Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti qalandar sapayev


Download 96.84 Kb.
bet6/11
Sana21.08.2020
Hajmi96.84 Kb.
#127203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
sapayev q hozirgi ozbek tili

So‘z yasash asoslari

So„zshakl tarkibida leksik ma’no anglatuvchi qism bilan grammatik ma’no bildiruvchi qism farqlanadi. So„zshaklning leksik ma’no bildiruvchi qismi leksema deyiladi. Leksema grammatik ma’no ifodalovchi qism, shuningdek, so„z yasovchi qo„shilishi uchun asos bo„lib xizmat qiladi.

Yasash asosi bo„lib kelgan leksema tub yoki yasama bo„ladi. Tub leksema tarkibida yasovchi affiks bo„lmaydi: ish-lar-im, bil- a-man, o‘qi-di-m, sez-gan-san kabi so„zlarning ish, bil, o‘qi, sez qismi tub bo„lib, o„zakka teng keladi.

Yasama leksema esa tub leksemaga yasovchi affiks qo„shilishidan yoki birdan ortiq leksemaning qo„shilishidan hosil bo„ladi: ish-chi-larga, bil-im-larni, sez-gir, zamon-dosh-larim, chim-qirqar, sho ‘r-quduq kabi.

Yasama leksema ma’noli qismlarga bo„linadi, chunki tilda yasama leksema bilan yonma-yon tub leksema ham mavjud bo„ladi. Jumladan, shaharlik, ishchan, kitobxon, bugungi, ko‘kar kabi yasama leksemalar ma’noli qismlarga - morfemalarga bo„linadi. Shunki hozirgi o„zbek tilida bu yasalmalarning hosil bo„lishiga asos bo„lgan shahar, ish, kitob, bugun, ko‘k kabi leksemalar ham ishlatiladi.

Tilda leksema iste’moldan tushib qolsa yoki uning yasama leksema bilan aloqasi, bog„liqligi yo„qolsa, yasama leksemaning morfemalarga bo„linish xususiyati ham yo„qoladi, natijada yasama leksema tub leksemaga aylanadi.

Tub leksemalar bilan uzviy aloqada bo„lgan yasama leksemalar tilda ikki holatda - mustaqil ishlatiladigan leksema sifatida ham, affiks yoki boshqa leksema bilan birgalikda, bog„liq holda ham mavjud bo„ladi. Jumladan, yo‘ldosh, go‘zallik, tutqich, devoriy kabilar yasama leksemadir. Ular hozirgi o„zbek tilida mustaqil ishlatiladigan yo‘l, go‘zal, tut, devor kabi tub leksemalardan yasalgan. Yuksak, yuksal kabilar ham yasama leksema, lekin ular tarkibidagi yuk, yuksa qismlari hozirgi tilda mustaqil ishlatilmaydi, balki bog„liq asos tarzida mavjud. (tarixiy yasalish).

Tub leksema bilan yasama leksema faqat morfologik jihatdangina emas, balki leksik ma’no anglatishi tomonidan ham bir-biridan farq qiladi. Tub leksemaning ma’nosi bevosita shu leksemaning o„ziga asoslanadi. Yasama leksemaning ma’nosi esa uning tarkibidagi qismlarning - yasovchi asos va yasash vositasining ma’nolari orqali yuzaga chiqadi. Masalan, daraxt, suv, paxta, tuz, qo‘l kabi tub leksemalar borliqdagi narsalarni bevosita, to„g„ridan-to„g„ri anglatadi, ular shu narsalarning tildagi shartli atamasi hisoblanadi. Daraxtzor, suvchi, paxtakor, tuzdon, qo‘lqop singari yasama leksemalarning ma’nosi esa tarkibidagi qismlar ma’nosiga asoslanadi, shular orqali anglashiladi: daraxtzor — «daraxt ko‘p bo‘lgan joy»; suvchi- «sug„orish, suv berish bilan shug„ullanuvchi shaxs»; paxtakor - «paxta etishtirish bilan shug„ullanuvchi shaxs»; tuzdon - «tuz solib qo„yishga

mo„ljallangan idish»; qo‘lqop - «qo„lga kiyish uchun

mo„ljallangan narsa» kabi.

Yasash asosi bo„lib tub leksema ham, yasama leksema ham xizmat qiladi. Masalan, terim, bilim, yig‘im, o‘rim otlari uchun yasash asosi bo„lib tub fe’l leksemalar xizmat qilgan, terimchi, bilimdon, gulchilik kabi yasama otlarda terim, bilim, gulchi yasama leksemalari yasash asosi bo„lib kelgan, terimchilik, bilimdonlik, to‘qimachilik, og‘machilik kabi yasama otlarda esa terimchi, bilimdon, to‘qimachi, og‘machi yasama leksemalari yasash asosi vazifasida kelgan.

So„z tarkibidagi morfemalarni to„g„ri ajratish yasash asosining va yasovchi vositaning tarkibini, chegarasini to„g„ri hisobga olish katta ahamiyatga ega. Jumladan, gulchilik, uzumchilik, baliqchilik kabi yasama leksemalarda gulchi, musiqachi, baliqchi leksemalari yasash asosi hisoblanadi. Ko‘pchilik, ozchilik, dehqonchilik kabilarda esa yasash asosi ko‘p, oz, dehqon leksemalaridir, chunki tilda ko‘pchi, ozchi, dehqonchi shaklidagi leksemalar yo„q.

Yasama leksema tuzilishiga ko„ra sodda va qo„shma bo„ladi.

Sodda leksema tub leksemaga leksema yasovchi affiks qo„shilishi bilan yasaladi: bola-lik, ish-la, dars-lik, terim-chi kabi.

Qo„shma leksema ikki va undan ortiq leksemaning qo„shilishidan hosil bo„ladi: Mirza-cho‘l, karnay-gul, anjir- shaftoli, otash-qalb, ko‘k-sulton, tuya-qush kabi.

So‘z turkumlarida so‘z yasalishi



So„z yasalishi hodisasi mustaqil so„z turkumlariga xos bo„lsa ham, lekin so„z yasashning biror usuli bilan yangi so„z hosil qilish so„z turkumlarining barchasi uchun birdek emas. Masalan, hozirgi o„zbek tilida eng mahsuldor usul - affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan so„z yasash ot, sifat, fe’l va ravish turkumlari uchun xarakterlidir. Son turkumida esa affiksatsiya usuli bilan ham, kompozitsiya usuli bilan ham miqdor bildiruvchi yangi so„z (yangi son) yasalmaydi. Sonlarga qo„shiluvchi -(i)nchi (uchinchi, beshinchi, ikkinchi), -ta (ikkita, uchta, beshta) kabi affikslar yangi miqdor bildiruvchi son hosil qilmaydi, balki son (miqdor) tushunchasini o„zgartmagan holda, unga tartib, dona kabi ma’nolar qo„shadi, xolos: O‘n besh, besh yuz, besh yuz ming, besh yuz million, o‘n ming, o‘n besh ming kabilarda har bir so„z (son) o„z ma’nosida qatnashadi, ular birikib yangi bir so„z (son)ni hosil qilmaydi.

Olmoshlar boshqa turkumga oid so„zlar o„rnida qo„llanuvchi, umumiylik xususiyatiga ega so„zlar bo„lganidan yangi so„z yasalish hodisasi bu turkumda deyarli yo„q darajadadir.

OT YASALISHI



Hozirgi o„zbek tilining lug„at tarkibida ot turkumi juda ko„p so„zlarni birlashtiradi. Boshqa so„z turkumlariga nisbatan ot turkumining yangi so„zlar bilan boyib borishi ancha faol va uzluksiz davom etadi. Ot turkumining boyib borishi o„zbek tilining asosan o„z ichki vositalari asosida, shuningdek, boshqa tillarning ta’sirida sodir bo„ladi.

Hozirgi o„zbek tilida otlar quyidagi usullar bilan yasaladi: 1) affiksatsiya usuli, 2) kompozitsiya usuli. Bular so„z yasashning faol usullari hisoblanadi. Bulardan tashqari, qisman fonetik usul va semantik usul bilan yasalgan otlar ham bor.

Affiksatsiya usuli bilan ot yasalishi



Affiksatsiya usulida yasovchi asosga maxsus affiks qo„shish orqali ot hosil qilinadi. Bu usul hozirgi o„zbek tilida ot yasalishining eng faol, eng mahsuldor usullaridan biri hisoblanadi. Affiksatsiya usuli bilan ot yasashda ot, fe’l, sifat, ravish va boshqa turkum so„zlari asos bo„lib xizmat qiladi. Shunga ko„ra bu otlar uch turga bo„linadi: 1) ot asosidan yasalgan otlar; 2) fe 'l asosidan yasalgan otlar; 3) boshqa so‘z turkumlaridan (sifat, ravish, son, taqlidiy so‘z kabilardan) yasalgan otlar.

Ot asosidan yasalgan otlar. Bu turdagi yasalishda asos bo„lib ot so„zlar xizmat qiladi. Bunday yasalmalarning ma’nosi har vaqt yasash asosining ma’nosi bilan bog„langan, undan o„sib chiqqan bo„ladi. Bu xildagi yasama otlarda yasash asosining ma’nosi bilan bog„liq ravishda shaxs, narsa va o„rin-joy, har xil mavhum tushunchalar ifodalanishi mumkin.

Shaxs otlari juda katta to„dani tashkil qiladi, anglatgan ma’nolarining xilma-xilligi, yasovchi affikslamrng ko„pligi, mahsuldorligi bilan boshqa to„dadagi otlardan ajralib turadi. Bu otlar sof o„zbekcha affikslar hamda boshqa tillardan (asosan tojik tilidan) qabul qilingan yasovchi morfemalar vositasi bilan yasaladi. Hozirgi o„zbek tilida shaxs oti yasovchi qo„shimchalar quyidagilar: -chi, -dosh, -gar, (-kar), -kor, -bon, -dor, -shunos, -furush, -boz, -xo‘r, -paz, -soz, -do‘z, -kash, -xon, -go‘y, -navis, -parast.

  1. -chi. Bu affiks eng faol ot yasovchi bo„lib, barcha so„z turkumlaridan (boshqa tillardan o„zlashtirilgan so„zlardan ham) ot yasashga xizmat qiladi: ish-chi, tarix-chi, jang-chi, bo‘z-chi, bo‘yoq-chi, suv-chi, qiziq-chi, ma'ruza-chi, xizmat-chi, yolg‘on- chi, traktor-chi, haybarakalla-chi kabi.

-chi affiksi polisemantik xususiyatga ega. Bu affiks orqali yasalgan otning xilma-xil ma’nolari bevosita yasash asosining ma’nosi bilan bog„langan. Bu tipdagi yasama otlar: a) shaxsning yasash asosi anglatgan narsa bilan shug„ullanishini (temir-chi, bo‘yoq-chi, suvoq-chi, suv-chi, tunuka-chi, qush-chi); b) ish- harakatni yasash asosi anglatgan narsa vositasida bajarishini (nay- chi, childirma-chi, dutor-chi, ketmon-chi, mashina-chi, o‘roq-chi, karnay-chi, traktor-chi, shaxmat-chi kabi); v) yasash asosidan anglashilgan narsani yaratish, yasash bilan shug„ullanishini (taqa- chi, egar-chi, bo ‘z-chi, pichoq-chi, sandiq-chi kabi); g) shaxsning kasb-hunar, turlicha mutaxassislik, shuningdek, fan-texnikaning xilma-xil sohalari bo„yicha mashg„ul bo„lishini (tarix-chi, lug‘at- chi, dengiz-chi, razvedka-chi, yilqi-chi, futbol-chi kabi); d) shaxsning biror belgi, holat, xususiyati bilan ajralib turishini (janjal-chi, kek-chi, lof-chi, hasad-chi, tuhmat-chi, fitna-chi, gina- chi, g‘alva-chi, vahima-chi kabi); e) shaxsning biror jamoaga, ijtimoiy tashkilotga munosabatini (isyon-chi, dinamo-chi, paxtakor-chi, millat-chi, respublika-chi kabi) va boshqa juda ko„p ma’nolarni anglatgan otlar yasaydi.

  1. -dosh. Yasash asosidan anglashilgan narsa, soha bo„yicha birgalik, yaqinlik, barobar aloqadorlik ma’nosidagi shaxs oti yasaydi: vatan-dosh, qurol-dosh, teng-dosh, fikr-dosh, maktab- dosh, suhbat-dosh, yo‘l-dosh kabi. Bu qo„shimacha orqali yasalgan otlar o„rin, makon jihatidan (sinf-dosh, maktab-dosh), payt jihatidan (zamon-dosh, teng-dosh, asr-dosh), va belgi, holat, xususiyat jihatidan (suhbat-dosh, sir-dosh, ohang-dosh, fikr-dosh) shaxslarining birgaligi, teng aloqadorligi ma’nolarini anglatadi.

-dosh affiksi ma’no jihatidan tojik tilidan qabul qilingan ham- affiksi bilan sinonimik munosabatda bo„ladi: fikr-dosh=ham-fikr, suhbat-dosh = ham-suhbat kabi. Ammo bu affikslarni hamma vaqt parallel holda- biri o„rniga ikkinchisini ishlataverish mumkin emas. Jumladan, musobaqa-dosh, yo‘l-dosh deyiladi, ammo ham- musobaqa, ham-yo‘l deyilmaydi. Yoki ham-shahar, ham-dard deyiladi, lekin shahar-dosh, dard-dosh deyilmaydi.

Bu affiks orqali ayrim ilmiy atamalar ham yasaladi: sifat- dosh, ravish-dosh, un-dosh kabi.

  1. -gar (-kar) .Bu affiks yasash asosida ifodalangan narsa bo„yicha shaxsning kasb-hunarini bildiradigan ot yasaydi: zar-gar, savdo-gar, mis-kar, sovun-gar, kimyo-gar kabi.

  2. -kor. Yasash asosi anglatgan narsani etishtiruvchini, shu narsa bilan shug„ullanuvchini ifodalaydigan ot yasaydi: g‘alla-kor, paxta-kor, san’at-kor, sabzavot-kor, sholi-kor kabi. Mavhum tushunchalarni bildirgan otlarga qo„shilganda, shaxsning belgi, holat, xususiyat kabilarga munosabatini ifodalovchi ot yasaydi: xizmat-kor, madad-kor, tashabbus-kor, ijod-kor, gunoh-kor kabi.

  3. -bon. Yasash asosidan anglashilgan narsaga ega yoki shu narsaning saqlovchisi, qo„riqlovchisi bo„lgan shaxsni bildiruvchi ot yasaydi: bog‘-bon, darvoza-bon, saroy-bon, tarozi-bon kabi.

  4. -dor (tojikcha doshtan - «ushlamoq», «ega bo„lmoq» fe’lidan). Bu affiks shaxsning yasash asosidan anglashilgan narsaga ega yoki aloqadorligini bildiruvchi ot yasaydi: muhr-dor, chorva-dor, mulk-dor, hukm-dor, ayb-dor kabi.

  5. -shunos (tojikcha shunoxtan - «tanimoq», «bilmoq»

fe’lidan). Bu affiksoid shaxsning yasash asosidan anglashilgan narsa yoki sohaning mutaxassisi, kasb egasi ekanini bildirgan ot yasaydi: tabiat-shunos, adabiyot-shunos, zar-shunos, o‘lka- shunos, musiqa-shunos kabi.

  1. -furush (tojikcha furo‘xtan - «sotmoq» fe’lidan). Bu affiksoid yasash asosida ifodalangan narsani sotish bilan shug„ullanuvchi shaxs oti yasaydi: meva-furush, do‘ppi-furush, nos-furush, choy-furush kabi.

  2. -boz (tojikcha bozidan, boxtan - «o„ynamoq» fe’lidan). Bu affiksoid shaxsning yasash asosi anglatgan narsa bilan ko„p shug„ullanishini, shunga o„ta berilganligini bildiruvchi ot yasaydi: kaptar-boz, bedana-boz, qimor-boz, dor-boz, maishat-boz, majlis- boz kabi. Xuddi shu tartibda yasalgan nayrang-boz, masxara-boz, va‘da-boz kabilar shaxsning belgi, xususiyatini bildiradi.

  3. -xo„r (tojikcha xo‘rdan - «emoq» fe’lidan). Yasash

asosidan anglashilgan narsalarni, ayniqsa yegulik va ichimlik narsalarni ko„p va tez-tez iste’mol qiluvchi shaxs oti yasaydi: choy-xo‘r, go‘sht-xo‘r, palov-xo‘r, non-xo‘r, qimiz-xo‘r kabi.

  1. -paz (tojikcha puxtan «pishirmoq» fe’lidan). Taom

nomlarini bildiruvchi so„zlarga qo„shilib, shaxsning shu ovqatni pishirish, tayyorlash bilan shug„ullanishini anglatgan ot yasaydi: osh-paz, kalla-paz, kabob-paz, somsa-paz, manti-paz kabi (ammo non yopuvchilar nonpaz emas, balki nonvoy deyiladi).

  1. -soz (tojikcha soxtan - «yasamoq» fe’lidan). Yasash asosi ifodalagan narsani yasash, sozlash, tuzatish bilan shug„ullanuvchi shaxs oti yasaydi: soat-soz, kema-soz, arava-soz, asbob-soz kabi.

  2. -do‘z (tojikcha do‘xtan - «tikmoq» fe’lidan). Yasash asosi anglatgan narsani tikish, yaratish bilan shug„ullanuvchi shaxs oti yasaydi: mahsi-do‘z, do‘ppi-do‘z, etik-do‘z, kashta-do‘z kabi.

  3. - kash (tojikcha kashidan - «tortmoq» fe’lidan).

Shaxsning yasash asosi ifodalagan narsa bilan shug„ullanishini, ish-harakatning shu orqali bajarilishini anglatadigan ot yasaydi; arava-kash, chizma-kash, tuya-kash, loy-kash, surat-kash, paxsa- kash kabi.

  1. -xon (tojikcha xondan - «o„qimoq» fe’lidan). Yasash asosidan anglashilgan narsani doimiy o„qish bilan shug„ullanuvchi shaxs oti yasaydi: kitob-xon, g‘azal-xon, she'r-xon, mushtum-xon kabi.

  2. -go‘y (tojikcha guftan - «demoq», «aytmoq» fe’lidan). Shaxsning yasash asosi ifodalagan narsa, voqea-hodisalar bilan band bo„luvchi, uni doimo aytib turish bilan shug„ullanuvchi shaxs oti yasaydi: nasihat-goy, maslahat-goy, duo-goy, xushomad-goy kabi.

  3. -ham Shaxsning yasash asosi orqali ifodalangan narsa, voqea-hodisalarga teng aloqadorligi, birgaligi ma’nolarini anglatgan ot yasaydi: ham-suhbat, ham-shahar, ham-qishloq kabi.

  4. -iy. Kishi va joy nomlariga qo„shilib, shaxsning taxallusini bildirgan ot yasaydi: Navo-iy, Habib-iy, Abdulla Avlon- iy, Ismoil Buxor-iy, Mirzo Samarqand-iy, Yunus Rajab-iy kabi.

Hozirgi o„zbek tilida shaxs oti yasovchi affikslarning so„z yasash darajasi bir xil emas. Ularning ayrimlari, ayniqsa -chi affiksi, eng faol so„z yasovchi vosita sifatida xizmat qilsa, ba’zilari, jumladan, -dosh, -dor kabi affikslar oz miqdorda so„z yasaydi. -bon, -oh,-xo‘r, -do‘z, -paz kabi affikslarning so„z yasash darajasi esa juda chegaralangan. Yuqorida keltirilgan -shunos, - parvar, -xo‘r, -paz, -do‘z, -boz, -bon, -dor, -soz, -xon, -go‘y kabi yasovchilar tojik tilida mustaqil so„z asosidan iborat bo„lib, o„zbek tilida yasovchi affiks (affiksoid) sifatida xizmat qiladi.

Narsa va o‘rin-joy otlari. Bunday otlarni yasovchi affikslar u qadar ko„p emas:

  1. - loq. Yasash asosidan anglashilgan narsa mavjud bo„lgan o„rin, joy ma’nosidagi ot yasaydi: o‘t-loq, qum-loq, tosh-loq kabi.

  2. -don. Yasash asosidan anglashilgan narsalarni saqlashga xoslangan, shu narsa solinadigan narsani anglatadigan ot yasaydi: tuz-don, kul-don, siyoh-don, qalam-don, gul-don, suv-don kabi.

  3. -zor. Bu affiks yasash asosi anglatgan narsa ko„p

bo„ladigan joy ma’nosidagi ot yasaydi: paxta-zor, olma-zor, daraxt-zor, uzum-zor, o'rmon-zor, lola-zor, anjir-zor kabi.

  1. -
    Download 96.84 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling