Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti qalandar sapayev


Download 96.84 Kb.
bet8/11
Sana21.08.2020
Hajmi96.84 Kb.
#127203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
sapayev q hozirgi ozbek tili

SIFAT YASALISHI

Boshqa so„z turkumlari singari, sifat ham to„xtovsiz yangi so„zlar bilan boyib boradi. Bu hodisa asosan o„zbek tilining o„z ichki imkoniyatlari hisobiga yangi ma’noli sifatlar hosil qilish va boshqa tillardan so„zlar qabul qilish hisobiga sodir bo„ladi: dokumental, aktual, dialektal, progressiv, effektiv, federativ, traditsion, redaktsion, reaksion kabi sifatlar aynan shu shaklda qabul qilingan. Ammo bu sifatlardagi -al, -iv, -on kabi elementlar faqat shu so„zlar tarkibidagina keladi, shu tarkibdan ajratilmaydi. Bular o„zbekcha so„zlardan yangi sifat yasash xususiyatiga ega emas. Tojik tilidan o„zlashtirilgan so„zlar tarkibidagi sifat yasovchi affikslar esa asrlar davomida tilimizga singib ketishi natijasida o„zbekcha so„zlardan ham sifat yasay oladi. Bu affikslar endilikda o„zbek tilining faol so„z yasovchilari qatoriga o„tgan: dongdor, salmoqdor, bilimdon, sersuv, serunum, noo‘rin, beomon kabi.

Otlar singari sifatlar ham affiksatsiya va kompozitsiya usullari bilan yasaladi. Bu ikki usul orqali sifat yasashda affiksatsiya usuli ayniqsa, mahsuldor hisoblanadi.

Affiksatsiya usuli bilan sifat yasalishi



Affiksatsiya usuli bilan sifat yasalishida ko„pincha ot va fe’l, ba’zan ravish yasash asosi vazifasida keladi. Bu usul bilan sifat yasashda quyidagi affikslar qo„llanadi:

  1. -li. Bu affiks serunum yasovchi bo„lib, turlicha ma’no anglatgan sifat yasaydi: hurmat-li, maza-li, aql-li, g‘ayrat-li, ma 'no-ii, ma ’lumiot-ii kabi.

Bu affiks orqali yasalgan sifatlar quyidagi ma’nolarni anglatadi: a) yasash asosi otdan anglashilgan narsaga egalikni, o„sha narsaning borligi, mavjudligini bildiradi: uy-ii, miitiq-ii, do‘ppi-ii, paxta-ii, boia-ii, meva-ii, qopqoq-ii, dasta-ii kabi; b) yasash asosidan anglashilgan narsaning odatdagidan ko„ra ko„pligi, mo„lligi, ortiqligi ma’nolarini bildiradi: gavda-ii, aqi-ii, kuch-ii, suv-ii kabi; mavhum otlarga qo„shilganda ham shunday ma’no anglatgan sifatlar yasaladi: hurmat-ii, muruvvat-ii, mushohada-ii, intizom-ii, ishonch-ii, shiddat-ii, unum-ii, biiim-ii kabi; v) yasash asosi fe’lning sifatdosh shaklidan bo„lib, narsaning undan anglashilgan harakat-belgi, holat-xususiyatga ega ekanligini bildiradi: qiziqar-ii, qoniqar-ii, tushunar-ii, etar-ii, achinar-ii, ko‘rinar-ii kabi. Bu tipdagi yasalmalarda -li affiksi sifatdosh yasovchi -(a)r affiksi bilan birikib, bir murakkab affiksga aylanib bormoqda: ajabianar-ii, seziiar-ii, maqtar-ii, aytar-ii, biiinar-ii, zerikar-ii kabi; g) yasash asosi fe’lning harakat nomi shaklidan bo„lib, buyum-narsaning biror ish uchun yaroqli ekanligini, o„sha harakat uchun moslanganligini bildiradi: chopish-ii, minish-ii, yeyish-ii, ichish-ii kabi.

-li affiksi egalik, mavjudlik, ortiqlik ma’nolarini anglatgan ayrim yasalmalarda ser-, -dor, ba- kabi affikslar bilan sinonimiya munosabatida bo„ladi: g‘ayratii-serg‘ay-rat, suvii-sersuv, unumii- serunum-unumdor, daviatii-badaviat, serhosii-hosiidor, saviatii- sersaviat, jarangii-jarangdor kabi.

  1. -siz. Bu affiks ham juda unumli bo„lib, yasash asosi bilan bog„liq ravishda belgi, xususiyat, holat kabi xilma-xil ma’nolarni bildiruvchi sifat yasaydi. Bular quyidagicha: a) yasash asosidan anglashilgan narsaga ega emaslikni, uning yo„qligi, mavjud emasligini bildiradi: suv-siz, ish-siz, xato-siz, pui-siz kabi; b) yasash asosi anglatgan narsa, holat kabilarning kamligi, etarli emasligini bildiradi: tuz-siz, kuch-siz, harakat-siz, yog‘-siz, tajriba-siz, aqi-siz kabi; v) yasash asosidan anglashilgan buyum- narsa belgisi, holat, xususiyat kabilarning ko„pligi, ortiqligi, shu xususiyat uning doimiy belgisiga aylanganligi ma’nolarini bildiradi: chek-siz (dengiz), poyon-siz; (cho‘l) had-hisob-siz; g) shaxs, narsaning salbiy xususiyatini, salbiy holatini bildiradi: ong- siz, andisha-siz, axloq-siz, shafqat-siz, hayo-siz kabi. Bu yasovchi ba’zan be-, no- affikslari bilan sinonimlik munosabatida bo„ladi: poyon-siz = be-poyon, tartib-siz = be-tartib, o‘rin-siz = no-o‘rin, umid-siz — no-umid, bahosiz-bebaho, o‘rinsiz-noo‘rin kabi.

  2. -gi (-ki, -qi). Bu affiks yasash asosidan anglashilgan o„rin va paytga munosabatni, unga xoslanganlikni bildiradi: yoz-gi, kuz- gi, bugun-gi, keyin-gi, qadim-gi, tun-gi, ich-ki, tash-qi, kech-ki kabi. Ba’zan bu affiks fel o„zakka qo„shilib, yasash asosi vazifasida fe’l shakllari keladi, shunday xususiyatga egalik ma’nosini bildiruvchi sifat yasaladi: vaysa-qi, yig‘lo-qi, sayro-qi kabi.

  3. -gin (-g‘in, -kin, -g„un, -qin, -qun). Bu affiks fe’l

shakllariga qo„shilib, harakat va holat bilan bog„liq belgi- xususiyat ma’nolarini bildiradi: jo‘sh-qin, oz-g‘in, so‘l-g‘in, tur- g‘un, tut-qun, kes-kin, jo‘sh-qin, sot-qin, yor-qin, chir(i)-kin kabi.

  1. -gir (-g‘ir, -kir, -qir, -qur). Bu affiks yasash asosi

anglatgan harakat va holat bilan bog„liq belgi-xususiyatning ortiqligini, shu xususiyatning ko„pligi, kuchli ekanligini bildiruvchi sifat yasaydi: sez-gir, ol-g‘ir, o‘t-kir, top-qir, kes-kir, chop-qir, uch-qur kabi.

  1. -choq (-chiq, -chak). Bu affiks fe’l asosiga daraja shaklidan keyin qo„shilib, belgi-xususiyat, holat ma’nolarini bildiruvchi sifat yasaydi: erin-choq, maqtan-choq, yalin-choq, tortin-choq, cho‘zin-choq, qizg‘an-chiq, kuyun-chakkabi.

  2. -k (-ik, -uk, -ak), -q (-iq, -uq, -oq). Mahsuldor affiks bo„lib, yasash asosi vazifasida ko„pincha fe’l shakllari keladi. Harakat va holat natijasida voqe bo„ladigan belgi, xususiyatni bildiruvchi sifat yasaydi: kes-ik, chiri-k, yugur-ik et-uk, sin-iq, yum-uq, tin-iq, yumalo-q, qol-oq, quvno-q kabi. Bu affiksning variantlari yasash asosining unli va undosh tovushlar bilan tugashiga qarab tanlanadi.

  3. -iy (-viy). Mavhum otlarga qo„shilib, shunday narsaga aloqadorlik, unga xoslanganlik ma’nolarini bildiruvchi sifat yasaydi: zamona-viy, ilm-iy, axloq-iy, iqtisod-iy, tarix-iy, oila-viy, mafkura-viy, omma-viy, markaz-iy kabi. Bu affiks ko„proq arab tilidan qabul qilingan so„zlar tarkibida qo„llanadi. Shunga ko„ra ba’zi arabcha sifatlar tarkibida affiks sifatida ajratilmaydi: oddiy, jiddiy, sun'iy, haqqoniy, ashaddiy, jinoiy kabi.

  4. -i. Yasash asosi anglatgan shaxs, narsa, o„rin, holat kabilarga xoslanganlik, aloqadorlik, tegishli ekanlikni bildiruvchi sifat yasaydi: chapan-i, zardo‘z-i, kashmir-i, xitoy-i, iroq-i kabi.

  5. -ma. Bu unumli affiks fe’l asosiga qushilib, shaxs va narsaning harakat - holat bilan bog„liq turli belgisini anglatuvchi sifat yasaydi: sayrat-ma, ko‘ch-ma, ag‘dar-ma, shildira-ma, qaynat-ma, yasa-ma, ula-ma; qo‘sh-ma, soch-ma, bura-ma, hovliq-ma, saylan-ma, dang‘illa-ma kabi.

  6. -qoq, -g‘oq. Bu affiks fe’llardan sifat yasaydi, narsaning harakat-holat bilan bog„liq xususiyatini, belgisini bildiradi: urish- qoq, yopish-qoq, burish-qoq, uyush-qoq, tirish-qoq, toy-g‘oq, qoch-qoq kabi.

  7. -chan. Turli so„zlarga qo„shilib, yasash asosidan anglashilgan narsa, harakat va holatga bog„liq belgi, xususiyat bildiruvchi yoki «shu narsaning yakka o„zi bilangina» ma’nosidagi sifat yasaydi: harakat-chan, ish-chan, ko‘ngil-chan, bo‘y-chan, o‘y-chan, uyat-chan, xayol-chan, sezuv-chan, sinov- chan, biluv-chan, ko‘ylak-chan kabi.

  8. -simon. Turli so„zlarga qo„shilib, yasash asosidan anglashilgan narsaga o„xshashlik ma’nosidagi sifat yasaydi: oltin- simon, odam-simon, tuxum-simon, qalqon-simon kabi.

  9. -ag‘on. Fe’l asosiga qo„shilib, yasash asosi anglatgan harakat va holat bilan bog„liq belgi, xususiyatga egalik bildiruvchi sifat yasaydi: bil-ag‘on, chop-ag‘on, qop-ag‘on, o‘z-ag‘on, yot- ag‘on, tep-ag‘on kabi.

Fe’lning sifatdosh shakliga -mon affiksini qo„shish orqali yasalgan sifatlar ma’no jihatidan -ag‘on affiksi vositasida yasalgan sifatlarga yaqin turadi: ishbilar-mon, to‘par-mon, tutar- mon kabi. Ammo bu affiks ancha kamunum hisoblanadi.

  1. -ong‘ich, -ovuch. Bular ham kamunum affiks bo„lib, harakat va holat bilan bog„liq belgining ortiqligini bildiruvchi sifat yasaydi: tep-ong‘ich, kul-ong‘ich, hurk-ovuch, isko-vuch, qop- ong‘ich kabi.

  2. -chil. Kamunum affiks bo„lib, yasash asosi anglatgan belgi, holat, xususiyatga egalik ma’nosidagi sifat yasaydi: ep-chil, dard-chil, iz-chil, xalq-chil kabi. Sifat va ravishlarga qo„shilganda belgining ozligi, kuchsizligi ma’nolarini bildiradi: oq-chil, kam- chil kabi.

  3. - aki. Bu ham kamunum affiks bo„lib, ot, sifat, ba’zan taqlidiy so„zlardan sifat yasaydi: qalb-aki, og‘z-aki, zo‘r-aki, xom- aki, jizz-aki, jirt-aki kabi.

  4. -in. Bu affiks ot va fe’l asoslaridan belgi, xususiyat bildiruvchi sifat yasaydi: erk-in, otash-in, yashir-in, to‘k-in-soch- in, to‘l-in, och-m=to‘q-in kabi.

  5. -parvar. Bu affiksoid yasash asosi anglatgan narsa,

harakat bilan bog„liq belgi, holat, xususiyat bildiruvchi sifat yasaydi: vatan-parvar, sulh-parvar, ma 'rffat-parvar, taraqqiy- parvar kabi.

  1. -kor, -gar. Yasash asosidan anglashilgan narsa, holat, xususiyatga egalikni, o„sha bilan band bo„lish ma’nolarini bildiruvchi sifat yasaydi: fido-kor, xalos-kor, isyon-kor, da vo-gar, javob-gar, ig‘vo-gar kabi.

  2. -mand. Yasash asosi ifodalagan narsa va holatga egalikni bildiradi: ayol-mand, orzu-mand, dard-mand, ixlos-mand.

  3. ildoq (il+doq). Bu kamunum affiks taqlidiy so„zlardan sifat yasaydi: liq-ildoq, qaq-ildoq, shaq-ildoq, bij-ildoq, shiq- ildoq.

  4. -vor. Kamunum affiks bo„lib, turli so„zlardan qiyoslash ma’nosidagi sifat yasaydi: afsona-vor, tantana-vor, mardona-vor, ulug‘-vor.

  5. -parast (tojikcha parastidan — «itoat qilmoq», «ta’zim qilmoq» fe’lidan). Yasash asosi anglatgan narsaga, holatga o„ta berilganlik, unga e’tiqod qilish ma’nosidagi sifat yasaydi: mansab-parast, shuhrat-parast, maishat-parast, mol-parast, amal-parast kabi.

  6. ba-. Yasash asosi orqali ifodalangan narsaga ortiq darajada egalikni bildiradi: ba-davlat, ba-g‘ayrat, ba-quvvat, ba- tafsil, ba-tartib, ba-haybat, ba-ma ’ni kabi. Bu affiks -li, -dor, ser- yasovchilari bilan sinonimiya munosabatida bo„lishi mumkin: badavlat = davlatli, bahaybat, = haybatli, basavlat = savlatli = sersavlat = savlatdor kabi.

  7. be-. Otlarga qo„shilib, yasash asosidan anglashilgan narsaga ega emaslikni yoki uning bir oz kamligini, yetishmasligini bildiruvchi sifat yasaydi: be-g‘ubor, be-qiyos, be-pul, be-vatan, be-maza, be-g‘alva, be-farzand, be-xabar, be-farosat kabi. Bu affiks orqali yasalgan sifatlar kishilarga xos belgi-xususiyatni (be- mehr, be-hayo, be-parvo, be-g‘am, be-obro‘, be-nomus) hamda umuman narsalarga xos belgi-xususiyatni bildiradi: be-xato, be- ruxsat, be-poyon, be-hisob, be-sabab, be-davo, be-takror, be-ta‘sir kabi. Bu affiks ba’zan -siz va qisman no- yasovchilari bilan sinonimlik munosabatda bo„ladi: be-pul=pul-siz, be-

poyon=poyon-siz, be-takalluf=takalluf-siz, be-tob=no-tob, be- tayin=no-tayin kabi. Ammo be- affiksi hamma vaqt ham -siz, no- yasovchilari bilan almashavermaydi: bejirim, ammo jirimsiz, nojirim deyilmaydi; bemalol, bemahal, betaraf, beso‘naqay, behud kabilar ham malolsiz, (shevada) nomalol, mahalsiz, nomahal, tarafsiz, notaraf, so‘naqaysiz, nohud, hudsiz kabi tarzda ishlatilmaydi.

  1. no-. Turli so„zlarga qo„shilib, yasash asosi anglatgan narsa, belgiga ega emaslikni, unga zid ekanlikni bildiradi: no- qulay, no-o‘rin, no-rozi, no-ma‘lum, no-to‘g‘ri, no-umid, no-insof kabi. Bu affiks ham -siz yasovchisi bilan sinonimlik munosabatida bo„ladi: nohaq = haqsiz, noo‘rin = o‘rinsiz, noinsof = insofsiz, noumid = umidsiz. Tojik tilidan qabul qilingan ayrim so„zlar tarkibida bu affiks ajralmaydi: noyob, nodon, notob, nochor, noshud kabi.

  2. ser-. Bu affiks yasash asosi anglatgan narsa, holat va xususiyatning ko„pligini, ortiqligini bildiradi: ser-chiqim, ser- zavq, ser-suv, ser-shox, ser-tashvish, ser-g‘alva, ser-hosil, ser-gap kabi.

  3. - don. Yasash asosidan anglashilgan narsani ortiq darajada «biluvchi», «suyuvchi» ma’nosidagi sifat yasaydi: gap-don, bilim- don, qadr-don kabi.

  4. bad-. Bu affiksoid shaxs va narsalarning yasash asosi anglatgan ma’no bilan bog„liq salbiy belgisini bildiruvchi sifat yasaydi: bad-jahl, bad-bashara, bad-qovoq, bad-nom, bad-boy, bad-hazm, bad-fe ’1, bad-nafs, bad-mast, bad-axloq kabi.

  5. -dor. Bu affiks ham otlarga qo„shilib, yasash asosidan anglashilgan narsaning me’yoridan ortiqligini bildiruvchi sifat yasaydi: pul-dor, go‘sht-dor, bo‘y-dor, salmoq-dor, elka-dor, dimog‘-dor kabi. Bu affiks o„rni bilan yasash asosi anglatgan narsa, belgi-xususiyat kabilarning mavjud ekanligi, borligi ma’nosini ham bildiradi: joziba-dor, qarz-dor, do‘kon-dor, bayroq-dor, kungura-dor. Bu yasovchi shunga o„xshash ma’no bildiruvchi -li affiksi bilan sinonimiya munosabatida bo„ladi: jarangdor = jarangli, unumdor = unumli, shirador = shirali, jozibador = jozibali kabi.

Umuman, o„zbek tilida -li, -dor, ser-, ba- affikslari orqali yasalgan sifatlar ma’no jihatidan bir-biriga ancha yaqin turadi: go‘shtli = go‘shtdor = sergo‘sht, savlatli = savlatdor = sersavlat = basavlat, ma ’noli = ma ’nodor = serma ’no, unumli = unumdor = serunum kabi. Ammo bu affikslardan har birining o„ziga xos ma’no va uslubiy xususiyatlari ham bor.

  1. xush-. Yasash asosida ifodalangan narsa va holat bilan bog„liq bo„lgan belgini bildiruvchi sifat yasaydi: xush-xabar, xush-bichim, xush-vaqt, xush-suhbat, xush-surat, xush-xat, xush- bo‘y kabi. Xushyoqmas, xushchaqchaq kabilar ham asos anglatgan ma’no bilan bog„liq belgi bildiradi.

  2. -namo. Yasash asosi ifodalagan narsa, xususiyat va holat kabilar bilan qiyoslash, o„shaning xususiyatiga ega ekanlik ma’nolarini bildiruvchi sifat yasaydi: garang-namo, kasal-namo, mulla-namo, olim-namo kabi.

  3. -cha. Bu affiks aslida ravish yasovchi bo„lib, sifat

yasashga ham xizmat qiladi. Yasash asosi anglatgan ma’no (etnik va geografik nom) bilan bog„liq xususiyat bildiruvchi sifat yasaydi: buxoro-cha (buxorcha) o‘yin, farg‘ona-cha (kurash), o‘zbek-cha (talaffuz), turkman-cha (telpak) kabi.

Bulardan tashqari, quyidagi affikslar orqali cheklangan tarzda sifat yasalishi mumkin: bar-: bar-vaqt, bar-hayot, bar-taraf; - bop: palto-bop, ko‘ylak-bop, norin-bop: -mon: bilar-mon, ustabuzar-mon; -kash: dil-kash, past-kash, dard-kash, hazil-kash, jafo-kash, janjal-kash; -shumul: olam-shumul, jahon-shumul; - loq: qo‘sha-loq, baqa-loq kabi.

Kompozitsiya usuli bilan sifat yasalishi



Hozirgi o„zbek tilida kompozitsiya usuli bilan sifat yasalishi ham mahsuldor usullardan hisoblanadi. Kompozitsiya usulida ikki va undan ortiq asosning qo„shilishi natijasida belgi bildiruvchi yangi so„z - qo„shma sifat hosil bo„ladi. Qo„shma sifat qismlari orasidagi sifatlovchilik munosabatining yo„qolishi natijasida ular qo„shilib ketib, yaxlit bir leksik birlik sifatida belgi ma’nosini anglata boshlaydi va qo„shma sifatga aylanadi: olachipor, qimmatbaho, oqqush, oqsoqol kabi.

Qo„shma sifatni sifat birikmalardan farqlash lozim. Sifat birikma tarkibidagi qismlarning sifatlovchilik munosabati saqlangan bo„ladi, ular birikma holida boshqa bir otga bog„lanadi va narsaning belgisini bildiradi: ikki xonali (uy), besh qirrali (yulduz), yuz katakli (shashka), ko‘p millatli (jamoa) kabi. Shu kabi xususiyat predikativ sintagmaga ham xos: lafzi halol (yigit), zuvalasi pishiq (bola), ko‘z ilg‘amas (dala), jahli tez (kishi) kabi.

Qo„shma sifat qismlari qaysi so„z turkumlaridanligiga qarab quyidagicha bo„ladi:

  1. Ikki sifatdan: olachipor, to‘q qizil, qora qizil, qorasovuq kabi.

  2. Sifat va otdan: qorako‘z, ochiq yuz, shirinso‘z, qimmatbaho, pushti rang, xasta dil, sof dil, sohib jamol, qora po‘choq, Shirinbuloq kabi.

  3. Ikki otdan: havo rang, bug‘doy rang, bodomqovoq,

otashqalb, qo‘y ko‘z, qo‘l bola, anoryuz, toshbag‘ir kabi.

  1. Ravish va otdan: kamunum, kamqon, kamsuv, kamgap, kamchiqim, kamquvvat, kamyog‘in, hozirjavob kabi.

  2. Ravish, ba’zan ot va fe’lning sifatdosh shaklidan: tezpishar, tezotar, kechpishar, ertapishar, tezoqar, tinchliksevar kabi.

  3. Son va otdan: beshkokil, besh qavatli (bino) kabi. Bunday sifat ba’zan
    Download 96.84 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling