ikki qismi mustaqil ma’noga ega bo„lmaydi: alg‘ov- dalg‘ov, adi-badi, g‘idi-bidi, taka-puka, ikir-chikir, apoq-chapoq kabi.

Juft shakl tarkibida quyidagi fonetik o„zgarishlar bo„ladi:

a) birinchi tovush o„zgaradi: non-pon, qog‘oz-pog‘oz, meva- cheva, quloq-suloq, kitob-mitob kabi; b) so„z unli bilan boshlanganda, bir undosh tovush orttiriladi (orttiriluvchi, shuningdek, almashtiriluvchi tovush sifatida p, m, s, ch undoshlari keladi): ish-pish, irim-sirim, apil-tapil, uy-puy, osh-posh kabi; v) asosdagi unli tovush o„zgaradi: don-dun, dog‘-dug‘, taq-tuq kabi; g) bir undosh tovush orttiriladi va asosdagi unli o„zgaradi: ora- sira, (ora-chira) aji-buji kabi; d) bir undosh almashtiriladi va asosdagi unli o„zgaradi: baqir-buqur, latta-putta, mayda-chuyda, g‘adir-budur, hakkam-dukkam kabi.

Takror shakllar bir xil shakldagi so„z (asos)larning takrorlanishidan hosil bo„ladi. Juft shakl singari takroriy shakl ham so„z yasalishi hodisasiga kirmaydi. Chunki ularning asosiy ko„pchiligi yangi leksik ma’no bildirmaydi, faqat ko„plik, ma’noni kuchaytirish, takror kabi qo„shimcha ottenkalarni anglatadi.

Takror shakl, asosan, davomlilik, ko„plik, ma’noni kuchaytirish, ekspressivlik, takror kabilarni anglatadi. Masalan: O‘ktam yura-yura keng, so‘lim maydonga chiqib qoldi. Ona bolani belanchakka soldi va qattiq-qattiq tebrata boshladi. (A. Qahhor). —Oho, qancha-qancha voqealar boshimizdan o‘tdi!

Ba’zi takror shakllarda qisman yangi leksik ma’no anglatish hodisasini ko„rish mumkin. Bu vaqtda takroriy shakl qismlari o„zining asl leksik ma’nosidan uzoqlashgan bo„ladi: ot-ot (o„yin nomi), es-es (es-es bilmoq), ko‘z-ko‘z (ko‘z-ko‘z qilmoq) kabi.

Ayrim taqlidiy so„zlarning takrori ma’lum narsa, belgi kabilarning o„zini anglatishi mumkin: chak-chak (ovqat nomi), chaq-chaq (xushchaqchaq) (quvnoq), paqpaq (o„yin nomi) kabi. Bir so„z holiga kelib qolgan bunday birliklar takroriy shakllik xususiyatini yo„qotgan bo„ladi.

Takror shakllar to„la takror va qisqa takror asosida hosil bo„ladi: yapaloq-yapaloq=yap-yapaloq; qora-qora=qop-qora;

ko‘k-ko‘k=ko‘m-ko‘k kabi. Masalan: Suvi tip-tiniq, oftobi yo‘lida g‘uborlar yo‘q emish. (T.Malik). Qarshimda tebranar ko‘m-ko‘k barglar har on. (Yu.Hamdam).

-ba, -ma elementlari yordamida hosil bo„lgan so„zlar ham takror shaklga kiradi; betma-bet, ketma-ket, xilma-xil, damba-dam, navbatma-navbat kabi. Masalan: Sen bilan turibman bu kun betma-bet. (A.Oripov). Shunday deb ikki botir, Bir-biriga bo‘ldi betma-bet. (Nurali). Bunday takror shakllar ko„pincha asos anglatgan ma’nodan boshqacharoq ma’nolarni ham bildiradi: basma-bas, uchma-uch, boshma-bosh, yuzma-yuz, nomma-nom kabi.

Grammatik kategoriya



Grammatik ma'no bilan uning shakliy ifodasi birgalikda grammatik kategoriyani tashkil qiladi. Grammatik kategoriyalar bevosita morfologiyaga xos bo„lgan so„z turkumlari, grammatik son, kelishik, zamon kabi hodisalarni shuningdek, sintagma, ega, kesim, to„ldiruvchi kabi hodisalarni (sintaktik kategoriyalarni) o„z ichiga oladi.

Shunga ko„ra grammatik kategoriyaning 2 turi farqlanadi: 1) morfologik kategoriya; 2) sintaktik kategoriya.

O'zaro bir-biriga zid qo'yilgan va qiyosan olingan grammatik ma'nolar tizimi va ularga xos ifoda vositalari - grammatik shakllar tizimi morfologik kategoriya deyiladi.

Morfologik kategoriyalar so„zning qaysi turkumga kirishi bilan bog„liq. Har bir so„z turkumining o„z grammatik kategoriyasi bor. Masalan: otlarda kelishik kategoriyasi, son kategoriyasi, fe’llarda shaxs-son kategoriyasi, nisbat (daraja), zamon shakllari tizimlarining har qaysisi o„ziga xos grammatik ma’nolar majmuasiga va shu ma’nolarning ifoda shakllari tizimiga ega.

Asosida yotuvchi ma'nosiga ko'ra birlashib, sintaktik munosabatni ko'rsatish uchun xizmat qiluvchi shakllar tizimi sintaktik kategoriya deyiladi.

Grammatik kategoriyalar umumiy hodisa sifatida xususiy hodisalarda mavjud bo„ladi, xususiy hodisalar umumlashmasi asosida yuzaga keladi. Demak, son kategoriyasi birlik va ko„plik ma’nolarini ifodalovchi shakllar tizimidan - egalik kategoriyasi birinchi shaxs - so„zlovchi, ikkinchi shaxs - tinglovchi, uchinchi shaxs -o„zga va shularning miqdoriy ma’nolarini ifodalovchi shakllar tizimidan iborat. Grammatik kategoriyalarda tilning o„ziga xos xususiyati ochiq namoyon bo„ladi. Masalan, rus tili (ayrim boshqa tillar) uchun xos grammatik jins kategoriyasi turkiy tillarda, jumladan, o„zbek tilida yo„q; rus tilida sifatlarga kelishik kategoriyasi xos, o„zbek tilida esa sifat, odatda, turlanmaydi va boshqalar.

So'zlarning morfologik strukturasi



Ma’lumki, so„z tilning eng muhim birliklaridan biri bo„lib, shakl yasalishiga ega bo„lishi yoki ega bo„lmasligi mumkin. Masalan, kitob so„zi ot turkumiga mansub, shunga ko„ra kitobim, kitobing, kitobi (egalikning ko„pligi ham nazarda tutiladi); kitob va kitoblar: kitobga, kitobni, kitobning. kitobdan, kitobda,

kitobimning, kitobingni, kitoblarimizga, kitoblaringizdan kabi shakliy o„zgarishlar sistemasiga ega.

So'zning grammatik ma'nolari jihatidan farqlanadigan har bir shakli so'zshakl deyiladi. So„zshakllarning yasalishida qatnashib, har xil grammatik ma’no anglatadigan qism so„zning morfologik tuzilishini tashkil qiladi. Masalan, do‘stlarimdan so„zi o„z morfologik tuzilishi jihatidan do‘st-lar-im-dan tarzida bo„linadi. Bu so„zda do‘st - o„zak morfemasi, shakl yasash asosi, - lar - ko„plik shakli yasovchi morfema, -im - egalik shakli yasovchi morfema va -dan -chiqish kelishigi shakli yasovchi morfema. O‘qiyotirmiz, yozdingiz, shaharlarimizda,

maktablaringizning singari so„zlar ham morfologik struktura jihatidan o‘qi-yotir-miz, yoz-di-ngiz, shahar-lar-imiz-da, maktab- lar-ingiz-ning tarzida bo„linadi. Bularda o‘qi, yoz, shahar, maktab morfemalari shakl yasash asosi, undan keyingi morfemalar esa shakl yasovchi vositalar - affikslar hisoblanadi.

Ko„rinadiki, so„zning morfologik tuzilishida shakl yasash asosi va shakl yasovchi vosita mavjud bo„ladi. So„zshakl tarkibida birdan ortiq shakl yasovchi affiksning ishtirok etishiga qarab uning morfologik strukturasi ham murakkablashib boradi: maktablar, maktablari, maktablaridan kabi. Bu vaqtda so„zshakl tarkibida har bir shaklning yasash asosi va yasovchi vositasi alohida-alohida ajratiladi; ajratish oxirgi shakldan boshlanadi. Masalan, shogirdlarimizga so„zida jo„nalish kelishigi shaklini yasash asosi shogirdlarimiz, -ga affiksi esa shu kelishik shaklini yasovchi vosita. Shogirdlarimiz so„zida egalik shaklini yasash asosi - shogirdlar, egalik shakli yasovchi vosita - -imiz; ko„plik shaklini yasash asosi - shogird, -lar son shakli yasovchi vosita hisoblanadi. Yozdirdik, keltirdingiz kabi so„zshakllarining tarkibi ham shu tarzda ajratiladi: yozdirdik (shaxs-son shakli) yozdir-di (zamon shakli), yoz-dir (daraja shakli), keltirdi-ngiz (shaxs-son), keltir-di (zamon), kel-tir (daraja) kabi.


Download 96.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling